Fuqarolik Kodeksi”ning 39-moddasiga binoan “Yuridik shaxs tushunchasi”ga quyidagicha ta’rif berilgan:
«O’z mulkidan, xo’jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-
mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi».
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak. Korxona to’g’risidagi bunday tushuncha quyidagilarni ta’minlaydi:
- kreditorlar talabini qondirish kafolatlanadi.
- ta’sischilarning tadbirkorlikdagi tavakkalchiligini kamaytirishni ta’minlaydi. CHunki xo’jalik oboroti ishtirokchilari oldida ta’sis etganlar emas, balki shu korxona javob beradi;
- korxonada barcha ishlab chiqarish omillari - mehnat, kapital, xom ashyo - materiallar birlashadi;
- tovarlar ishlab chiqariladi va xizmat ishlari bajariladi;
- uni ta’sis etganlarning maqsadga erishishi ta’minlanadi. Korxonaning iqtisodiy mohiyatini quyidagi 1-chizmadan qo’rish mumkin.
Sanoat tarkibidagi turli xil korxonalarga quyidagi belgilarning umumiyligi, yagonaligi xos bo’ladi. (1-chizma)
1-chizma.
Korxonalarning iqtisodiy
mohiyati.
- Korxonaning ishlab chiqarish-texnik jihatdan yagonaligi;
- Tashkiliy - iqtisodiy jihatdan yagonaligi;
- O’z mulkiga, xo’jaligiga mustaqil egalik qilish va undan foydalanish huquqi, javobgarligi.
Korxonalar qonun bilan man etilmagan va o’z ustavida qo’rsatilgan turli xildagi xo’jalik faoliyati ishlarini amalga oshiradi. Bu erda qo’rinib turibdiki birinchi o’ringa korxonaning mustaqilligi chiqadi. Korxona mustaqilligi nimalarda qo’rinadi? Korxonaga o’z mulkidan foydalanish huquqi berilgan. U mustaqil ravishda xodimlarni ishga olishi, ularga ish haqi to’lashi, o’z faoliyatini rejalashtirishi, resurslardan foydalanish bo’yicha foydani taqsimlashi, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi kabi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi.
Korxonaning o’z faoliyatidagi erkinligi, mustaqilligi - bu uning jamiyat, davlat, o’z jamoasi, sheriklari, iste’molchilari va xom ashyo etkazib beruvchilari oldidagi ongli ravishdagi masuliyati, javobgarligidir.
Tashkiliy- iqtisodiy yagonalik
O’z mulkiga, xo’jaligiga mustaqil egalik qilish undan foydalanish huquqi va javobgarligi
Ishlab chiqarish faoliyati
KORXONA
Huquq va texnik-iqtisodiy jixatdan yagonalik
Ishlab chiqarish omillari yig’indisi: moddiy resurslar, mehnat resurslari, tadbirkorlik qobiliyati, kapital.
Kommertsiya faoliyati-ishlab chiqarilgan mahsulotlarni foyda olish maqsadida sotish
Rag’batlantirish-Moddiy va ijtimoiy manfaatdorlik-Mulk shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |