O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan
Mahsulot sifatini yaxshilashning iqtisodiy samaradorligi va uni hisoblash usuli
Download 0.59 Mb.
|
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifati yaxshilangan mahsulotni iqtisodiy samaradorligini asosiy kriteriysi bo’lib
- SHunday qilib, ishlab chiqarishni va mahsulotdan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini quyidagi iqtisodiy qo’rsatkichlar ifoda etadi.
7.4. Mahsulot sifatini yaxshilashning iqtisodiy samaradorligi va uni hisoblash usuli
Mahsulot sifatini yaxshilashdan maqsad uni iste’mol qiluvchilarda iqtisodiy samaradorlikka erishish va pirovard natijada minimal ijtimoiy mehnat sarflab talabni yanada to’laroq qondirishdir. Sifati yaxshilangan mahsulotni iqtisodiy samaradorligini asosiy kriteriysi bo’lib mahsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha jonli va buyumlashgan mehnatni umumiy miqdorini tejalishi hisoblanadi. Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarishda xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, yoqilg’i, energiya sarfi normasini va qiymatini ortishi hisobiga joriy xarajatlar miqdori o’zgarishi mumkin. Mahsulot sifatini yaxshilanishidan olinadigan iqtisodiy samaradorlik asosan undan foydalanish sharoitida eksplutatsiya xarajatlarini, shuningdek ta’mirlash ishlari sarfini, dastgohlarni ishlamay bo’sh turish vao’tini kamayishi va boshqalar hisobiga tashkil topadi. SHunday qilib, ishlab chiqarishni va mahsulotdan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini quyidagi iqtisodiy qo’rsatkichlar ifoda etadi. Bular – tannarx, ulgurji baho, mahsulot sifatini oshirish bo’yicha qo’shimcha xarajatlar, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan foydalanish mobaynidagi xarajatlardir. Mahsulot sifatini yaxshilashdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik «Xalq xo’jaligida foydalanilayotgan yangi texnika, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflarini iqtisodiy samaradorligini aniqlashni metodikasi (asosiy qo’llanmalar)» (1977y.) asosida hisoblab chiqariladi. Bundan tashqari xalq xo’jaligi tarmoqlarini iqtisodiy samaradorlikni hisoblash xususiyatlarini inobatga olgan instruktsiyalar ham qo’llaniladi. Hozirgacha O’zbekistonda bundan boshqa va yangi qo’llanma yaratilgani bizga noma’lum. Mahsulot sifatini oshirishni iqtisodiy samaradorligini hisoblash ishlab chiqarishni ikki xil varianti bo’lishini taqozo qiladi, eng yaxshi variant bo’lib, keltirilgan xarajatlar miqdori minimal darajada bo’lgan variant tan olinadi. Keltirilgan xarajatlar tannarx bilan normadagi foyda (daromad) summasidan iborat bo’ladi: X = T + En•K Bunda: X – mahsulot birligini keltirilgan xarajatlari, qiymat birligida; T – mahsulot (ish) birligi tannarxi; K – ishlab chiqarish kapitalining (fondlarining) birligiga to’g’ri keladigan xarajatlar (kapital qo’yilmalar), qiymat hisobida; En – kapital qo’yilmalarni norma darajasidagi samaradorlik koeffitsienti (0,15). Hisoblash ishlarida kapital qo’yilmalarini iqtisodiy samaradorligini norma darajasidagi yagona koeffitsienti 0,15ga teng qilib olingan (qabul qilingan). Bu koeffitsient bir so’mlik kapital qo’yilmasi mahsulot tannarxini eng kami bilan 15 tiyinga kamaytirilishini talab etadi. 1. Yillik iqtisodiy samaradorlik (S) keltirilgan xarajatlarning variantlar bo’yicha farqi bilan aniqlanadi. S = (X1 – X2)•Q2 Bunda – Q2 – sifati yaxshilangan mahsulotning yillik hajmi.
2. Uzoq muddat xizmat qiladigan (mashinalar, dastgohlar, asbob-anjomlar va boshqlar) yangi ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish iqtisodiy samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 2 í 1 2 í 2 1 í 1 2 í 2 1 2 2 1 S= X
P E B P E B P E (И1 И 1 ) E (K1 K 1 ) Bunda: B2 - yangi mehnat vositalari birligini baza davriga nisbatan unumdorligini B1 qsishini hisobga olish koeffitsienti. V1 va V2 – eski (baza) va yangi mehnat vositalari birligidan foydalanishdagi yillik mahsulot (ishlar) hajmi. P2 Eí P1 Eí - yangi mehnat vositalarini bazadagiga nisbatan xizmat qilish muddatini o’zgarishini hisobga olish koeffitsienti. R1 va R2 – bazadagi va yangi mehnat vositalarini to’la tiklash (renavatsiya qilish) uchun balansdagi qiymatdan ajratmalar miqdori. Bu miqdorlar, ma’naviy emirilish hisobga olingan mehnat vositalarini xizmat qilish muddatiga teskari ravishda hisoblab chiqariladi. Hisoblash ishlarini aniqligini oshirishni zaruriy xollarida quyidagi usullarni qo’llash mumkin: R= (1 E )Tc 1 E Bunda: Ts – yangi texnikani xizmat qilish muddati; 1 2 í 2 1 Р2 Еí (И1 И 1 ) E (K1 K 1 ) - iste’molchilarni yangi mehnat vositalarini bazadagiga nisbatan barcha xizmat qilish muddati moboynidagi ekspluatatsiya joriy xarajatlari va shu bilan bog’liq kapital qo’yilmalaridan olinadigan ajratmalar tejami, so’m hisobida: K1 ва K 1 1 2
И1 ва И1 1 2 Q2 - hisoblash davridagi yangi mehnat vositalarini ishlab chiqaradigan yillik mahsuloti hajmi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling