115
Masalaning qo’yilishi: Tanlab olingan masalani
hal qilish programmasini
overley shaklida tashkil qilish.
Masalani yechish uchun ko’rsatmalar: Programmalarni overley tashkil qilish
uchun quyidagi ishlarni ketma – ket bajarish talab qilinadi.
a) Programmalash muhitining(masalan, TPas yoki BP) maxsus overlay moduli
yordamida, ya’ni uning talablarini hisobga olgan holda bo’laklarga bo’lamiz.
b) Bo’laklar hohlagancha bo’lib, ularning birgalikda
talab qiladigan xotira
hajmi SHKning ish uchun taqsimlangan xotira hajmidan ancha katta bo’lishi
mumkin.
d) Aniq bir vaqtning davomida xotiraga faqat kerak bo’lgan bo’lakcha
chaqirilib ishlatiladi.
e) Metodni qo’llash uchun programmadan mustaqil bo’laklarni ajratish, ularni
overley shaklida tashkil etish va overley administratori
ishini boshlash
kifoyadir.
Adabiyotlar
[1], [5], [8], [814], [20]; Fanning ma’ruza matni, Internet resurslar.
Dars № 2.2
Mavzu : Algoritm va programmani loyihalash
Dars maqsadi :
1. Masalani yechishning algoritmini tuzish va tasvirlash .
2. Programmalash tilini tanlab olib programmani loyihalash
3. Programma uchun kiritish ma’lumotlarini va testlar to’plamioni aniqlash
Dars o’tish usuli : auditoriyada muloqotli seminar.
Algoritm va programma tuzish uchun ko’rsatmalar:
Masalani yechish algoritmi maxsus algoritmik til yordamida tasvirlanadi. Algo-
ritm tarkibiga overley tashkil qilinishi kerak bo’lgan fragmentlar kiritiladi. Har
bir fragmentni qismiy algoritm shaklida tasvirlash mumkin. Strukturada overley
bo’laklarning ishlash tartibi (ketma-ketligi) ko’rsatilishi zarur.
Overley tashkil qilinadigan programma asosan ikkita fayldan iborat:
prog.exe va prog.ovr. Bu yerda biz ko’rsatma va misollarni TPas yoki BP mu-
hitlari asosida beramiz.
Ko’rsatilgan fayllar bir xil
nom va har xil kengaymaga ega , ya’ni prog.exe
fayli programmaning doimiy qismini, prog.ovr esa,
xotiraga kerakli paytda
chaqirilishi mumkin bo’lgan bo’laklar kodini saqlaydi. TPas yoki BP tizimlari-
da overley programmalar faqat modul, ya’ni
unit moduli shaklida tashkil qili-
116
nadi. Modul bo’limlari (interface, implementation va ish yurgizuvchi) overley
programmaga kiritiladi. Ammo bu yerda quyidagi shartlar bajarilishi kerak.
a) Har bir overley moduli bosh qismida(boshlanishida) kompilyatsiya rejimi
{$0+}, ya’ni modulni overley bo’lishiga ruxsat beruvchi direktiva ko’rsatilishi
zarur.
b) Asosiy (ishga da’vat etuvchi )
programmada program; dan keyin
(ikkinchi satrda) kompilyatsiya qilish uchun {$F+} kaliti ishlatilishi talab qi-
linadi.
d) Overley modulining bosh qismida qism programmalarni far modeliga qa-
rashli ekanligini ko’rsatuvchi direktiva ham kiritilishi maqsadga muvofiq.
Shularni hisobga olib, overley programmani umumiy ko’rinishini quyidagi
misol yordamida tasvirlash mumkin.
Program MultiCal;
{$F+}
Uses Crt, Dos, Ovreley, MulCalc, DIvCalc, AddCalc, SubCalc;
{$0 MulCalc}
{$0 DivCalc}
{$0 AddCalc}
{$0 SubCalc}
< Programmaning boshqa qismlari>
End.
Do'stlaringiz bilan baham: