Adabiyotlar
[6], [11], [12], [20] : Fanning ma’ruza matni , Internet resurslar.
Dars № 1.2
Mavzu : Algoritm va programmani loyihalash
Dars maqsadi :
1. Masalani yechishning algoritmini tuzish va tasvirlash .
2. Programmalash tilini tanlab olib programmani loyihalash
3. Programma uchun kiritish ma’lumotlarini va testlar to’plamioni aniqlash
Dars o’tish usuli : Auditoriyada muloqotli seminar.
Algoritm va programma tuzish uchun ko’rsatmalar : Algoritmni tasvirlashda
maxsus algoritmik tilni yoki blok – sxema usulini qo’llash maqsadga muvofiq .
Konfigratsiya fayllarini tahlil qilish uchun ularning tayyor variantlarini olish ham
mumkin. Komandali fayllarni matnni tashkil qilishda oddiy matn muharrirlari ish-
latiladi. Bajariladigan fayllarni yaratishda esa , algoritmni murakkablashtirmaslik,
ya’ni sodda masala tanlab olish taklif qilinadi .
Dars № 1.3
Mavzu : Displey sinfida programmani taxlash
Dars maqsadi :
1. Programma matnini terish va tayyorlash
2. Programmani taxlash va ishi variantini hosil qilish .
3. Programmani turli testlar bilan ishlashini namoish etish .
Dars o’tish usuli : Kompyuter sinfida texnologik ishlar
Programmani taxlash bo’yicha ko’rsatmalar :
Programmani matnni tayyorlashda uni strukturalash , yani strukturali program-
malash qoidalariga rioya qilish talab qilinadi . taxlash jarayonida integrallashgan
muhitlarni maxsus taxlovchi qism programmalarini (Debugger) ishchi muhitidagi
(masalan Turbo Pascal) debug menyusi optsiyalarini qo’llash maqsdadga muvofiq.
Programmani tekshirish uchun testlar majmui tuziladi. Testlar sodda , turli xil ,
programmani hamma mantiqiy tarmoqlarini tekshira oladigan bo’lishi kerak . Har
bir test uchun kiritish va chiqarish ma’lumotlarini aniqlash hatolarini lo-
kallashtirish va tuzatishga katta yordam qiladi . Murakkab programmalarni bir
necha modullarga ajratib ularni har birini alohida taxlab , keyin umumiy program-
mani ishini namoish etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |