Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining


Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi


Download 50.5 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1340489
1   2   3
Bog'liq
Aminokislotalar almashinuvining umumiy yo’llari

2. Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi. Modda almashinuvi integratsiyasida aminokislotalar dezaminlanish natijasida hosil bo’ladigan azotsiz qoldig’i alohida o’rin tutadi.
Ba’zi aminokislotalarning azotsiz qoldig’idan uglevodlar, boshqalaridan esa keton tanachalari hosil bo’ladi. Shu sababdan aminokislotalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi



Glikogen aminokislotalar

Ketogen
aminokislotalar

Glikogen va ketogen aminokislotalar

Alanin, arginin, asparagin, sistein, glutamin, glitsin, gistidin, gistidin, prolin, oksiprolin, metionin, serin, treonin, triptofan, valin

Leytsin

Izoleytsin, lizin, fenilalnin, tirozin

Glikogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida piruvat, oksaloatsetat, α-ketoglutarat hosil bo’ladi, ulardan glikogen sintezlanadi. Ketogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida atsetoatsetat, atsetil-KoA va atseton (keton tanachalari) hosil bo’ladi.


3. Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi. Aminokislotalardan glyukoneogenezning mumkinligi qandli diabetni o’rganishda ko’rsatilgan. Eksperimental qandli diabet hayvonlarda 50% (ba’zida 80% gacha) kiritilgan oqsilning glyukozaga aylanishi ko’rsatilgan. Bu jarayonda glikogen aminokislotalar eng muhim o’rinni egallaydi, ularning parchalanishidagi azotsiz qoldig’idan pirouzum kislota hosil bo’ladi, u esa glyukoza parchalanishi va sintezining oraliq metabolitidir. Mushaklarda oqsilning parchalanishidan hosil bo’lgan alanin, serin, treonin, sistein kabi aminokislotalardan glyukoza-alanin sikli yordamida qondagi glyukozaning miqdori organizmda glyukoza yetishmagan davrida, uning qondagi miqdorini boshqarishda ahamiyatga ega
Gliterin triatsilglitserinlar parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Uglevod va lipid almashinuvi o’rtasidagi bog’lanish glitserin orqali amalga oshadi, chunki glitserin oksidlanganda pirouzum kislotasi hosil bo’ladi va undan glyukoza sintezlanadi.
Bu jarayonlarni boshqarishda glyukokortikosteroidlar muhim ahamiyatga ega. Ularga kortizol, kortikosteron, kortizon va boshqalar kiradi. Ular glyukoneogenezning spetsifik fermentlari – piruvatkarboksilaza, fosfoenolpiruvatkarboksilaza, fruktozo-1,6-bisfosfataza, glyukozo-6-fosfataza hosil bo’lishini stimullaydilar. Periferik to’qimalarda glyukozaning sarflanishini pasaytiradilar. Gidrokortizon glyukozaning hujayrada faol transportini ingibirlaydi.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling