O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan
Download 0.59 Mb.
|
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limi
- Nazoratni tugatish bo’limi
7.3. Mahsulot sifatini boshqarish
Har bir respublika o’z mustaqilligiga ega bo’lgandan sqng sifatni boshqarishning o’z tizimini yangitdan yaratishga to’g’ri keladi. O’zbekistonda sifatni boshqarish ishlari uning huquqiy asoslarini yaratishdan boshlandi. «Standartlashtirish to’g’risida», «Metereologiya to’g’risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalash to’g’risida»gi qonunlarni qabul qilinishi bilan mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha ma’lum darajada ishlar amalga oshiridi. 2002 yil boshiga kelib O’zbekistonda 7ta standart ishlab chiqildi, 90ta rahbarlik hujjatlari, sertifikatsiyalash bo’yicha 10ta taklif ishlab chiqarildi, zaruriy va ixtiyoriy sertifikatsiyalash ob’ektlari muttasil ko’payib bormoqda. Barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 70% zaruriy sertifikatsiya qilingan. Sertifikatsiya tashkilotlari va akkreditlangan tajriba labaratoriyalarning soni qsib bormoqda. 2002 yil boshida ularning soni shunga muvofiq 90ta, 260tadan ko’p bo’lgan. Sifat talablariga mos kelshini baholash va tasdiqlash jarayonining turli xillari ishlatilmoqda: mahsulotni sifat belgisiga mos kelishligi, markirovkasi ixtiyoriy sertifikatsiya-lash, sifatni nazorat etishning xalqaro tizimi tavsiya etgan modifikatsiyalar ikki marta o’zgartirildi (hozir ularda 10 sxema va 6ta modifikatsiya amal qiladi). O’zbekiston EAN sistemasida iste’mol tovarlarining asoslangan davlat standartlarining shtrixlangan kodini qabul qildi. Uning yordamida barcha turdagi mahsulotlarning 90% kodlangan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. 21.09.2001). Buyumning shtrixli kodi tovarni barcha qoidalarga amal qilingan xolda, davlat standarti talablariga javob beradigan darajada ishlab chiqarilganligini qo’rsatadi. U ishlab chiqaruvchilar va buyumlar haqida axborotlarga egadir. O’zbekistonning bozor iqtisodiyoti sharoitida sifatni boshqarishning kompleks vazifalarini bajaruvchi turli xil tashkilotlar yaratilgan va amal qilmoqda. Mahsulot sifatini boshqarishda barcha ishlarni amalga oshiruvchi eng katta tashkilot – standartlashtirish, metereologiya va sertifikatsiyalash O’zbekiston agentligi. O’zbekiston davlat standarti ixtiyorida turli xil tashkilotlar yaratilgan: standartlashtirish, meteriologiya, sertifikatsiyalash va mahsulot sifatini boshqarish sohasida ilmiy tadqiqot va kadrlarni tayyorlash institutlari, ko’p xildagi labaratoriyalari bo’lgan meteriologik xizmatlar tashkil etilgan. Korxonalarda mahsulot sifatini boshqarishning o’z bo’limlari yaratilgan:
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling