O‘quv dasturining
nomi
|
Akusherlik va ginekologiya asoslari
|
Ajratilgan
soat
|
90
|
Mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
- Ayollarda xomiladorlik, tug‘ruq, chilla davrida organizmda bo‘ladigan fiziologik va patologik o‘zgarishlar haqida tushuncha berish;-ekstragenital kasalliklari bor ayollarda homiladorlikning kechishi va ularni parvarish hususiyatlari haqida ma’lumot berish.- ginekologik kasalliklar, ularni tekshirish usullari, kasalliklarni oldini olish chora –tadbirlarini o‘rgatish;-klimakterik va qarilik davrdagi ayollarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim berish.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
natijalari
|
xomilador, tuqqan, chilla davridagi ayollarni tekshirish, nazoratga olish, parvarishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
ginekologik bemorlarni tekshirish usullari, jinsiy a’zolarning yalig‘lanish kasalliklari va o‘sma kasalliklarida ayollarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
|
Bilim
|
akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatish muassasalari ishining tashkil qilinishi tarkibi, bemorni laborator-instrumental tekshiruvlarga psixologik va maxsus tayyorlash;
dori vositalarini parenteral yo‘l bilan yuborish;
ginekologik bemorlarni tekshirish;
homiladorlik va tug‘ruq vaqtida qon ketishida, preeklampsiya va eklampsiya xurujida, ginekologiyada o‘tkir qorin sindromida shifokorgacha bo‘lgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish xususiyatlari;
homiladorlarni tekshirish usullari;
homiladorlik tug‘ruq va chilla davrining kechishi ;
chaqaloqlarni parvarish qilish;
ginekologik bemorni tekshirish usullari;
|
Ko‘nikma
|
bemorni laborator-instrumental tekshiruvlarga psixologik va maxsus tayyorlash;
dori vositalarini parenteral yo‘l bilan yuborish;
ginekologik bemorlarni tekshirish;
homiladorlik diagnostikasi;
fiziologik tug‘ruqni qabul qilish;
tuqqan ayollarni parvarish qilish;
muddatiga yetib tug‘ilgan va chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish;
homiladorlik va tug‘ruq vaqtida qon ketishida, preeklampsiya va eklampsiya xurujida, ginekologiyada o‘tkir qorin sindromida shifokorgacha bo‘lgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish.
|
|