45
sustlashishi, ish qilish
qobiliyatining pasayishi, antitanalar hosil bo‘lishining
kamayishidan immunitetning kuchsizlanishi va avitaminozga olib keladi. Oqsilni
kam iste’mol qilinishi yurak va nafas olish tizimida salbiy o‘zgarishlar
va muskul
massasining kamayishiga olib keladi (20, 22).
Oqsilga bo‘lgan bir sutkalik talab 1 kg tana massaga nisbatan ayollarda 1,3 g,
erkaklarda esa 1,5 g ni tashkil qilishi lozim. Ma'lum yuklamali jismoniy ish
bajarish, jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanishda ovqat ratsionidagi oqsil
miqdori kishining tana massasiga ko‘ra har bir kilogrammiga 2,5
grammgacha
oshirilishi kerak. Bunda oqsillarning organizm tomonidan o‘zlashtirilishini ham
e'tiborga olgan holda, ratsionga nisbatan yengil o‘zlashtiriladigan
oqsillarga boy
mahsulotlar – sut va sut mahsulotlari, tuxum, go‘sht,
maxsus tayyorlangan
aminokislotali aralashmalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: