Oqsillar Oqsillarning birlamchi tuzilishi Oqsillarning ikkilamchi tuzilishi Oqsillarning uchlamchi tuzilishi


Download 90.71 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi90.71 Kb.
#1160674
1   2   3
Bog'liq
Oqsillar va ularning tuzilishi

Oqsillarning tuzilishi


Oqsillaming tuzilishi ularning gidrolizlanish mahsulotlarini o’rganish bilan aniqlangan.Gidrolizlanish oqsillaming eng asosiy xossalaridan biri bo‘lib, oqsillardagi peptid bog‘lari suv molekulalari ta’sirida uzilib, reaksiya mahsulotlari sifatida α — aminokislotalar hosil bo’ladi.
Oqsillaming birlamchi tuzilishini F.Senger kashf etgan. U birinchi marta 1951-1953-yillarda C254H377N66O75S6 tarkibli insulin oqsilining aminokislotalar ketma-ketligini aniqladi.
Insulin sulfid bog’lari bilan tutashgan 2 ta polipeptid zanjiridan tuzilgan, 1-zanjirda 21 ta,-2-zanjirda 30 ta aminokislota qoldig’i, jami 51 ta aminikislota bor. Keyinchalik oqsilnmg birlamchi tuzilishini avtomatik aniqlaydigan analizatorlar va shu axborot bo’yicha tegishli aminokislotalardan oqsilni sintezlaydigan sintezatorlar yaratildi. Hozirgacha 2000 ta oqsilning birlamchi tuzilishi aniqlangan. Masalan, sitoxrom 104 ta, mioglobin 153 ta, α—gemoglobin 141 ta, β- gemoglobinni 145 aminokislota hosil qiladi. Quyidagi oqsil bo‘lagining gidrolizini ko’rib chiqaylik:

Gidroliz reaksiyalari tufayli oqsil makromolekulalari bo‘linib, kichik molekulyar birikmalar (a— aminokislota) holiga o‘tib, organizm tomonidan ulaming o‘zlashtirilislii osonlashadi. O‘zlashtirilgan amino­ kislotalar qaytadan yangi oqsil molekulalarini hosil qilib organizmning to’qimalariga gormonlar, fermentlar va boshqa organizm hayotini ta’minlovchi asosiy biologik moddalarga aylanadilar.
Kimyo va zamonaviy fizik-kimyoviy usullaming yaratilishi oqsillaming tuzilishini o’rganish imkoniyatini berdi. Bu tadqiqot usullarining natijalari asosida oqsillar birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishlarga ega ekanligi aniqlangan.

Birlamchi tuzilish


Birlamchi tuzilish—oqsillaming kimyoviy tuzilishi bo’lib, oqsil peptid bog’lari orqali bog’langan ko’p sonli a — aminokislotalar qoldiqlaridan iborat uzun zanjirli molekulalar ekanligini ko’rsatuvchi
tuzilishdir. Agar bu zanjirdagi aminokislotalar qoldiqlari 100 ta gacha bo‘Isa polipeptidlar deyiladi, undan ko’p bo‘Isa oqsil deyiladi.
Birlamchi tuzilishni tashkil etgan polipeptid zanjirini rentgen tuzilish usuli bilan o’rganish natijalari asosida L. Poling (1930 y.) oqsil konformatsiyasi (oqsil molekulasi tarkibidagi atomlarning fazoviy joylashuvi) to’g’risida dastlabki quyidagi aniq xulosalarga keldi:
— Oqsillaming xossalari polipeptid zanjiridagi aminokislotalaming tarkibi va ulaming o’zaro ketma-ketligiga bog’liqdir;
— peptid gruppasi “qattiq” tekis (planar) tuzilishli bo’lib undagi C—N bog’i qisman qo’shbog’ tabiatiga ega. Unda karbonil gruppasi kislorodi va amid gruppasi vodorod atomi o’zaro trans holatda joylashgandir;
— peptid gruppadagi rC_N=1,32A bo’lib, buqiymat birlamchi bog’ uzunligi rC_N=1,47A dan kichik, lekin haqiqiy qo’shbog’ rC_N= 1,27A dankattadir.
— peptid gruppasi bilan bog’langan Ca—C va N—Cbog’lari haqiqiy birlamchi bog’lar bo’lib, bu bog’lar atrofida atomlar (yoki atomlar gruppasi) erkin “aylanishi” yoki o’z holatini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lib, oqsil molekulasining bukiluvchanligini ta’minlaydi.

Download 90.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling