Mulkning o’zi nima? U inson tomonidan uylab topilmagan, balki jamiyat tarixi rivojining, birinchi navbatda xo’jalik hayotining maxsuli hisoblanadi. Hayotda
mulkchilik buyumlarni, moddiy ne’matlarni kimgadir tegishli bo’lishi, ya’ni kishilarning buyumlarga munosabati sifatida ta’riflanadi.. Iqtisodiy ishlab chiqarishda mulkchilik
kishilarning ob’ektiv axvolini, ularning sinfiy fikrlarini va ular o’rtasidagi sinfiy munosabatlarini ifodalaydi.
Kishilarning buyumlarga bo’lgan munosabati ularni ishlab chikarish, taksimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida yuzaga keladi. Mulkchilikni mohiyati ham shundadir. Jamiyat ishlab chikarish kuchlarining rivoji ham ana shu munosabatlar xarakteriga bog’liqdir. Umumiy mulkchilik yo’q va bulishi mumkin emas, u har doim tarixan aniq shakllarda namoyon bo’ladi.
Bizga tarixda mulkchilikning bir birini almashuvchi quyidagi shakllari ma’lum: shaxsiy, jamoa va ijtimoiy. Yagona mulkchilik shakli turli xil iqtisodiy mazmunga ega bulishi mumkin va demak ularning ijtimoiy tabiati ham xilma xil bo’ladi. Mulkchilik shakllarining mohiyatini shu davrdagi kishilarning ishlab chiqarish munosabatlari belgilaydi.
Demak mulkchilik o’zida jamiyatdagi ham xuquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Agar mulkdan foydalanish mumkin bo’lmasa, mulk egasiga daromad keltirmasa, unda u «huquqiy funktsiyasi»da qoladi. Mulkdan foydalanish iqtisodiy munosabatlar asosida sodir bo’ladi. Anio’roq aytsak, mulkiy munosabatlar xo’jalik va soxibkorlik faoliyati orqali ruyobga chiqadi. Buning uchun mulkka egalik qilish zarur.
Ishlab chikarish vositalariga yuridik jixatdan egalik qilmay xech kim ishlab chikarishni amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ular yordamida
olingan maxsulotdan foydalana olmaydi. SHuning uchun mulkiy huquqning normalari
(egalik qilish, ta’sarruf etish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarni konkretlashtirish shakli hisoblanadi*.
Shunday qilib mulkiy munosabatlar - bu ishlab chiqarish vositalari va ularning yordamida yaratilgan mehnat maxsulini o’zlashtirish borasida kishilarning bir - birlariga bo’lgan munosabatlaridir.
Mulk - jamiyatdagi mavjud moddiy ne’matlarni o’zlashtirishning tarixiy ijtimoiy
shaklidir.
Mulk iqtisodiy kategoriya sifatida har qanday ijtimoiy iqtisodiy formatsiyada ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil etadi va ularning xusussiyatlarini belgilab beradi. Mulk tarixan olganda jamoa sifatida yuzaga keladi, sqng xususiy mulkka aylanadi, nixoyat mexnatkashlar uyushmasi mulkiga qsib o’tadi.
Mulkchilik bu ijtimoiy mehnat maxsulidir, mulkchilikning ijtimoiy iqtisodiy jixatlari bordir. Har bir tarixiy davrda mulkchilik turli xil va butunlay turlicha ijtimoiy munosabatlarda rivojlangan. Mulkchilikni tavsiflaganda uning iqtisodiy mazmuni xal
qiluvchi ahamiyatga ega. Bu shuni bildiradiki, mulkning tub mazmunini ilmiy tushunish uchun, birinchi galda uning obe’ktlari, (er, mashinalar, binolar, iste’mol buyumlari) yoki ular kimga (alohida shaxslarga, kishilar guruhiga, davlatga) tegishli ekanligini emas, balki ular qanday xususiylashtirilganligini, bu xususiylashtirish, qanday ishlab chiqarish munosabatlari yordamida amalga oshirilganligini tushunish muhimdir.
Mehnatkashlar uyushmasi mulkni yoki ijtimoiy mulk uyushmaning o’z mulki,
ularning o’zlari ham mulk egasi, ham ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bunday mulk shakli ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining to’g’ridan-to’g’ri bir kishini ta’minlaydi, ekspluatatsiyani inkor etadi. Demak, mulk ob’ekti bo’lib inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat maxsuli va mexnat resurslari (ish kuchi) xizmat kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |