Oqsil turlari va vazifalari


Download 19.09 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1780337
Bog'liq
MAQOLA


MAQOLA
Biz oqsilni umumiy tushuncha sifatida qabul qilamiz: ratsionimizda maʼlum miqdorda boʻlishi kerak boʻlgan gomogen tarkibli moddalar deb qaraymiz. Ammo siz molekulyar biologiya laboratoriyasida ishlasangiz (masalan, yozgi amaliyot uchun), oqsilga boshqacha nigoh bilan qaray boshlaysiz.
Xoʻsh, qanday qilib? Aytaylik, siz oqsilni faqat bitta modda emas deb bilgan boʻlishingiz mumkin. Aksincha, bir hujayrada yoki organizmda turli xil koʻplab oqsillar borligini bilgan boʻlishingiz mumkin. Ular siz tasavvur qila oladigan har qanday oʻlchov, shakl va turda boʻladi va har birining oʻziga xos va yagona vazifasi bor. Ayrimlari hujayraning strukturaviy tarkibiga kiradi yoki hujayra harakatiga yordam beradi. Boshqalari esa shishadagi xabarlar kabi hujayralar orasida suzib yuruvchi signal vazifasini bajaradi. Yana boshqalari esa metabolik fermentlar boʻlib, hujayra uchun zarur biomolekulalarni oʻzaro birlashtiradi yoki parchalaydi. Va nihoyat, bu noyob molekulyar oʻyinchilar tadqiqotingiz davomida sizniki boʻladi.
Oqsillar jonli sistema boʻylab eng keng tarqalgan organik molekulalar qatoriga kiradi va makromolekulalarning boshqa sinflariga nisbatan tuzilish va vazifalarida oʻziga xos farq mavjud. Bitta hujayra minglab oqsillarni oʻz ichiga olishi mumkin va har bir oqsilning takrorlanmas vazifasi mavjud. Ularning tuzilishi va vazifalarida juda katta farq boʻlsa-da, barcha oqsillar bir yoki bir nechta aminokislotalar zanjiridan iborat. Ushbu maqolada oqsillarning qurilish tarkibi, tuzilishi va ahamiyati haqida toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlamiz.

Oqsil turlari va vazifalari


Oqsillar hujayra va organizmda keng qamrovli ahamiyatga ega. Bu yerda sizlarga yaxshi tanish boʻlgan va koʻp organizmlarning (shu jumladan, insonlarning) biologiyasida muhim ahamiyatga ega, koʻp uchraydigan oqsil turlaridan bir nechta misolni koʻrib chiqamiz.
Insulin jigar va tananing boshqa qismlaridagi hujayralar bilan bogʻlanadi va ular glyukozani oʻzlashtiradi. Bu jarayon qondagi glyukoza miqdorini normal, barqaror koʻrsatkichga qaytarishga yordam beradi.
Boshqa oqsillar va ularning vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Oqsil turlari va vazifalari

Ahamiyati

Misollar

Vazifasi

Hazm fermentlari

Amilaza, lipaza, pepsin

Ozuqa moddalarni kichik boʻlaklargacha parchalaydi va ularning absorbsiyalanishini osonlashtiradi

Tashuvchi oqsillar

Gemoglobin

Moddalarning qon yoki limfa tarkibida tana boʻylab harakatlanishini taʼminlaydi

Tuzilish oqsillari

Aktin, tubulin, keratin

Sitoskelet kabi turli tuzilmalarning qurilishida qatnashadi

Gormon signalizatsiya oqsillari

Insulin, glyukagon

Organizmning turli sistemalari faoliyatini muvofiqlashtiradi

Himoya oqsillari

Antitanalar

Organizmni begona patogenlardan himoya qiladi

Qisqaruvchi oqsillar

Miozin

Mushaklar qisqarishini taʼminlaydi

Zaxira oqsillari

Urugʻ zaxira oqsillari, tuxum hujayra tarkibidagi albumin oqsillari

Embrionning yoki urugʻning erta rivojlanishini ozuqa bilan taʼminlash uchun kerak

Oqsillar turli oʻlchamlarda va shakllarda uchraydi. Ayrimlari dumaloq (sharsimon) shaklda, boshqalari esa uzun, ingichka tolalar koʻrinishida boʻladi. Misol uchun, qondagi kislorodni tashuvchi gemoglobin oqsili dumaloq oqsil deyiladi, teri tarkibidagi kollagen esa tolali oqsil hisoblanadi.
Oqsil shakli uning vazifasi uchun juda muhim va keyingi maqolada biz oqsil shaklini saqlashda turli xil kimyoviy bogʻlar muhim ahamiyatga ega boʻlishini koʻrib chiqamiz. Harorat va pH dagi oʻzgarishlar, shuningdek, ayrim kimyoviy moddalarning mavjudligi oqsil shaklining buzilishi va vazifasini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin, bu jarayon denaturatsiya deb ataladi.
Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling