O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet20/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Bu davrdagi qonun chiqarish jarayoni konstitutsiyaviy jixatdan asoslangan ikki
muhim printsip «turli shakldagi (shu jumladan xususiy) mulk erkinligi va tengligi printsipi» hamda «iqtisodiy faoliyat erkinligi printsipi» asosida rivojlandi.
Buyurtmachilar, portfeligi shakllanishi, eksport uchun maxsulot ishlab chiqarish
portfelini buyurtmachilar talabaga qo’ra shakllanishining barcha tarmoqlarda xom-ashyo, tayyor maxsulot zaxirasini nomligi ham, ranli metallurgiya, un-tegirmoni, poligrafiya, metalni qayta ishlash, ximiya va neftximiya, oziq - ovqat, ayniqsa mashinasozlik tarmoq korxonalarida sezilarli darajasidir*.
Bozor munosabatlari talablariga javob bera oladigan hissadorlik kompaniyalari,
uyushmalari, birjalar, qimmatbaxo qog’ozlarni hisobga oladigan va saqlaydigan depozitoriy, savdo uylari singari bozor infratuzilmasi ob’ektlari barpo etildi.
Bu qonunlar tashqi iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi, o’rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarni ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish jarayonini boshlab berdi.
Lekin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat xamon ancha murakkab ekanini ham e’tirof etish lozim. Masalan, hali xalq xo’jaligi sohalarida mulkchilikning yangi shakli qaror topishi
* Jurnal «Ekonomicheskie vestiik Uzbekistan». ¹7. 2003 str. 4.
talab darajasida chinakamiga ta’minlanmayapti. Sarmoyalarning etarli emasligi iqtisodiyotni yaxshilab qayta qurishga tqsiq bo’lmoqda, ishlab chiqarish sur’atining pasayishi ko’p tarmoqlarda hozirgacha ham davom etmoqda.
2.4. Bozor sharoitida korxonalarning rivojlanish muhiti
Korxona faoliyatining pirovard natijalari ko’p jihatdan uni o’rab turgan shart- sharoitlarga bog’liq bo’lsa xam ishlab chiqarishning moddiy omillari (resurslar) va ularni birlashtirish, ular yordamida maxsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish har doim xal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. SHuning uchun korxona faoliyatini faqat ichki va tashqi sharoitlarga bog’lab qo’yish to’g’ri bo’lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bir qancha bozor muammolari paydo bo’ldi. Bular mulk shakllari, baxoni belgilash, foyda olishning engil yo’llarini topish, raqobat sharoitlaridan chiqib ketish va boshqalar.
Bozor dastaklari o’z-o’zidan ishlab chiqarishga rahbarlikni yaxshilamaydi, mehnatni normal tashkil qilmaydi, mehnat intizomini, kishilarni yaxshi ishlashini ta’minlab bermaydi. Bozor munosabatlari ishlab chiqarishga raxbarlik qiluvchilardan bilim va mahorat talab etadi, muvaffaqiyatli rivojlanib bozorda o’z o’rnini topishi, uni saqlab qolish uchun o’zining ichki dunyosini o’zgartirishi, mulkka egalik qilish hissini, undan unumli foydalanishga bo’lgan qiziqishini oshirish kerak.
Korxona faoliyatini belgilovchi barcha ichki shart-sharoitlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
  • Texnikaviy shart-sharoitlar; korxonaning texnikaviy darajasi;
  • Iqtisodiy sharoitlar;
  • Tashkiliy shart-sharoitlar. Rahbarlikni tashkiliy tuzilishi-ni yaxshilash, mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarishni tashkil etish, xo’jalik qarorlarini qabul qilib uni amalga oshirish. Bu sohadagi imkoniyatlar xali to’liq ishga solinayotgani yo’q.
  • Ijtimoiy-psixologik sharoitlar. Bunday sharoitlar xarajat talab qilmay ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xali bu sohada inson omili: uni kasbi, malakasi, maxorati to’liq ishlatilayotgani yo’q.

  • Korxona o’zining barcha ichki sharoitlaridan birgalikda bir vao’tda foydalanib oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishi mumkin. Korxona o’z faoliyatida tashqi muhit ta’sirida ham bo’ladi. Ular: resurslarni topish, keltirish, kadrlarni tanlash, yollash, iste’molchilarni topish, davlat tashkilotlari bilan muloqatda bo’lish, mamlakat ichidagi iqtisodiy siyosatni bilish.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling