Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
Ishning maqsadi va vazifalari. Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz o‘z
oldimizga bog‘cha yoshidagi bolalar, maktab yoshidagi bolalar, katta yoshdagi kishilar va keksalar ovqatlanishi va bunda orgnizmni oqsillar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib chiqishni asosiy maqsad qilib oldik. Olingan natijalarni mavjud adabiyotlardagi me'yoriy normativlarga solishtirib, tegishli xulosalar chiqarishga harakat qildik. Ishimizning maqsadiga ko‘ra o‘z oldimizga belgilangan guruhlar aniq ovqatlanishini o‘rganish ishlarini olib borish va jadvallar asosida ularning kunlik ratsionida oqsillar miqdorini aniqlash, ular ovqatlanishi qanday ahvolda ekanligini yoritib berish, va shular asosida tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini qo‘ydik. Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasining janubiy viloyati – Qashqadaryo viloyati sharoitida istiqomat qilayotgan bog‘cha yoshidagi bolalar, maktab yoshidagi bolalar, katta yoshdagi kishilar va keksalarning oqsillarga bo‘lgan fiziologik talabining qondirilishi o‘rganildi. Kishilarning aniq ovqatlanishini o‘rganish ular ovqatlanishini ratsionallashtirish borasida olib boriladigan ishlar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Biz olgan natijalar aholi orasida oqilona ovqatlanish prinsiplari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishda, kishilar ratsional ovqatlanishi uchun tavsiyanomalar berishda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti. O‘shbu dissertatsiyada keltirilgan kuzatuv ishlar Qarshi shahri aholisining turli guruhlarida – bog‘cha tarbiyalanuvchi bolalari, maktab o‘quvchilari, katta yoshdagi kishilar va keksalar orasida olib borildi. Tadqiqot ishning mazmun-mohiyati barcha tekshiriluvchilarga, jumladan bog‘chadagi tarbiyachilar va ota-onalarga tushuntirildi. Ularga bajarilishi kerak 8 bo‘lgan ishlar tartibi va bu ishlarni oqilona tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi. Anketa tarqatish bilan bir qatorda olib borayotgan tadqiqot ishlarning bog‘chadagi bolalarning salomatligini saqlash xususidagi foydasi haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Tekshiriluvchilarning haftalik iste’mol taomlari o‘rganib (bog‘chada va uyda) chiqilib, bir hafta davomida anketalar to‘lg‘azib borildi. Bunda tarbiyachilar va ona-otalar yordam berib turishdi. Tekshiruv ishlari 2013 yil fevral oyi oxiri va mart oyining dastlabki kunlarida olib borildi. Har bir tekshirilgan guruhda 30 kishi (bola), shundan 15 ta ayol (qiz) va 15 ta erkak (o‘g‘il) ishtirok etdi. Ishda tekshiriluvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari, kunlik iste’mol taomlarining energetik qiymati va undagi oqsillar miqdori aniqlandi. Olingan natijalar statistik qayta ishlandi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling