2.3. Korxonalarda xo’jalik faoliyatini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
Ma’lumki, mamlakatimizda ijtimoiy yqnalishdagi bozor iqtisodiyotini barpo qilish o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda boshlandi. SHuning uchun ham, iqdisodiy islohotlarning birinchi bosqichida eng avvalo bozorga xos yangiliklarning huquqiy negizi barpo etildi.
Ishlab chiqarish sura’tining, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo’l qo’yilmadi, to’lov holati yaxshilandi, ishlab chiqarishning ustuvor tarmoqlarini masalan, neft va gaz kondensati qazib olish, oltin, don, engil sanoat, ozuqa sanoati va boshqalarni takomillashtirishga e’tibor berildi. Natijada O’zbekistonga neft va neft mahsulotlari, go’sht va sut, don mahsulotlarini chetdan olib kelinishini bir necha barobar kamaytirishga erishdik. Bu davrda mulk, tashqi iqtisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirkorlik, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, kooperatsiya, xo’jalik jamiyatlari va birlashmalari to’g’risida, monopol faoliyatni cheklash, korxonalar, birlashmalar tashkilotlardan soliq olish, birjalar va birja faoliyati, bankrotlik to’g’risida, xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatini kafolatlash, lizing to’g’risida, er haqida, fermer xo’jaligi, dehkon xo’jaligi, ijara korxonalari to’g’risida qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining isloxatni ta’minlovchi bir qancha farmonlar va hukumat qarorlari chiqdi.
Bu xil qonunlarning ko’plari sanoat korxonalari, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadigan firmalar va xo’jaliklarga tegishlidir.
O’zbekiston Respublikasida korxonalar faoliyatiga bog’liq bo’lgan qonunlar tovar - pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqarilayotgan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Qonun foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarni mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |