7.2. Mahsulotni sertifikatlash
Bozorni yuqori sifatdagi mahsulot bilan to’ldirishning muhim shartlaridan biri bu mahsulotni sertifikatlashdir. Sertifikatlash – mahsulotni xususiyatlarini jahon bozorida yoki alohida bir mamlakatda amal qilib turgan xalqaro standartlarga, texnik shartlar va boshqa normativ hujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi tadbir va choralar majmuasidir. Sertifikat – mahsulot sifati va havfsizligini o’rnatuvchi va ta’minlovchi normativdir (me’yordir).
Sertifikatni qo’llash samaradorligi turli xil sohalarda qo’rinadi:
- Ijtimoiy sohada – aholi sog’lig’i va xayotini himoya qilish va shuningdek inson yashab turgan muxitni himoyalashni ta’minlash.
- Raqobatda – mamlakatni jahon iqtisodiy tizimiga kirib borish, eksportga yqnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo’li bilan boshqa mamlakatlar bilan muvoffaqiyatli raqobatda bo’lishi.
- Iqtisodiy sohada – xaridorlar talabini qondirishni yaxshilash, tovarlarni iste’mol qilishdagi xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqaruvchilarni mahsulotni sotishini va foydasini oshirish.
Demak, sertifikatsiya asosida standartlar yotadi. Ularga rioya qilish har bir korxonaning asosiy vazifasidir. Standartlar fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, amaliyot tqplagan tajribalarini hisobga olgan holda tuziladi. Standart (inglizcha standard
so’zidan olingan bo’lib, me’yor, namuna demakdir) - qo’llaniladigan ob’ektga qo’yiladigan (norma) me’yor, qoida, talablar kompleksining normativ – texnik hujjatidir.
Standartlar geografik belgisi bo’yicha – xalqaro, regional va milliy standartlarga
ajratiladi. Ularning har birida quyidagi vazifalar xal etiladi:
Unifikatsiyalash (yagonalik, o’xshashlik), qo’llash mumkinligi, mos kelishi, bir-birini o’rnini almashtirish mumkinligi, sog’liqni himoyalash iqtisodiy qo’rsatkichlarni yaxshilash, mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash.
Xalqaro miqyosida mahsulot sifati nazorati bo’lib hozirgi vao’tda ISO-9000 (ISO-9000) hisoblanadi. Bu tizimga Evropa standarti – EN 29000 va Rossiya standarti TOST-R mos keladi. U aniq turdagi mahsulotni tashqi bozordagi raqobatini avzalligini va eksportdan oladigan foydasini maksimal darajada bo’lishini ta’minlaydi.
Ammo xali O’zbekistonda ISO-9000 asosidagi sifat tizimi shakllangani yo’q. O’zdavlatstandarti ma’lumotlari bo’yicha atigi 10ta korxona sertifikatga ega. Lekin hozirda qo’rsatilgan sifat tizimiga bo’yicha sertifikatga davo qiladigan 300 nomdagi eksportga mqljallangan tovarlar O’zdavlatstandarti bankida turibdi. Sertifikat tizimi xech kimga bog’liq emas, ishlab chiqaruvchiga ham, iste’molchiga ham.
Turli xil mamlakatlarda ular o’zining xususiyatlariga ega, lekin davlat
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlash zaruriy, ixtiyoriy va shuningdek o’zini sertifikatsiyalash haqida ariza berish va uchunchi tomondan sertifikatsiyalanish turlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |