O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet18/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Faktoring firmalari - ular boshqalarning qarz majburiyat-larini veksellarini sotib oladilar. Misol uchun bir firma ikkinchi ishlab chiqaruvchi firmadan vekselga tovar
oladi, uchinchi firma esa birinchi firmadan shu vekselni uning qiymatini 3-5% pasaytirib sotib oladi. Uchinchi firma ikkinchi firmadan veksel uchun pul protsentlari oladi.
Lizing firmalari. Lizing bu ijaraning o’ziga xos shaklidir. Quvvatliroq firma boshqa moliyaviy mablag’lari kamroq bo’lgan korxonaga shartnoma asosida ma’lum muddatga dastgohlar, mashinalar va boshqa mol-mulklar beradi va ijara muddati tugagandan sqng ijaraga olgan tomon bu mablag’larni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olish huquqiga egadir. Lizing firmalari o’zlari kiritgan mablag’lari xisobiga lizing olgan tomondan lizing to’lovlari oladi.
Injiniring firmalari. Bular ob’ektlar yoki qurilmalarni foydalanish uchun topshiradigan yoki birinchi partiya maxsulotini chiqarishga tayyorlab beruvchi loyixa, qurilish ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlardir.
Konsalting firmalari. Ular ishlab chiqarishning, loyixa ishlarining turli xil sohalar bo’yicha, xo’jalik yuritishning yangicha shakllariga o’tish, raxbarlikni yaxshilash va shunga o’xshash ishlarni amalga oshirish bo’yicha maslaxatlar beradilar.
Venchur firmalari yoki tavakkalchilik firmalari - yangi tovar yoki yangi bozorlarni qidirib topish uchun yirik kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan firmalardir.
Seleng firmalari. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini masalan, er tomorqalari, binolar, dastgoxlar, yo’llar, qimmatbaxo qog’ozlarini jalb etib, ulardan o’zi xoxlagan tarzda bemalol foydalanuvchi firmalardir.
Trast firmalari. Trast - bu (ingl.) ishonish, ishonch degani. Ular o’z faoliyatini ishonchli shaxs sifatida amalga oshiradilar. O’zaro tuzilgan shartnomaga qo’ra ishonib topshirilgan tomonga tegishli bo’lgan mol-mulklarga egalik qilish huquqi beriladi. Trast firmalar bankrotlik holatidagi mulkni tugatadi, aktsiyalarga egalik qilish huquqini topshiradi, moliyaviy resurslarni, qimmatli qog’ozlarni va xokazolarni boshqarish ishlarini olib boradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling