62
ko‘rsatkich o‘rta hisobda qabul qilingan me'yoriy talablardan 15 %, erkaklarda 20
% ko‘p.
Tekshiriluvchilarning kunlik iste’mol qilgan taomlarining
tarkibidagi oqsillar
miqdorini aniqlashdan olingan natijalarga qaraganda,
ularning ratsionida umumiy
oqsilning miqdori biroz kam bolsada, me’yorga yaqin. O’rtacha
bir kunlik
ratsiondagi umumiy oqsilning miqdori ayollarda 48 g, erkaklarda 60 g ni tashkil
qiladi, bu tegishli ravishda me'yordan 12 % va 7 % kam.
Ovqatning oqsillar tarkibini, ya’ni to‘la qiymatli va to‘la qiymatli bo‘lmagan
oqsillar
miqdorini aniqlash maqsadida, iste’mol taomidagi hayvon va o‘simlik
oqsillarining miqdori hisoblab topildi. Bunda qabul qilingan kunlik ovqatdagi
hayvon oqsillarining miqdori ayollarda 26 g (me'yordan 20 % kam), erkaklarda 32
g ni (me'yordan 12 % kam) tashkil qiladi. Tekshiriluvchilar ratsionidagi o‘simlik
oqsillarining miqdori me'yorga yaqin, yoki undan bir oz past bo‘lsada (5-jadval),
ularning umuimiy oqsillardagi ulushi me'yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori, o‘simlik
oqsili umumiy oqsilning 46 % yuqori ekanligi aniqlandi.
Shunday qilib, katta yoshdagi kishilarning (40-59 yoshli)
aniq ovqatlanishni
o‘rganish bo‘yicha olib borgan tekshirishlarimiz ular organizmining oqsillarga
bo‘lgan talabi asosan hayvon oqsillar yetishmaganligi hisobiga to‘la
qondirilmaganligi va o‘simlik oqsillarining umumiy
oqsil tarkibidagi ulushi
me’yordan ko‘pigini ko‘rsatdi.
Katta yoshdagi kishilarning ratsioni hayvon oqsillari bilan erkaklarda 12 %,
ayollarda 20 % boyitilishi lozim. Ular ratsioninig energetik qiymati me’yorlardan
yuqori ekanligi bois oqsillar miqdorining oshirilishida yog va karbonsuvlarning
miqdori tegidhlicha kamaytirilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: