Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining


Download 50.5 Kb.
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1340489
  1   2   3
Bog'liq
Aminokislotalar almashinuvining umumiy yo’llari


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI
"BOTANIKA VA EKOLOGIYA" KAFEDRASI
5110400-BIOLOGIYA TA'LIM YO'NALISHI
3 KURS 302-GURUH TALABASI
TURSUNBOYEVA DURDONA MURODJONOVNANING
"BIOLOGIK KIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA"
FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL TA'LIMI
Aminokislotalar almashinuvining umumiy yo’llari


Reja:

1. Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo’llari.


2. Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi.
3. Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi.
4. Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi.
5. Uglevodlardan yog’larning biosintezi.


1. Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo’llari. Tirik sistemalarning muhim struktura monomerlari – aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari, mononukleotidlar o’zaro uzviy bog’langan. Bu bog’liqlik monomerlarning parchalanishi va sintezlanish yo’llarida umumiy bo’g’in vazifasini bajaradigan kalit metabolitlar orqali amalga oshadi. Bunday metabolitlarga piruvat, atsetil-KoA, α-glitserolfosfat va Krebs siklining oraliq mahsulotlari (oksaloatsetat, malat, fumarat, suktsinil-KoA, 2-oksoglutarat, izositrat va sitrat) kiradi. Piruvat glyukoza va boshqa monosaxaridlar hamda ayrim aminokislotalar parchalanishi va sintezining kesishish nuqtasi hisoblanadi. Atsetil-KoA ning esa metabolik bog’lari ko’proq tarmoqlangan. U orqali monosaxaridlar va aminokislotalardan lipidlarga ko’prik quriladi, ya’ni aminokislotalar (oqsillar) va glyukoza (umuman uglevodlar) ning lipidlarga almashinuv yo’llari ochiladi. Uglevodlar va lipidlar orasida yordamchi bog’lovchi bo’g’in vazifasini α-glitserolfosfat bajaradi. U orqali uglevodlarning ayrim lipidlarga (triatsilglitserinlar, fosfoglitseridlar) va aksincha, glitserin saqlovchi lipidlarning uglevodlarga o’tishi amalga oshadi.
Bir monomerning ikkinchisiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar Krebs siklining oraliq mahsulotlari uchun xosdir. Krebs sikli orqali moddalar parchalanishi va sintezlanishining hamma asosiy yo’llari tutashadi. Shu sababli atsetil-KoA manbai hisoblangan yog’ kislotalar uglevodlarga (Krebs siklining oksaloatsetati orqali glyukozaning yangidan hosil bo’lishi), aminokislotalarga (oksaloatsetat va 2-oksoglutarat orqali aspartat va glutamat kislotaga), porfirinlarga (suktsinil-KoA orqali) aylanadi.
Monomerlar biopolimerlarning struktura bo’g’inlari hisoblanadi, shu sababli oqsillar, uglevodlar, lipidlar ovqatning asosiy komponenti sifatida nisbiy o’zaro almashinuvi bo’lishi mumkin. O’zaro almashinuv chegaralarini tushunish faqatgina bir tarkibli ovqatlanishda modda almashinuvining buzilishini emas, balki ochlikda moddalar almashinuvi o’rnini to’ldirish mexanizmi, ya’ni bir moddaning boshqa endogen zahirasi hisobiga hosil bo’lishini tushunish imkoniyatini beradi. Bu ramkani avvalo aminokislotalar chegaralaydi. Sakkizta almashinmaydigan aminokislota organizmda sintezlanmaydi, yarim almashinadigan aminokislotalar biosintezi ham chegaralangan. Bunday aminokislotalarsiz organizm oqsil sintezlay olmaydi. Shu sababli aminokislotalar boshqa biomolekulalarga nisbatan kelib chiqishiga ko’ra birlamchi.
Moddalar almashinuvi yo’llarining o’zaro bog’liqlik cxemasidan agar aminokislotalar va uglevodlar to’liq assortimentda va yetarli miqdorda iste’mol qilinsa, organizm uzoq vaqt lipidlarsiz (yarim to’yingan lipidlardan tashqari) yashay oladi. Aminokislota va uglevodlar atsetil-KoA ning, uglevodlar buning ustiga NADF∙H2 ning manbai bo’lib, yetarli miqdordagi lipidlarni sintezlash imkonini beradi.
Shuningdek, odam organizmi uchun ovqat bilan birga purin va pirimidinli nukleotidlar talab etilmasligining sababi, ovqat tarkibida oqsil va uglevodlar bo’lganda ular yetarli miqdorda sintezlanadi. Bundan kelib chiqadiki. Oqsil va uglevodlar organizm to’qimalarining hayotiy muhim komponentlarining va uning normal faoliyatini uzoq vaqt davomida ta’minlash imkonini beradi. Albatta bu holatning oqsil va uglevodlar bilan birga vitaminlar, suv va anorganik ionlar kirgan sharoitda imkoni bo’ladi. Odam zarur miqdordagi boshqa ovqat komponentlari kirgan taqdirda uzoq vaqt uglevodlarsiz ham yashashi mumkin.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling