O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Normativ usulda yoyilganda - u yoki bu jarayonga baho beriladi


Download 0.59 Mb.
bet7/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Normativ usulda yoyilganda - u yoki bu jarayonga baho beriladi.
Masalan, metropolitenda yurish bahosi keyingi ikki yilda 50 so’mdan 150 so’mga oshdi desak – bu pozitiv yondoshuv. Agar biz metropolitenda yurish bahosini 50 so’mdan 150 so’mga ko’payishi, kishilar daromadini kamaytirib turmush tarzini pasaytiradi desak, bu normativ yondoshuv hisoblanadi.
Turli xil iqtisodiy jarayonlarni bog’liqligini yuzaga chiqarish uchun funktsional taxlil usuli ishlatiladi. Masalan, korxona mahsulotining bahosini bozorda tushib ketishini, uning daromadiga, xarajatlarini qoplashiga, ishchi va xizmatchilarning mehnat
haqlarini tqplashiga qanday ta’sir etadi. Korxona o’z xarajatlarini qanday qoplaydi, degan savollarga javob topiladi.
Iqtisodiy modellashtirish usulini ishlatish har qanday fikrlarni, chizmalarni, jadvallarni va shuningdek jarayonlarni matematik tarzda ifodalash imkoniyatini beradi.
Bulardan tashqari induktsiya va deduktsiya, optimallashtirish kabi usullar ham ishlatiladi.
Induktsiya usulida dalillardan, haqiqiy ma’lumotlardan nazariya tomon xarakat qilinadi.
Deduktsiya (gepotetik) usulida avval nazariya yaratilib, ular amaliyotda sinab qo’riladi.
Nazorat savollari
  • Iqtisodiy faoliyat nima?
  • Korxona iqtisodiyoti fanining maqsadi va vazifalari.
  • Jamiyat a’zolari talabini qondirish yo’llari.
  • Fanni o’rganish usullari va ularning qo’llanilishi.


II-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIDA KORXONALAR
2.1. Mehnat taqsimoti va korxonalarning tarmoq xususiyatlari
Mehnat taqsimoti va mehnat unumdorligini oshirish qonunini birinchi marta ingliz klassik iqtisodchisi Adam Cmit ochgan. Uning nazariy xulosalari tovar, pul, ish haqi, foyda, kapital va boshqalar haqidagi hozirgi zamon kontseptsiyasining asosida turadi. Adam Smit kishilarning iqtisodiy faolligini rag’batlantiruvchi asosiy narsa «tabiiy tarzda» mehnat taqsimoti jarayonida amalga oshirish mumkin bo’lgan shaxsiy manfaatdorlik deb hisoblagan, shuning uchun jamiyatni gullab-yashnashi uchun raqobat erkinligi, kapitalni, pulni va kishilarni erkin harakati zarur, deb qo’rsatgan.
Korxona iqtisodiyoti ilmini egallashda eng avval mehnat taqsimoti va uni shakillanishi masalasiga ahamiyat berish lozim bo’ladi. SHuning uchun xalq xo’jaligi yoki butun mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibida yangi tarmoqlar, korxonalar va ularni keyinchalik alohida ishlab chiqarishlarga bo’linib ketishi mehnat taqsimoti ta’sirida rqy beradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti miqyosida ja’mi mehnat yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti turlicha shakllarda bo’ladi:
  • Umumiy.
  • Xususiy.
  • Birlamchi mehnat taqsimoti.


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling