Umumiy mehnat taqsimoti - O’zbekiston xalq xo’jaligini yirik soxalarga bo’linishida qo’rinadi. Masalan, sanoat, qishloq xo’jaligi, kapital qurilishi, transport, savdo, aloqa, fan va boshqalar.
Xususiy mehnat taqsimoti - xalq xo’jaligining har bir sohasini mustaqil tarmoqlarga bo’linishida ifodalanadi. Masalan, sanoat tarkibida – oziq-ovqat, engil sanoat, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlar.
Birlamchi mehnat taqsimoti – korxona ichidagi mehnat taqsimotini ifodalaydi, ya’ni korxonani tsex va ishlab chiqarish uchastkalariga bo’linishida qo’rinadi.
Xususiy va birlamchi mehnat taqsimoti ta’sirida, masalan, sanoat tarkibida mutassil ravishda yangi tarmoqlar, ishlab chiqarishlar paydo bo’lib boradi. Bunday o’zgarishlar bozor qonunlariga bo’ysunadi. Sanoat tarkibi bo’yicha 16 yirik tarmoq komplekslariga ajratiladi:
I-gr. Elektorenergetika. II-gr.Yoqilg’i sanoati.
gr. Qora metallurgiya. gr. Rangli metallurgiya. gr. Kimyo va neftkimyo sanoati. gr. Mashinasozlik va metalni qayta ishlash. gr. O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloz qog’oz sanoati. VII-gr. Qurilish materiallari sanoati. gr. Oyna va chinni-sopol buyumlari ishlab chiqarish sanoati. gr. Engil sanoat. gr. Oziq-ovqat sanoati. gr. Mikrobiologiya sanoati. gr. Un-krupa va omuxta-em ishlab chiqarish. XVI-gr. Meditsina sanoati. gr. Poligrafiya sanoati. gr. Boshqa sanoat ishlab chiqarishlari (rassomchilik buyumlari, musiqa asboblarini ishlab chiqarish, zargarlik sanoati, kimyogarlik va bo’yash, veterinarlar uchun dorivor preparatlarni ishlab chiqarish, qyinchoqlar (rezinadan boshqa), to’liq
sistemadagi suv quvurlari va boshqa sanoat ishlab chiqarishlari – protez buyumlari ishlab chiqarish, chizmachilik va kontselyariya uchun buyumlar, qo’rgazmali qo’llanmalar va boshqa ro’zg’or, xo’jalik buyumlari ishlab chiqarish. Barcha tarmoq va korxonalar o’rtasida uzviy ishlab chiqarish aloqadorligi, bog’liqligi mavjuddir. Har bir korxona mulk shaklidan qatiy nazar yuqorida qo’rsatilgan tarmoq komplekslari o’z navbatida alohida ixtisoslashgan tarmoqlarga va ular esa ishlab chiqarishlarga bo’linadi. Masalan, mashinasozlik 45-ta, qurilish materiallari sanoati kompleksi esa 7-ta ixtisoslashgan tarmoqlardan iborat. O’z xo’jalik faoliyatini rejalashtirish va strategiyasini aniqlashda ana shu bog’liqlikni va xar bir tarmoq korxonasining o’ziga xos xususiyatlarini albatta hisobga olishi zarur. Aks xolda ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil etishda bir qancha muammolar paydo bo’ladi va pirovard natijalar yaxshi bo’lib chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |