Oqsil biosintezi haqida umumiy tushuncha
Download 499 Kb.
|
Oqsil biosintezi haqida umumiy tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- transkripsiya
- Translyasiya
E.Coli xromosomasi replikasiyasi. E. Coli xromosomasi halqali, ikki zanjirli bo’lib, uzunligi monomerdan iborat. Xromosoma oqsillar va hujayra membranasi bilan kompleksda bo’lib nukletoid tarzida ixcham yig’ilgandir. Replikasiyani har bir sikli ori deb atalgan joydan boshlanadi. Ori termini deb replikasiya inisirlanishi (origin of rerlication) uchun signal bo’lib xizmat qiladigan - replikonlarini xususiyatli ketma-ketligiga aytiladi. Replikasiya boshlanib ikki yo’nalishda boradi, ya’ni ikki replikativ vilka hosil bo’ladi. Har bir vilkani harakat tezligi sekundiga 800 nukleotidni tashkil etadi va bakterial xromosoma doimo 40 minutda replikasiyalanadi. Hosil bo’lgan ikki halqali ajraladi. E.Coli replikasiyasi polimeraza fermenti ishtirokida borib, bunda u bilan birga boshqa oqsillar xelikaza - zanjirini yoyilishi; - bir zanjirlini bog’lash; praymaza - praymer sintezi; DNK-ligaza - DNK fragmentlarini bog’lash vazifalarini bajarib ishtirok etadilar. DNK - polimeraza III fermenti replikasiyani boshlay olmaydi. Replikasiya inisirlash ori S qismida DNK zanjirini yoyilishi va DNK sintezi uchun praymer bo’lib xizmat qiluvchi qisqa RNK transkriptini sintezidan boshlanadi. Praymerlar maxsus ferment-praymazalar bilan sintez qilinadi. E.Coli da praymaza 20 polipeptid zanjiriga ega(7 subbirlik) multimer oqsil kompleksi primosoma bilan faollanadi. Primosomani vazifasi zanjirlaridan biri konformasiyasini o’zgartirib praymaza bilan ta’sirini amalga oshirishdir. Inisirlashdan so’ng replikativ vilkalarni siljishi, ya’ni elongatsiya boshlanadi. Sintezlanayotgan zanjirlaridan biri replikativ vilka siljiyotgan tomonga harakat qiladi, sintez to’xtovsiz boradi. ni bu zanjiri ildamlovchi; Okazaki qisqa fragmentlari bo’yicha sintez qilinayotgan zanjir kechikuvchi hisoblanadi.
Har bir fragment sintezi replikasion vilka boshida boshlanadi va unga qarama-qarshi tomonga yangi sintezlanayotgan oxiri oldinroq sintezlangan Okazaki fragmentini oxiriga yetgunga qadar davom etadi. Bu fragmentlar sintezini praymaza initsirlab boshlang’ich praymer sifatida qisqa fragmentlarini sintez qiladi. So’ngra ular E.Coli ni asosiy replikasiyalovchi fermenti - polimeraza tomonidan davom yangi sintezlanayotgan oxiri oldinroq sintezlangan Okazaki fragmentini oxiriga yetgunga qadar davom etadi. Bu fragmentlar sintezini praymaza initsirlab boshlang’ich praymer sifatida qisqa yangi sintezlanayotgan oxiri oldinroq sintezlangan Okazaki fragmentini oxiriga yetgunga qadar davom etadi. 6-rasm. DNK replikasiyasi. Bu fragmentlar sintezini praymaza initsirlab boshlang’ich praymer sifatida qisqa fragmentlarini sintez qiladi. So’ngra ular E.Coli ni asosiy replikasiyalovchi fermenti - polimeraza tomonidan davom ettiriladi. Okazaki fragmentlarining uzunligi 1000 nukleotiddan iboratdir. Replikativ vilkada yana ikki oqsil “xizmat” qiladi: SSb oqsil bir vaqtni o’zida bir zanjirli ni bog’lab qo’sh spiralni yoyilishi va uni nukleazalardan himoyasini ta’minlaydi. Ikkinchi oqsil xelikaza gidrolizi bilan bir vaqtda qo’sh spiralini yoyadi.-giraza yoki -topoizomeraza qo’shspiralni yoyilishida hosil bo’ladigan super aylanmalarni yig’ilishini to’sadi. Ya’ni halqali da bir zanjirli uzilishlar hosil qilib, so’ng ularni yana tikadi. -polimeraza -praymerini yo’qotib fragmentlarni yasaydi. -ligaza Okazaki fragmentlarini bog’laydi. cintezini terminirlash o’ziga xos ketma-ketlik bilan belgilanib, bu jarayon hozircha to’liq o’rganilgan emas. ni hujayrada sintezlanishi transkripsiya deb ataladi. Buning natijasida ni ma’lum bir qismlariga komplementar bo’lgan hosil bo’ladi. Bunda faqat bitta zanjiriga komplementar bo’ladi. biosintez jarayoni - polimeraza fermentlari bilan amalga oshiriladi. Matrisa sifatida ishlatiladi. Fosfodiefir bog’lar o’sayotgan zanjirni guruhini ferment katalizi natijasida ribonukleozidtrifosfatni a-fosfat guruhiga nukleofil hujumi natijasida hosil bo’ladi. Fosfodiefir bog’ni hosil bo’lishida noorganik pirofosfat ajralib chiqadi. Har bir yangi birikayotgan nukleozid nusxasi olingan qismiga -qo’shni bo’lgan nukleotidga komplementardir. -polimerazani nusxasi olinayotgan bo’yicha -oxiridan oxiriga harakati natijasida zanjiri ® yo’nalishda o’sib boradi. Transkripsiya ham 3 bosqichdan: inisirlash, elongirlash va terminirlashdan iborat. dan farqli ravishda -polimeraza mustaqil ravishda ni ma’lum bir joylarida sintezini boshlaydi. sintezini inisirlash joyi dagi maxsus regulyator qismlar - promotorlar bilan belgilanadi. Terminirlash ham ni maxsus qismlari- terminatorlarda amalga oshiriladi. Transkripsiya jarayoni turli usullar bilan boshqarilib, hujayraga yashash sharoiti o’zgarishlariga moslanishiga imkon beradi. Transkripsiya va uni boshqarilishi bakteriya va bakterifaglarda yaxshi o’rganilgandir. Bakterial hujayra 4000 dan ortiq gen tutib ular birgalikda yoki alohida transkripsiyalanishi mumkin. Agar gen o’z transkripsiya promotori yoki terminatoriga ega bo’lsa, mustaqil transkripsiya amalga oshadi. Birgalikdagi transkripsiyada genlar guruhi umumiy promotor va terminatorga ega bo’ladi. Ular operonlar deb ataladi. Transkripsiya natijasida ortiqcha ketma-ketliklar tutgan hosil bo’ladi. Prosessing natijasida fermentativ jarayonlar hisobiga to’la o’z xususiyatiga ega molekulaga aylanadi. Translyasiya polipeptid sintezini murakkab ko’p bosqichli jarayoni bo’lib, dagi axborot evaziga amalga oshiriladi. Translyasiya ribosomada amalga oshirilib, unda oqsil omillari, va aminoatsil- lar ishtirok etadi. Matrik sintezini boshqa jarayonlar kabi translyasiya ham uch bosqichdan iborat: inisirlash, elongirlash va terminirlash. Inisirlashda ribosoma va aminoatsil- bilan bog’lanib oqsil sintezini amalga oshiruvchi-inisirlash kompleksi hosil bo’ladi. Elongirlashda dagi kodonlar ketma-ketligi bo’yicha beriladigan ma’lum ot asosida aminoatsil- larni bog’lab peptid zanjirini hosil qilishdan iborat. Terminirlashda tayyor oqsil zanjiri translyatsion kompleksdan ajratib olinadi. Oqsil sintezini barcha jarayonlari maxsus oqsil omillari ishtirokida sodir bo’ladi va ular tegishli ravishda - inisirlash, - elongirlash va - terminirlash omillari deb ataladi. Translyasiya jarayonida nukleotid ketma-ketligi dan - oxiri tomon o’qib boriladi. O’qish genetik kod qoidalari bo’yicha amalga oshiriladi. Har bir aminokislotaga nukleotidlar tripleti (kodon) to’g’ri keladi, har bir kodon bitta aminokislotani kodlaydi. dagi kodonlar ketma-ketligi sintezlanayotgan oqsil aminokislota ketma-ketligini belgilaydi. Kodonni tanishni aminokislota bog’langan molekulasi amalga oshiradi va u kodonga komplementar nukleotidlar ketma-ketligi - antikodon tutadi. Boshqacha aytganda kodon va kodlanayotgan aminokislota o’rtasida adaptor hisoblanadi. Adaptorni borligi translyasiyani matrik sintez, transkripsiya va replikasiyadan asosiy farqidir. Bularda mahsulot matritsa kabi bir xil kimyoviy tabiatga ega. Oqsil biosintezini adaptor gipotezasi 1958 yilda F.Crick tomonidan taklif etilgan. Genetik kod barcha organizmlar uchun birdir. U 64 kodon tutadi, ya’ni 4 nukleotidni 3 tadan qo’shilishi soni, ya’ni . - kodonlar aminokislotalarni kodlamaydi, balki oqsil sintezini tugashini signalari hisoblanadi. Ular nonsense yoki stor-kodonlar hisoblanadi. Qolgan 61 triplet 20 ta aminokislotaga to’g’ri keladi. Genetik kodni ochilishi F.Crick, H.Khorana, S.Ochoa, M.Nirenberg, S.Brenner nomlari bilan bog’liqdir. Tripletlar soni aminokislotlardan ko’p bo’lganligidan ko’pchilik aminokislotalar bir necha kodonlar bilan kodlanadi. Ma’lum bir aminokislotaga to’g’ri keluvchi bittadan ortiq kodon bilan ta’sir etishi mumkin. Bunda kodonnni birinchi 2 harfi uchun komplementarlik hosdir. Uchinchi holatda odatdan tashqari juftliklar hosil bo’ladi uchinchi asosga yengilroq cheklanishlar to’g’risidagi g’oya F.Crickga tegishli bo’lib, uning Wobble (chayqalish) - gipotezasida ta’kidlab o’tilgan. Bunga asosan hozirda U va G, I va U, C va A juftliklarini hosil bo’lishi tasdiqlangan. Haqiqatdan ham bittadan ortiq kodon bilan ta’sirlashuvchi da antikodonni birinchi asosi (kodonni uchinchi asosiga to’g’ri keladi) minor asos inozin hisoblanadi. Hujayrada bitta aminokislotaga bir necha lar to’g’ri kelishi mumkin. Bunday lar izoakseptor deyiladi. Download 499 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling