O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining
nomi
|
Reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq
|
Ajratilgan
soat
|
40
|
Mavzular soni
|
9
|
Dasturning maqsadi
|
Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha berish, reproduktiv salomatlikni shakllantirishda patronaj hamshirasining o‘rni, onalar o‘limini oldini olish haqida tushuncha berish
Fuqarolarning haq-huquqlari, tibbiy profilaktik xizmatlardan foydalanish huquqlari, yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarning o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirish haqida ma’lumot berish
Jinsiy a’zolarga bog‘liq bo‘lmagan (ekstrogenital) kasalliklar va genital kasalliklar haqida ma’lumot berish
Kontraseptiv vositalar va ularning qo‘llash usullari, oilani rejalashtirish, tug‘ruqlar orasidagi muddatni saqlash haqida tushuncha berish.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
Natijalari
|
Reproduktiv salomatlik haqida, reproduktiv salomatlikni shakllantirishda patronaj hamshirasining o‘rni, onalar o‘limini oldini olish haqida tushunchaga ega bo‘ladilar
Fuqarolarning haq-huquqlari, tibbiy profilaktik xizmatlardan foydalanish huquqlari, yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarning o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirish haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar
Jinsiy a’zolarga bog‘liq bo‘lmagan (ekstrogenital) kasalliklar va genital kasalliklarda hamshiralik parvarishini, kontraseptiv vositalar va ularning qo‘llash usullari muolajalarini bajara oladilar
|
Bilim
|
Reproduktiv salomatlikni shakllantirishda patronaj hamshirasining o‘rni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muxofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221-sonli qarori. Fuqarolarning haq-huquqlari, tibbiy profilaktik xizmatlardan foydalanish huquqlari, yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarning o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirish.
Ekstrogenital kasalliklarni ayol organizmiga ta’siri,
homilador ayollarni parvarish qilish
bemorni laborator-instrumental tekshiruvlarga psixologik va maxsus tayyorlash;
ginekologik bemorlarni tekshirish
tug‘ruqlar orasidagi muddatni saqlashning ahamiyati
kontraseptiv vositalarning zamonaviy usullaridan foydalanayotgan ayollarga tegishli maslahatlar berishni
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |