Oqsil va polipeptto unumli gormonal


Download 29.54 Kb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi29.54 Kb.
#1049532
1   2   3   4   5
Bog'liq
OQSIL VA POLIPEPTTO UNUMLI GORMONAL

Desmopressin vazopressinga o'xshash, kuchli antidiuretik ta’sirga
ega, qandsiz diabetni, gipofizda o'tkazilgan jarrohlikdan keyin hosil
bo'ladigan poliuriya, polidipsiyalar, tungi siydik tutolmagan holatlami
davolashda qoilanadi, dori kattalarga ikki tomchi, bolalarga bir tomchi
miqdorda burunga tomiziladi.
Ko'p miqdorda qo'llanganda bosh og'rishi, ko'ngil aynashi, rinit,
qon bosimining bir oz ko'tarilishi, ichakda og'riq paydo bo'lishi
mumkin.
Paraqalqonsimon bezlarning gormon moddasi — paratireoidin
kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir ko'rsatadi, qonda kalsiy miqdorini,
uning me’da-ichakdan so'rilishini, buyrak kanalchalaridan qayta
so'rilishini oshiradi, suyaklarda kalsiy miqdorini kamaytiradi.
Qalqonsimon bez gormoni kalsitoninga qarshi ta’sir ko'rsatadi.
Paratireoidin qonda fosfor miqdorini kamaytiradi, chunki buyrak
kanalchalaridan uning qayta so'rilishi kamayib ketadi, modda o'rinbosar
davo uchun gipoparatireozlarda, spazmofiliya, tetaniyaning oldini olish
va davolash uchun qoilanadi. Ta’siri sezilarli bo'lishi uchun
paratireodin kalsiy moddalari — kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat bilan
birga qoilanadi.
. Oshqozon osti bezining
gormonal moddalari
Bunday gormonal moddalar qatoriga insulin moddalari insulin,
amorfli suspenziya rux-insulin, protamin-insulin, suspenziya
protamin rux-insulin, kristallik suspenziya rux-insulin hamda
diabetga qarshi moddalar: butamid, xlorpropamid, glubutid (adebit)
kiritiladi.
Insulin moddalari o'rinbosar davo uchun organizmda oshqozon
osti bezining Langergans orolchalarining (3 - hujayralarida hosil
bo'ladigan insulin gormoni yetishmovchiligida (qandli diabetda)
qo'llanadi. Insulin uglevod almashinuviga ta’sir ko'rsatadi, qonda
glyukozani glyukoza - 6 fosfatga aylantiradi, uning hujayralar,
to'qimalarga o'tishini, o'zlashtirilishini, glikogenga aylanishini
amalga oshiradi, qonda, siydikda glyukoza miqdori, tashnalik, diurez
kamayadi, uglevod almashinuvini me’yorlashtiradi. Insulin oqsil
hamda yog' almashinuviga ijobiy ta’sir ko'rsatadi: siydikda azot
birikmalari, qon va siydikda keton moddalari — atseton, atsetosirka,
oksimoy kislotalar kamayib boradi, bemor ozadi, organizmda
yog'laming parchalanishi, oqsillarning glyukozaga aylanishi
kamayadi. Insulin qoramol, cho'chqalaming oshqozon osti bezidan
biologik yo'l bilan olinadi. Polipeptid oqsillardan tuzilgan bo'lgani
uchun insulin organizmga faqat parenteral yo'l bilan — teri ostiga,
mushaklar orasiga, venaga yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborilganda
insulinning gipoglikemik ta’siri 20-30 minutdan keyin boshlanib, 4-
6 soat davom etadi. In’eksiyalar sonini kamaytirish uchun moddaning
ta’sir muddati uzaytirilgan turlari ishlab chiqilgan. Ular tarkibiga oqsilprotamin,
rux, buferlar kiritilgan, bular insulin ta ’sirining
boshlanishiga (kechroq boshlanadi), cho'qqiga chiqish vaqti va
muddati (uzaytiriladi) ta ’sir ko'rsatadi. Davomli ta’sir etuvchi
insulinlami yuborish o'rtasida ko'proq vaqt o'tadi, bulaming pH yuqori
bo'lgani uchun yuborilgan joyi kamroq og'riydi, lekin ko'pchilik
bemorlar oddiy insulinni qo'llashni afzal ko'radilar. Insulin moddalari
qon, siydikdagi qand miqdoriga, bemorning umumiy ahvoliga,
moddaning xususiyatiga qarab tanlanadi.
Insulin bilan davolangan bemor albatta o'z vaqtida ovqatlanishi
lozim, aks holda, qand miqdori tushishi tufayli gipoglikemik holat,
agar insulinnig miqdori oshib ketsa — gipoglikemik koma ro'y
beradi, bunda bemor hushidan ketib, qon bosimi tushib ketadi,
bunday holatda venaga glyukoza, adrenalin yuborib, qonda qand
miqdorini oshirish kerak.
Insulinni o'tkir gepatitda, jigar sirrozi, gemolitik sariqlik,
pankreatit, nefrit, buyraklar amiloidozi, oshqozon, 12 barmoqli ichak
yarasida, dekompensirlangan yurak poroklarida qo'llash man etiladi.
Qandli diabetda bemorlarda ikki xil koma ro'y berishi mumkin.
Birinchisi, giperglikemik — qonda qandning miqdori oshib ketganda
ro'y beradigan koma, bu holatda oddiy insulinni venaga yuborish
kerak. Ikkinchi koma insulin miqdori oshib ketgandan kelib
chiqadigan yuqorida keltirilgan gipoglikemik komadir. Qandli diabet
ko'pgina a’zolami, ayniqsa, qon tomirlarini shikastlaydi, shuning
uchun bemoming ko'zida diabetik retinopatiya, oyoqda obliteratsiyali
endoarterit— mudhish qora son kasalligi ro'y berishi mumkin. Qandli
diabetda gipertoniya, miokard infarkti, ateroskleroz, miya tomirlari
trombozi ko'proq uchraydi va og'irroq o'tadi. 1982-yilda Qo'shma
Shtatlarda gen injeneriya yo'li bilan birinchi bor odam insulini —
ximulin kashf etilgan, modda ampulalarda va patronchalarda
chiqariladi, insulinga qaram qandli diabetda, giperglikemik komada
teri ostiga, ba’zida venalarga yuboriladi.

Download 29.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling