O`quv amaliyoti hisoboti
Download 52.6 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
XULOSAAgar “Operatsion tizim” (OT) tushunchasini qisqacha izohlasak, bu boshqaruv dasturidir. OT bu – kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Dasturlash sistemasi – dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va so’zlashni ta’minlovchi dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OT boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter resurslari OT boshqaruvi ostida bo’ladi. OT ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilishdir. OT lardan quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi: Ishonchlilik. OT o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OT foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OT foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak Himoya. OT bajarilayotgan masalalarning o’zaro bir – biriga beradigan ta’siridan himoyalash kerak. Bashorat. OT foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma – ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak Qulaylik. Foydalanuvchiga OT ni taklif qilishdan maqsad – resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak Men bu o’quv amaliyoti jarayonida o’z yo’nalishim yuzasidan ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim va bu ma’lumotlar menga ish jarayonida foydali bo’ladi deb o’ylayman. Axmedov A.,Tayloqov N. Informatika: Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun darslik.-T.: «O`zbekiston», 2001. Abduqodirov A.A., Hayitov A..G`., Shodiev R.R. Axborot texnologiyalari T. «O`qituvchi». 2002. “Компьютерные сети”, Эндрю Таненбаум, 1988. www.google.com www.ziyonet.uz Download 52.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling