O’quv – uslubiy majmua mualliflar: dots. Qobilov S. S. Ass. Nurmamatov M. Q. Ass. Abdirofiyev N. A. Samarqand – 2020


Dars № 2.1  Mavzu: masalaning qo’yilishi va tahlili


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/100
Sana07.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1437649
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
Bog'liq
4180584f2181795450dd1516cd9d680f O’QUV – USLUBIY MAJMUA

Dars № 2.1 
Mavzu: masalaning qo’yilishi va tahlili 
 
Dars maqsadi : 
1. Masalaning qo’yilishini tushunturish
2. Masalani yechish bosqichlarini ko’rsatish . 
3. Adabiyotlar va dasturiy vositalarni tahlil qilish . 
Dars o’tish usuli : auditoriyada muloqotli seminar . 


115 
Masalaning qo’yilishi: Tanlab olingan masalani hal qilish programmasini 
overley shaklida tashkil qilish. 
Masalani yechish uchun ko’rsatmalar: Programmalarni overley tashkil qilish 
uchun quyidagi ishlarni ketma – ket bajarish talab qilinadi.
a) Programmalash muhitining(masalan, TPas yoki BP) maxsus overlay moduli 
yordamida, ya’ni uning talablarini hisobga olgan holda bo’laklarga bo’lamiz. 
b) Bo’laklar hohlagancha bo’lib, ularning birgalikda talab qiladigan xotira 
hajmi SHKning ish uchun taqsimlangan xotira hajmidan ancha katta bo’lishi 
mumkin. 
d) Aniq bir vaqtning davomida xotiraga faqat kerak bo’lgan bo’lakcha 
chaqirilib ishlatiladi. 
e) Metodni qo’llash uchun programmadan mustaqil bo’laklarni ajratish, ularni 
overley shaklida tashkil etish va overley administratori ishini boshlash 
kifoyadir. 
Adabiyotlar 
[1], [5], [8], [814], [20]; Fanning ma’ruza matni, Internet resurslar. 
 
 
 
Dars № 2.2 
Mavzu : Algoritm va programmani loyihalash 
Dars maqsadi :
1. Masalani yechishning algoritmini tuzish va tasvirlash . 
2. Programmalash tilini tanlab olib programmani loyihalash
3. Programma uchun kiritish ma’lumotlarini va testlar to’plamioni aniqlash
Dars o’tish usuli : auditoriyada muloqotli seminar. 
Algoritm va programma tuzish uchun ko’rsatmalar: 
Masalani yechish algoritmi maxsus algoritmik til yordamida tasvirlanadi. Algo-
ritm tarkibiga overley tashkil qilinishi kerak bo’lgan fragmentlar kiritiladi. Har 
bir fragmentni qismiy algoritm shaklida tasvirlash mumkin. Strukturada overley 
bo’laklarning ishlash tartibi (ketma-ketligi) ko’rsatilishi zarur. 
Overley tashkil qilinadigan programma asosan ikkita fayldan iborat: 
prog.exe va prog.ovr. Bu yerda biz ko’rsatma va misollarni TPas yoki BP mu-
hitlari asosida beramiz. 
Ko’rsatilgan fayllar bir xil nom va har xil kengaymaga ega , ya’ni prog.exe 
fayli programmaning doimiy qismini, prog.ovr esa, xotiraga kerakli paytda 
chaqirilishi mumkin bo’lgan bo’laklar kodini saqlaydi. TPas yoki BP tizimlari-
da overley programmalar faqat modul, ya’ni unit moduli shaklida tashkil qili-


116 
nadi. Modul bo’limlari (interface, implementation va ish yurgizuvchi) overley 
programmaga kiritiladi. Ammo bu yerda quyidagi shartlar bajarilishi kerak. 
a) Har bir overley moduli bosh qismida(boshlanishida) kompilyatsiya rejimi 
{$0+}, ya’ni modulni overley bo’lishiga ruxsat beruvchi direktiva ko’rsatilishi 
zarur. 
b) Asosiy (ishga da’vat etuvchi ) programmada program; dan keyin 
(ikkinchi satrda) kompilyatsiya qilish uchun {$F+} kaliti ishlatilishi talab qi-
linadi. 
d) Overley modulining bosh qismida qism programmalarni far modeliga qa-
rashli ekanligini ko’rsatuvchi direktiva ham kiritilishi maqsadga muvofiq. 
Shularni hisobga olib, overley programmani umumiy ko’rinishini quyidagi 
misol yordamida tasvirlash mumkin. 
Program MultiCal; 
{$F+} 
Uses Crt, Dos, Ovreley, MulCalc, DIvCalc, AddCalc, SubCalc; 
{$0 MulCalc} 
{$0 DivCalc} 
{$0 AddCalc} 
{$0 SubCalc} 
< Programmaning boshqa qismlari> 
End. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling