Oqsilla r reja


– ISH. QON ZARDOBIDAN ALBUMINNI AJRATISH


Download 0.83 Mb.
bet9/15
Sana27.10.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1726562
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
1462982480 62859

5 – ISH. QON ZARDOBIDAN ALBUMINNI AJRATISH.

  • Ishning umumiy izohi. Hayvon (odam) qoni zardobidan 50% to’yinish darajasida tuz bilan to’yintirish yo’li bilan globulinlar (alfa, beta, gamma) cho’ktiriladi, so’ngra cho’kma ustidagi suyuqlikdan tuz bilan to’yintirish darajasini 70% sha yetkazib turib, zardob albumini cho’ktiriladi va dializ yo’li bilan to’zsizlantiriladi.
  • Jihozlar va reaktivlar. 50 ml o’lchagich tsilindr, 50 ml li stakan, tsentrifuga (yoki vakum filtr qurilmasi), dializ membranasi yoki naychasi, dializ qilish uchun 1 l li kamera (stakan), SF-26, 10 ml zardob.
  • Ishning borishi. Hayvon yoki odam qon zardobini tuz bilan cho’ktirilganda, tuzning kontsentratsiyasi sekin-asta ishirilishiga qarab, quyidagi fraktsiyalar (qismlar) cho’kishi mumkin:
  • Qon zardobi albumini globulinlar yig’indisini ammoniy sulfat tuzi bilan 50% gacha to’yintirilib oldindan cho’ktirilgandan so’ng, ajratiladi. Buning uchun 10 ml zardobiga 3,13 g tuz qo’shiladi va globulinlar cho’kmasi filtrlanib yoki sentrifugalanib olib tashlanadi, filtrat (cho’kma ustidagi suyuqlik) yig’ib olinadi. Glabulinlar cho’kmasi qayta cho’ktirib fraktsiyalash uchun foydalanildi. Zardob filtrati globulinlar olib tashlangandan so’ng o’lchagich silindrga solinib, hajmi o’lchanadi va 60% gacha to’yintirish uchun quruq tuz qo’shiladi. Ma‘lum kontsentratsiyagacha kerak bo’lgan tuzning miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
  • X – tuzning moqdori, g da; V – eritma hajmi, ml da; S1 – boshlang’ich to’yintirish darajasi (o’nli bo’laklarda 100%=1,00), S2 – berilgan to’yintirish darajasi.
  • Kerakli miqdordagi tuz erigandan so’ng, suspenziya 30-45 minutgacha cho’kma hosil qilinlik uchun qoldiriladi. Albumin cho’kmasi globulinga o’xshab yig’iladi. Cho’kma (agarda filtrlangan bo’lsa – cho’kma filtri bilan) oz miqdordagi suvda eritiladi va suvda dializlanadi (3 marotaba, suvning hajmi 1 l, har bir navbati 1-2 soatdan). Dializatdagi albumin kontsentratsiyasi aniqlanadi, unumi yutilishi bo’yicha (280 nm) nomogrammaga asosan topiladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling