Oqsil va polipeptto unumli gormonal
Download 29.54 Kb.
|
OQSIL VA POLIPEPTTO UNUMLI GORMONAL
Glyukagon oshqozon osti bezining Langergans orolchalarini a
— hujayralarida hosil bo'ladi; jigarda glyukoneogenez jarayonlarini, qonda glyukoza miqdorini oshiradi, yurakka musbat — inotrop ta’sir ko'rsatadi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikni, buyrak usti bezdan adrenalinni ajralishini oshiradi. Glyukagon asosan insulin miqdori oshgandagi gipoglikemik holatlarida, yurak yetishmovchiligida, kardiogen shokda qo'llanadi. Homilador ayollarga o'ta zarur bo'lgan hollarda ehtiyolkorlik bilan qoilaniladi. Emizikli ayollarga qo'llash man etiladi. Qandli diabetni davolash uchun og'iz orqali buyuriladigan moddalar sintez yo'li bilan olinadi, ularga sulfonamid unumlari va biguanidlar kiradi. Sulfonamid birikmalari — butamid, xlorpropamidning gipoglikemik ta’sir mexanizmi, oshqozon osti bezining P-hujayralariga ta ’sir yetib, glyukagon ajralishini kamaytiradi, shu tufayli neoglyukogenez jarayonlari chegaralanadi, insulin retseptorlarining miqdori, faolligi, endogen va ekzogen insulinni ta’siri oshadi. Langergans orolchalarining (3-hujayralari atrofiyaga uchragan bo'lsa, moddalar gipoglikemik ta’sir qilmaydi. Xlorpropamidning gipoglikemik ta ’siri 2-4 soatlardan keyin boshlanib, 10-12 soat davom etadi. Ichish uchun tayinlanadigan diabetga qarshi moddalarning kimyoviy tuzilishi X lo r p r o p a m id Pfizer firmasi tomonidan g lib e n e z nom bilan chiqariladi. Glibenklamid — maniiil ham sulfonamid unumlaridan butamid, xlorpropamidlardan faolroq, qonga tezda so'riladi, ta’siri 8-12 soat davom etadi. Maniiil gipoglikemik ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, gipoxolesterinemik hamda qonni suyultirish xususiyatiga ega. Biguanidlar — glibutamidning (adebit) gipoglikemik ta ’sir mexanizmi batafsil aniqlanmagan, tajribalarga ko'ra, bu modda hujayralarda, to'qimalarda glyukozaning o'zlashtirilishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi, glyukoneogenez jarayonlarini kamaytiradi, oqsil, yog' almashinuviga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Gipoglikemik ta’siri butamidlarga nisbatan kamroq, moddalar qandli diabetning yengil, o'rtacha og'ir turlarida, ayrim holatlarida insulin bilan birga yoki almashtirilib qo'llanadi. Ichishga buyuriladigan antidiabetik moddalarning salbiy ta’sirlari: dispeptik o'zgarishlar yuz berishi — bemoming ko'ngli aynishi, qusishi, ichi ketishi, jigar hamda buyrak faoliyatiga noxush ta’sir ko'rsatishi mumkin. Atsidoz holatlarida biguanidlami qo'llab bo'lmaydi. Bolalarda uchraydigan qandli diabetda asosan insulin moddalari qo'llanadi. Kasallikning boshlang'ich davrida tez va qisqa ta’sir etuvchi oddiy insulin qo'llanadi, chunki bolalarda qandning qondagi miqdori o'zgaruvchan hamda ular insulinga birmuncha sezuvchan bo'ladi. Triyodtironin gidroxlorid, tireoidin, kalsitrin Endokrin kasalliklar qalqonsimon bez faoliyati o'zgarishi oqibatida kelib chiqadi. Bu kasalliklar qalqonsimon bez gormonlarining yetishmovchiligi va ulaming oshishiga bog‘liq. Gipertireoz, ayniqsa, bolalar o'rtasida ko'p uchraydi, bunda antitireoid moddalar qoilanadi. Qalqonsimon bez ikki turdagi gormonlami hosil qiladi: tarkibida yod tutadigan gormonlar va kalsitoninlar. Qalqonsimon bezning yod tutadigan gormonlarining hosil boiishi uchun yod kerak boiadi. Yod organizmga suv, oziq-ovqat bilan tushadi va tanlab qalqonsimon bezga o‘tadi, u yerda tirozin bilan bogianib, mono-diyodtirozin hosil qiladi. Ulardan tireoid gormonlar — tiroksin va triyodtironin hosil boiadi tireoglobulin oqsili tarkibida qalqonsimon bez follikulalarida to'planadi. Proteolitik fermentlar ta ’sirida tireoglobulindan tiroksin ajralib, qonga o'tadi. Bu jarayonlami gipofiz old boiimining tireotropin gormoni boshqaradi. Qalqonsimon bez gonnonlari asosiy moddalar almashinuvini, kislorodning to'qimalarda o'zlashtirilishini, oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvini boshqaradi. Siydikda azotli mahsulotlar, siydik kislota, ammiak va kreatinin miqdori ortib boradi, jigarda glikogen, qonda xolesterin kamayib boradi. Gormonlar yosh organizmning o'sish va ulg'ayish jarayonlarini, nerv sistemasi qo'zg'aluvchanligini, adrenalin va adrenopozitiv moddalarga nisbatan sezuvchanligini oshiradi, puls tezlashadi, ko'p terlanadi, qon bosim ko'tariladi, miya, buyrak, teri tomirlarida qon aylanishi oshib boradi. Gormonlar miya, suyak to'qimalari va boshqa a’zolaming tiklanishiga ta’sir ko'rsatadi. Bolalarda gormonlar yetishmovchiligida kretinizm, kattalar da moddalar almashinuvi susayadi, to'qimalarda shishlar paydo bo'ladi, yurak faoliyati o'zgaradi, miksedema holati ro'y beradi. Triyodtironin va tireoidin o'rinbosar davo uchun bolalar kretinizmida, kattalar miksedemasida qoilanadi. Tireoidin asosiy modda almashinuvi susayganda va semizlikda qoilanadi. Moddalar miqdori oshganda bemor qo‘zg‘aluvchan bo'lib qoladi, ko'p terlaydi, ozib ketadi, taxikardiya, tremor paydo boiadi. Agar suvda, ovqatda yod miqdori kamayib ketsa, oddiy yoki endemik bo‘qoq paydo boiadi. Gormonlar yetishmovchiligi tufayli qalqonsimon bez o'z faoliyatini oshiradi, to'qimalar gipertrofiyaga uchraydi, bez hatto 20-30-50 barobar kattalashib boradi. O'zbekistonda endemik o'choqlar Farg'ona vodiysida, Qo'qonda ko'p tarqalgan, bu yerdagi suvda yod kam boigan. Katta ekspiditsiya ishlari, ommaviy profilaktika tadbirlari tufayli (ichimlik suviga, tuzga yod qo'shilgan) endemik o'choqlar, bo'qoq kasalligi ancha kamaygan. 21.1.3. Qalqonsimon bezning gormonal moddalariTriyodtironin gidroxlorid, tireoidin, kalsitrin Endokrin kasalliklar qalqonsimon bez faoliyati o'zgarishi oqibatida kelib chiqadi. Bu kasalliklar qalqonsimon bez gormonlarining yetishmovchiligi va ulaming oshishiga bog‘liq. Gipertireoz, ayniqsa, bolalar o'rtasida ko'p uchraydi, bunda antitireoid moddalar qoilanadi. Qalqonsimon bez ikki turdagi gormonlami hosil qiladi: tarkibida yod tutadigan gormonlar va kalsitoninlar. Qalqonsimon bezning yod tutadigan gormonlarining hosil boiishi uchun yod kerak boiadi. Yod organizmga suv, oziq-ovqat bilan tushadi va tanlab qalqonsimon bezga o‘tadi, u yerda tirozin bilan bogianib, mono-diyodtirozin hosil qiladi. Ulardan tireoid gormonlar — tiroksin va triyodtironin hosil boiadi tireoglobulin oqsili tarkibida qalqonsimon bez follikulalarida to'planadi. Proteolitik fermentlar ta ’sirida tireoglobulindan tiroksin ajralib, qonga o'tadi. Bu jarayonlami gipofiz old boiimining tireotropin gormoni boshqaradi. Qalqonsimon bez gonnonlari asosiy moddalar almashinuvini, kislorodning to'qimalarda o'zlashtirilishini, oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvini boshqaradi. Siydikda azotli mahsulotlar, siydik kislota, ammiak va kreatinin miqdori ortib boradi, jigarda glikogen, qonda xolesterin kamayib boradi. Gormonlar yosh organizmning o'sish va ulg'ayish jarayonlarini, nerv sistemasi qo'zg'aluvchanligini, adrenalin va adrenopozitiv moddalarga nisbatan sezuvchanligini oshiradi, puls tezlashadi, ko'p terlanadi, qon bosim ko'tariladi, miya, buyrak, teri tomirlarida qon aylanishi oshib boradi. Gormonlar miya, suyak to'qimalari va boshqa a’zolaming tiklanishiga ta’sir ko'rsatadi. Bolalarda gormonlar yetishmovchiligida kretinizm, kattalar da moddalar almashinuvi susayadi, to'qimalarda shishlar paydo bo'ladi, yurak faoliyati o'zgaradi, miksedema holati ro'y beradi. Triyodtironin va tireoidin o'rinbosar davo uchun bolalar kretinizmida, kattalar miksedemasida qoilanadi. Tireoidin asosiy modda almashinuvi susayganda va semizlikda qoilanadi. Moddalar miqdori oshganda bemor qo‘zg‘aluvchan bo'lib qoladi, ko'p terlaydi, ozib ketadi, taxikardiya, tremor paydo boiadi. Agar suvda, ovqatda yod miqdori kamayib ketsa, oddiy yoki endemik bo‘qoq paydo boiadi. Gormonlar yetishmovchiligi tufayli qalqonsimon bez o'z faoliyatini oshiradi, to'qimalar gipertrofiyaga uchraydi, bez hatto 20-30-50 barobar kattalashib boradi. O'zbekistonda endemik o'choqlar Farg'ona vodiysida, Qo'qonda ko'p tarqalgan, bu yerdagi suvda yod kam boigan. Katta ekspiditsiya ishlari, ommaviy profilaktika tadbirlari tufayli (ichimlik suviga, tuzga yod qo'shilgan) endemik o'choqlar, bo'qoq kasalligi ancha kamaygan. Qalqonsimon bezning gormonal moddalari Download 29.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling