O’quv amaliyot bo`yicha hisobot I
Download 18.7 Kb.
|
Umumiy amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- H I S O B O T I
- Talaba: D.Sharipova
Namangan davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika-psixologiya yo’nalishi S.PPS AU-21-guruh talabasi Sharipova Dildoraning Namangan viloyati Namangan tumanidagi 25-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 2023-yil 6-fevraldan 2023 yil 4-martgacha o’quv amaliyot bo`yicha H I S O B O T I 2023-yilning 6-fevralidan 4-martigacha Pedagogika va psixologiya fakulteti o`quv rejasida belgilangan o`quv amaliyotini o’tash maqsadida amaliyotga yuborildim. Amaliyot ob’yekti sifatida Namangan viloyati Namangan tumanidagi 25-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tadim. Amaliyot davrimning ilk kunlarida ta’lim muassasasining faoliyati bilan tanishdim. Ta’lim muassasida menga amaliyot rahbari sifatida maktabning amaliyotchi psixologi Ch.Akramova tayinlandi. Maktabning ichki tartib-qoidalari bilan tanishib chiqdim. Rahbarim bilan birga amaliyot davrida bajarishim kerak bo’lgan amaliy ishlar va tartib-qoidalar haqida kelishib oldik. Maktabning odob-ahloq, ichki tartib-qoidalari, ijro intizomi, maktab kutubxonasidan foydalanish, tadbirlarda ishtirok etish, pedagogik kengashlarda, ota-onalar yig’ilishlarida ishtirok etish, maktab rivoji uchun oz bo’lsa ham shu amaliyot davrida hissa qo’shish kabi masalalarda biriktirilgan rahbar tomonidan tavsiyalar oldim. Amaliyotning ilk kunlarida maktabdagi kadrlar bilan tanishdim. Maktabdagi o’quvchilarning psixologik holatlarini kuzatishga harakat qildim. Amaliyot davrimda ko’proq darslarni kuzatishga va psixologning ish hujjatlari bilan tanishishga harakat qildim. Pedagoglarning dars o’tish jarayonlarini kuzatib, ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahorati, o’zini tutishi, darslarida ma’lumotlarni o’quvchilarga yetkazib berishda uzluksizlk va ketma-ketlik tamoyiliga asoslangan holda tashkil etishni va darslarga qo’yiladigan pedagogik talablar: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi talablarni to’gri tanlashni o’rgandim. Universitetda o’qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o’zim uchun kerakli xulosalar oldim. Ustozlarim aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim. Amaliyot davrimda amaliyot rahbarimning yordami katta bo’ldi. Ish reja nima? Uni qanday tuziladi degan savollarimga javob topdim. Ish reja tuzib bo’lgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushunib oldim. Maktab o’qituvchilaridan I.Qirg’izova, O.Baxriddinova, D.Boymirzayev va F.Matchanovalarning ish tajribalarini kuzatdim. Darsni tashkillash ishlarida maslahatlar oldim. Darslarni tashkillashda yuqorida ismlari keltirilgan o’qituvchi-lardan maslahatlar so’radim ular bilan hamkorlikda ishladim. 9-sinflarda darsni tashkillab o’tkazdim. Dars jarayonida o’quvchilarni kayfiyatlarini ko’tarish maqsadida “Kasbingni top”, “Qopqon”, “Farqini top”, “Qo`lqopcha” o`yini kabi treninglarni o’tkazdik. Bu treninglar yordamida o’quvchilar kayfiyatini ko’tarib ular o’rtasida stressga tushganlarini bu holatdan chiqarishga harakat qildik. Dars yakunida kuzatuvchi amaliyot rahbarim fikr va mulohazalarini tingladim. Ular bildirgan tavsiya va takliflardan o’zim uchun kerakli xulosa oldim. Amaliyot davrida o’z ustimda ishlashni to’xtatmagan holda 7-8-9-10-11-sinflarga kirib ular bilan stressni oldini oluvchi, suitsitga qarshi so’rovnoma va maxsus testlarni oldik. Shu sanab o’tilgan sinflardan “Temperament” testlarini oldik. O’quvchilar orasidan past o’zlashtiradigan yoki bilsa ham aytgisi kelmaydigan tortinchoq o’quvchilarni ro’yhatini tuzib chiqdik. Amaliyot rahbarim bilan birgalikda bu o’quvchilar o’rtasida o’qishga qiziqishini orttirishga va o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga harakat qildik. Amaliyot davrida “So`z sehri” mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi tayyorladim. Amaliyot davrida bajargan ishlarim yuzasidan biriktirilgan rahbarim Ch.Akramovaga hisobot topshirdim, hujjatlarni imzolatib, amaliyot davrimni yakunladim. Talaba: D.Sharipova Download 18.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling