Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining


Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi


Download 50.5 Kb.
bet3/3
Sana07.04.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1340489
1   2   3
Bog'liq
Aminokislotalar almashinuvining umumiy yo’llari

4. Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi. To’qimalarda glyukoza parchalanishi jarayonida pirouzum kislotadan sirka kislota hosil bo’ladi. Krebs siklida u shavel sirka kislotasi va α-ketokislota aminlanishi natijasida aminokislotaga aylanadi:

CH3

C = O

COOH

Piruvat


CH3

C = NH + NADH2


COOH

Imino-kislota

CH3

CH – NH2 + NAD+


COOH

Alanin

+NH3

- H2O


Bu reaktsiyalar natijasida uglevod va oqsil almashinuvi o’rtasida to’g’ri bog’lanish vujudga keladi.


5. Uglevodlardan yog’larning biosintezi. Triatsilglitserinlar molekulasi glitserin va 3 ta yog’ kislotasi qoldig’idan hosil bo’lgan. Glikoliz metabolitlari: fosfodioksiatseton yoki fosfoglitserinaldegiddan glitserin sintezlanadi. Yog’ kislotalari sintezi uchun asosiy modda bo’lib atsetil-KoA hisoblanadi. U piruvatning oksidlanib, dekarboksillanishidan hosil bo’ladi.
Limon kislota sikli va siydikchil hosil bo’lishi – ornitin sikli o’rtasida murakkab bog’lanish bo’lib, hujayraning energiyaga bo’lgan talabi va metabolizmini oxirgi mahsulotlari komtsentratsiyasiga bog’liq holda ma’lum darajada reaktsiyalar tezligini belgilab beradi. Fumarat kislotasi arginino-qahrabo kislotasini parchalanish davrida hosil bo’ladi, ularni sintezi uchun esa aspartat bo’lishi kerak. Hosil bo’lgan fumarat kislotasi keyinchalik limon kislota siklida undagi 2 ferment fumaratgidrataza va malatdegidrogenaza ta’sirida oksaloatsetatga aylanadi, u esa spetsifik transaminaza ishtirokida aspartatga aylanadi, ya’ni o’ziga xos sitrat siklini siydikchil hosil bo’lish sikli bilan bog’langan aspartat-arginino-qahrabo shunti hosil bo’ladi.
Shunday qilib bu jarayon o’ziga xos birlashgan mexanizm yordamida ikki sikl reaktsiyalar bir-biri bilan bog’lanadi. Bu mexanizm Krebs velosipedi degan nom olgan.
Bu reaktsiya orqaga qaytmas bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun yuqori yog’ kislotalardan uglevodlar hosil bo’lmaydi. Shunday qilib uglevodlar yog’lar tarkibiga kiruvchilar faqatgina glitserindan hosil bo’ladi. Vaholanki, odatdagi sharoitlarda reaktsiya orqaga borishi mumkin, ya’ni uglevodlar oksidlanishidan hosil bo’lgan glitserindan yog’lar sintezlanishi mumkin.
Uglevod, yog’ va qator aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan atsetil-KoA yog’ kislotalari sintezi uchun boshlang’ich substrat bo’lib hisoblanadi, shuningdek u uchkarbon kislotalar siklining birinchi substratidir. Bu siklda atsetil-KoAni oksidlanishi uchun oksaloatsetat zarurdir, u Krebs siklini ikkinchi kalit substratidir. Oksaloatsetat pirouzum kislotasi va karbonat angidriddan sintezlanishi yoki transaminlanish jarayonida asparagin kislotasidan hosil bo’lishi mumkin. Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiyalanib, atsetosirka kislota (atsetoatsetat) hosil bo’ladi, u esa boshqa keton tanachalarini, xususan β-oksimoy kislotasi va atsetonning manbai bo’lib hisoblanadi.
Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiya reaktsiyasi xolesterin sintezining birlamchi bosqichini tashkil etadi. Xolesterin, o’z navbatida, steroid gormonlar, D3 vitamini, shuningdek o’t kislotalarning o’tmishdoshi hisoblanadi.
Galaktoza va qisman glyukoza MNS faoliyatida spetsifik funktsiya bajaruvchi serebrozid va glikolipidlar biosinteziga sarflanadi, bu sintezlarda erkin monosaxaridlar emas, balki galaktozamin va glyukozamin qatnashadi, ularni sintezi o’z navbatida glutaminni amid azoti bo’lishini talab etadi. Shunday qilib, natijada uglevod, lipid oqsil almashinuvi integratsiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y.
4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.
6. www.ziyonet.uz
Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling