1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining
nomi
|
Psixologik parvarish
|
Ajratilgan
soat
|
40
|
Mavzular soni
|
9
|
Dasturning maqsadi
|
-Davlat tarmoq standartiga mos va jahon standartlaridagi muolajalarni bajara oladigan,
-muammolarni hal qila oladigan.
- jamoada insonlar ruhiy salomatlogini saqlashda, uni qo‘llab quvvatlashda, ruhiy buzilishlarda ruhiy bemorlarga insoniylik munosabatlarini o‘rnatishda.
-ruhiy bemorni jamiyatga qaytishida va jamoada o‘z o‘rnini topishida, jamoani ruhiy bemorga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishlariga yordam beradigan hamshiralarni tayyorlashdir.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
natijalari
|
-Bo‘lajak tibbiyot xodimlariga psixologiya va psixiatriya sohasidagi yangiliklar haqida malumotlar berish.
-o‘quvchilarning fanga oid bilimlarini tizimli yo‘sinida umumlashtirish orqali klinikasi, profilaktikasi va parvarishi to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni takomillashtirish.
-nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etgan holda bevosita bemorlar bilan o‘zaro muloqot qilish, ularni obektiv tekshiruv.
- bemor kasallik tarixidan ko‘chirmalar, masalalar tahlili orqali hamshiralik tashhisi to‘g‘risida aniq hulosalar chiqarish.
- kasalliklarning o‘ziga xos hususiyatlarini etiboga olgan holda parvarishlash.
- funksonal tekshiruvlarga tayyorlash va bemorlar parvarishiga oid muolaja va ko‘nikmalarni takomillashtiradi.
-Bemorni jamoada o‘z o‘rnini topishga yordam berish hamda ruhiy kasallangan bemor oilasiga yordam va uni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha bilimlarini rivojlantiradi, takomillashtiradi.
|
Bilim
|
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va uslubiy tavsiyalarini;
-aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash va kasalliklarni oldini olish asoslarini;
-tibbiy psixologiya va psixiatriyaning tarixini;
-psixiatriyada tekshiruv va davolash turlarini;
-insonning ruhiy faoliyatlari va ularning turli kasalliklarda o‘zgarishlarini;
-hayotiy davrlar va mental salomatlikni;
-xavotir va qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni;
-davolashning turli bosqichlarida bemorlarga psixologik yordam berishni;
-ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishini;
-ruhiy bemorlar reabilitatsiyasini bilishi kerak;
-jamoada insonlar ruhiy salomatligini saqlash;
-ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan bemorni kuzatish va parvarish qilish;
-ruhiy bemor oilasini o‘qitish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
-ruhiy bemorlarni parvarish qilishda hamshiralik jarayonini olib borish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |