O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi
|
Anatomiya, fiziologiya va patologiya
Farmakologiya va retseptura
Tibbiyot psixologiyasi
Valeologiya
Fuqorolik va oila huquqi
Mehnat huquqi
Jamoada tibbiy-ijtimoiy ish
Akusherlik va ginekologiya asoslari
Terapiya asoslari
Kattalarda parvarish xususiyatlari
Ijtimoiy ta’minot
Reabilitatsiya va mehnat bilan davolash asoslari
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
N-nazariy ta’lim;
A-amaliy ta’lim;
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob,munozara,test, amaliy topshiriq
|
2.O‘quv dasturining mazmuni
№
|
Mavzular nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishning tashkiliy
|
Mustaqil ta’lim
|
|
Qariyalarda parvarish xususiyatlari fanining maqsad va vazifalari. Qarilik
davrining hususiyatlari
Sog‘liqni saqlash tizimidagi qariyalarga yo‘naltirilgan isloxotlar
|
Qariyalarga tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va xukumat qarorlari .
Inson hayotida qarilik jarayonining kechishi. Qarish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Qariyalarga uy sharoitida ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisi ishining o‘ziga hosligi. Qariyalarga talab etiladigan etika va deontologiya.
Keksalik davrining o‘ziga xos jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xususiyatlari. Qariyalar patologiyasining xususiyatlari. Dori vositalarining qari va keksa yoshdagi bemorlarga nojo‘ya ta’siri, dori moddalarini tarqatishda qariyalarga uy sharoitida ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisining roli.
|
2
|
N
|
2
|
|
Qariyalar salomatligining xususiyatlari.
|
Qariyalar salomatligini qo‘llab-quvvatlashda hamda tiklashda sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘imida olib boriladigan ishlar. Sog‘liqni saqlash uchun kundalik hayotida qulay shart-sharoitlarni yaratish. Tibbiy, psixologik, ijtimoiy va mehnat reabilitatsiyasi.
Qariyalar salomatligini nazorat qilishning ahamiyati. Tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tib turish.
Sog‘lom qarish haqida tushuncha. Sog‘lom qarishning asosiy negizlari (to‘g‘ri ovqatlanish, harakat va dam olishni to‘g‘ri taqsimlash, xordiq). Qariyalarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish. Qariyalarni o‘zini-o‘zi parvarish qilishini yo‘lga qo‘yish va o‘qitish. Yolg‘iz qariyalar parvarishi.
Qariyalarning ko‘z, quloq a’zolari va harakat tayanch-harakat tizimi anatoma – fiziologik xususiyatlari, yoshi bilan bog‘liq o‘zgarishlar va kasalliklari etiologiyasi, klinikasi, davosi, oldini olish va reabilitatsiyasining xususiyatlari. Ko‘z oynak va eshitish apparatini qo‘llash va ularni ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
Kundalik hayotidagi (harakatlaridagi) qiyinchiliklarni o‘zida his qilish, aniqlash va ularga qariyalarga uy sharoitida ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisining yordamini ko‘rsatish. Qariyalarning tayanch-harakat tizimi va ko‘z, quloq a’zolarida yoshi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni, yurish hususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning kundalik hayotidagi qiyinchiliklarni aniqlash va yordam ko‘rsata olish.
|
8
|
N
A
|
2
|
|
Qariyalarda nafas olish tizimi a’zolari kasalliklari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari.
|
Nafas olish tizimining anatomo – fiziologik hususiyatlari, keksa va qariyalarda kasalliklar kechishini o‘ziga hosligi. Nafas olish tizimi kasalliklarining diagnostikasi, bemorlarni uy sharoitida parvarishni uziga xosligi.
Qariyalarda isitma ko‘tarilishi etiologiyasi, diagnostik ahamiyati. Isitmalovchi bemorni parvarishlash.
Zotiljam,bronxial astma va nafas yetishmovchiligini qariyalarda namoyon bo‘lishi. Belgilarini kuzatish (ishtaha yo‘qolishi, horg‘inlik). Nafas yetishmovchiligi bor qariyalarni parvarish qilish. Aspiratsiya va asfiksiyaning oldini olish. Nafas olish va balg‘amni ko‘chirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
|
6
|
N
A
|
4
|
|
Qariyalarda yurak – qon tizimi kasalliklari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari.
|
Qon tomir tizimini anatoma – fiziologik hususiyatlari, keksa va qariyalarda kasalliklarning kechishini o‘ziga xos tomonlari.
Arterial gipertenziya,
yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, miokard infarkti,o‘tkir va surunkali qon aylanish yetishmovchiligi etiologiyasi, klinikasi, davolash choralari. Qariyalarda miokard infarktini kechishi xususiyatlari. Bemorlarni uy sharoitida parvarish qilish.
Keksa va qari bemorlarni hayotiy muhim ko‘rsatkichlarni aniqlash. Tekshirish natijalarining qariyalarga xos taxlili. Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda qariyalarga shifokorgacha yordam ko‘rsatish.
|
6
|
N
A
|
4
|
|
Qariyalarda xazm a’zolari kasalliklari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari.
|
Keksa va qariyalarda hazm a’zolari anatoma – fiziologik xususiyatlari. Surunkali gastritlar, Me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, Surunkali kolit etiologiyasi, klinikasi, davolash, profilaktikasi.
Qariyalarda laborator va instrumental tekshiruvlarining xususiyatlari. Qari bemorlarni instrumental va laborator tekshirishga tayyorlash. Tekshiruvdan o‘tayotgan keksa va qariyalarda hamshiralik ishining xususiyatlari.
Qariyalarni milliy taomlar asosida parxez ovkatlantirish. Dorivor usimliklar bilan davolash.
|
6
|
N/A
|
3
|
|
Qariyalarda endokrin tizimi kasalliklari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari.
|
Keksa va qariyalarni endokrin tizimining anatoma – fiziologik xususiyatlari. Keksa bemorlarda qandli diabet kasalligining etiologiyasi, klinikasi, davosi, oldini olish va reabilitatsiyasining xususiyatlari
Parhez tutish, davo fizkulturasi, dori-darmonlar (xususan, insulin) bilan davolashning uzluksizligi. Qondagi qand miqdorini mustaqil aniqlash, mustaqil insulin yuborish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish. Qonda qand miqdori ko‘payib va kamayib ketganda ko‘riladigan choralar. Butun tana gigienasi (oyoqlarni parvarish qilish, ostini yuvish).
|
6
|
N
A
|
2
|
|
Qariyalarda siydik ajratish tizimi kasalliklari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari.
|
Keksa va qariyalarda siydik ajratish tizimining anatoma – fiziologik xususiyatlari. Ularda surunkali pielonefrit, buyrak tosh kasalliklari, prostata bezi kasalliklari. SBE ning uziga xos kechishi, reabilitatsiya xususiyatlari.
Jarrohlik yo‘li bilan davolanayotgan keksa bemorlarda hamshiralik parvarishi. Jarrohlik amaliyotidan (operatsiya) oldingi parvarish. Qari bemorlar qarorini qo‘llab quvvatlash. Bemorlarni operatsiyadan oldin jismoniy va ruhiy tayyorgarlash.
Ma’lumot to‘plash qoidalari va bemor holatini baholash. Fiziologik chiqaruvlardagi qiyinchiliklarni yengillashtirish, Tuvak va siydikdon tutish. tagliklarni almashtirish. Keksa va qariyalarni tagini yuvish.
|
6
|
N
A
|
2
|
|
Keksa va qariyalarda kuzatiladigan bosh miya va asab tizimi kasalliklarida hamshiralik parvarishi
|
Keksa bemorlarda kuzatiladiganbosh miya va asab tizimi (anatomo-fiziologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda) kasalliklarida patronaj hamshirasining parvarishi. Qari bemorlarda bosh miyaga qon quyilishining klinik kechishi, belgilari, tashxisoti va uni davolash.
Miyaga qon quyilishi (insult)da patronaj hamshirasining parvarishi. O‘rin ko‘rpa oqliqlari va kiyimlarni almashtirish. Turli faollik holatidagi qariyalarda gigienik muolajalarni bajarish. Ovqat qabul qilish va yutinishi buzilganda yordam berish, ovqatlantirish. Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish. Yotoq yaralarning oldini olishni va parvarish qilish. O‘rindan erta turishga ko‘maklashish. Nutqi buzilgan keksa bemorlarga yordam berish. Miyaga qon quyilishi asoratlarida bemorlarga harakatlanishida, ovqatlanishida, kiyim almashtirishida, fiziologik chiqaruvlarni amalga oshirishida ko‘maklashish. Qariyalarni o‘zini–o‘zi mustaqil parvarish qilishni o‘rgatish.
|
6
|
N
A
|
4
|
|
Uyda parvarishga muhtoj va hayotdan ko‘z yumayotgan qariyalarni parvarishlash
|
Uyda parvarishga muhtojlik sabablari. O‘ringa mixlanib qolishni asoratlari va ularni oldini olish. Uyda qariyalarni parvarishining ahamiyati. Nogiron va o‘zgalar parvarishiga muxtoj qariyalarning oila a’zolariga parvarishlashni o‘rgatish.
Uyda parvarishga muhtoj keksalarda harakatlanishi va ovqatlanishiga yordam berish.
Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish. Tana vaziyati o‘zgartirilganda va harakatlanishda yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari. Qaram bo‘lib qolgan keksa bemorlarda organizm tozaligini saqlash va fiziologik chiqaruvlar vaqtida yordam ko‘rsatish (tagliklarni o‘zgartirish, ostini yuvish). Ichki kiyimlarni almashtirish. Tana tozaligini ta’minlashda yordam ko‘rsatish, vanna qabul qilish, nam artinishda yordam ko‘rsatish. Qaram bo‘lib qolgan keksa bemorlarni parvarish qiluvchi shaxslarga ko‘rsatmalar berish va o‘qitish. Hayotdan ko‘z yumayotgan qariyalar va ularning oila a’zolariga ratronaj hamshirasi parvarishining xususiyatlari. Hayotdan ko‘z yumayotgan qariyalarni azoblarini yengillashtirish. Hayotdan ko‘z yumayotgan qariyalar uchun qulay sharoitni yaratish. Qariya va uning oilasining qarorini xurmat qilish. Qariya va uning oilasiga kerakli parvarishni ta’minlash. Yaqinlashib kelayotgan o‘lim belgilari va o‘limni tasdiqlash. Murdani diniy urf odatlarga ko‘ra saromjonlash.
|
8
|
N
A
|
4
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |