O‘quv dastur


Download 0.89 Mb.
bet55/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

Mavzular nomi

Mavzuning qiskacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy

Mustakil
ta’lim










1

Oila huquqi tushunchasi. Oila huquqi manbalari.



Oilaning jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rni. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari. Oilaviy munosabatlarda ayol va erkaklarning hamda fuqarolarning teng huquqliligi. Oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi. FHDYo organlari va ularning vakolatlari. Bolalar
tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni ko‘rish. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyati.

2

N

1










2



Oilaviy huquqiy munosabatlar.
Oila huquqi bo‘yicha nikoh. Nikohning haqiqiy emas deb topilishi .



Oilaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlardan farqi. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar. Oilaviy munosabatlarda fuqarolik qonunlarining tadbiq etilishi. Oila huquqida huquq va muomala layoqati. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari va obyektlari. Oilaviy subyektiv huquq va majburiyatlar. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lish asoslari. Oila huquqida qon-qarindoshchilik, qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik tushunchasi va ularning ahamiyati. Oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odatlar va an’analarning qo‘llanilishi. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni
bajarish. Oilaviy huquqlarni himoya qilish. Oila huquqida da’vo muddati. Oilaviy munosabatlarda da’vo muddatlarining qo‘llanilishi.
Oila huquqi bo‘yicha nikoh tushunchasi va uni tuzish tartibi. Nikoh tuzish tartibi va shartlari. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari va shartlari. Nikoh tuzish ixtiyoriyligining buzilishi. Nikoh yoshi qoidasining buzilishi. Yakka nikohlilik tamoyilining buzilishi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Nikohning haqiqiy emas deb topish asoslari va shartlari. Sohta nikoh. Nikohni haqiqiy emas deb topishning huquqiy oqibatlari. Nikoh haqiqiy emas deb topilishi natijasida er yoki xotin tomonidan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning undirilishi.

2



A
N

1












3

Er-xotining shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlari. Nikoh shartnomasi



Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari tushunchasi. Ota-onaning o‘z farzandlariga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlari. Er-xotinning huquq va majburiyatlar turlari.
Shaxsiy huquq va majburiyatlar. Mulkiy huquq va majburiyatlar. Familiya tanlash.
Mashg‘ulot turi va kasb tanlash. Turar joy tanlash. Bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanish.
Turmush masalalarini birgalikda hal etish.
Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari tushunchasi. Er- xotinning hususiy va umumiy mulki. Umumiy mulk. Xususiy mulk. Er-xotinning shaxsiy foydalanishdagi mulki. Er-xotinning o‘zaro aliment majburiyatlari. Er-xotinning mulkiy huquqlari bo‘yicha javobgarligi.
Nikoh shartnomasi va uni tuzish tartibi. Nikoh shartnomasining mazmuni. Nikoh shartnomasini tuzishda qo‘yiladigan talablar. Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish. Nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish. Er-xotinning umumiy va xususiy mulklarini sud
tartibida bo‘lish. Er-xotinning umumiy va shaxsiy qarzlari uchun javobgarligi.

2

N
A

1










4



Nikohning tugatilishi.
Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy ,mulkiy huquq va majburiyatlari.



Nikohning tugatilishi tushunchasi va uning huquqiy belgilari. Nikoh tugatilishi asoslari va nikohdan ajratish tartibi. Nikohning tugatilishi va nikohdan ajralish: umumiylik va o‘ziga xoslik. Nikohdan ajralish yo‘li bilan nikohning tugatilishi. Nikoh tugatilganda vafot etgan er yoki xotinning qaytib kelishi va uning huquqiy oqibatlari. Erning nikohdan ajratish to‘g‘risida talab qo‘yishini man etadigan xollar. Nikohdan sud tartibida ajratish. Er-xotinning
o‘zaro roziligi hamda er-xotindan birining arizasi asosida FHDYo organlarida nikohdan ajratish. Nikohdan ajralishning huquqiy oqibatlari.
Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari tushunchasi. Ota-onalarning huquq va majburiyatlari. Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari. Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi. Bolaning mustaqil ravishda sud tomonidan himoyalanish huquqi.Ota-onaning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari.Ota-ona huquq va majburiyatlarining tengligi. Voyaga yetmagan ota-onaning huquqlari.
Ota – ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari tushunchasi. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarning tartibga solinishi. Ota – ona hamda bolalarning alohida-alohida mulki. Ota – ona hamda bolalarning umumiy mulki. Ota – ona hamda bolalarning umumiy mulki tarkibi. Ota – ona hamda bolalarning ulushli mulk tarkibi.
Bolalarning oiladagi xususiy mulki. Voyaga yetmagan bolalarning xususiy mulklari va uni tasarruf etish.

2



A



1












5



Oila a’zolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari. Aliment to‘lash va undirish tartibi.
Ota – ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish.
Farzandlikka olish.
Vasiylik va homiylik. Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni
oilaga tarbiyaga olish. (patronat)



Oila a’zolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari.Aliment huquq va
majburiyatlarining umumiy qoidalari. Oila a’zolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari. Aliment turlari. Aliment to‘lash va undirish tartibi. Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv. Alimentni sud tartibida undirish. Aliment miqdorini indekslash tartibi. Ota onalarni voyaga yetmaganlarga aliment to‘lash majburiyatining asosi.Moddiy yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz ota ona foydasiga aliment undirish. Er-xotinning aliment huquq va majburiyatlari. Er yoki xotinni ta’minot
berish majburiyatidan ozod qilish yohud bu majburiyatni ma’lum muddat bilan cheklash.
Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari tushunchasi va huquqiy belgilari. Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilish.
Voyaga yetmagan bolalarni ota-ona qaramog‘idan maxrum etgan deb topish asoslari. Farzandlikka olish tushunchasi va uning huquqiy tabiati. Farzandlikka olish mumkin bo‘lgan shaxslar.
Farzandlikka olishni sir saqlash. Farzandlikka olinayotgan bolaning roziligi. Bolaning roziligisiz farzandlikka olish. Ota-onaning roziligi. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka
olish. Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari. Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish, bekor qilish asoslari va tartibi, oqibatlari.
Vasiylik va homiylik tushunchasi va uni qo‘llash tartibi. Vasiylik va homiylikning maqsadi. Vasiylik va homiylikni belgilovchi organlar. Vasiylik va homiylik belgilanadigan
Vasiylik va homiylik ostida bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslaning huquq va majburiyatlari.
Vasiylik va homiylikning tugashi. Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga olish tushunchasi va ahamiyati.
Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat). Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvning tuzilishi
va bekor qilinishi. Oilaga tarbiyaga olingan bolalar hamda tutingan ota onalarning huquq va majburiyatlari. Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish. Ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni
joylashtirish shakllari.

2



A



1










6

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy
munosabatlarni tartibga solish.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning mohiyati. Fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish tushunchasi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi davlat organlari. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
to‘g‘risida”gi Nizomi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish xususiyatlari va ahamiyati. Tug‘ilishni qayd etish. Nikohni qayd etish. Nikohdan ajratishni qayd etish. O‘limni qayd etish.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushunchasi. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidagi huquqiy maqomi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlar tushunchasi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish asoslari. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlar xususiyatlari. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy
munosabatlardagi huquq va majburiyatlari.Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish asoslari.

2

A

1










7



FHDYo organlarining tizimi va vakolatlari
Tug‘ilishni qayd etish.
O‘limni qayd etish.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tushunchasi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tizimi. FHDYo organlari faoliyatining asosiy me’yoriy qonun hujjatlari. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibi.
Tug‘ilishni qayd etish tushunchasi. Tug‘ilishni qayd etishning huquqiy asoslari.
Tug‘ilishni qayd etish xususiyatlari va ahamiyati. Tug‘ilishni qayd etish tartibi. Tug‘ilishni qayd etishni rasmiylashtirish tartibining amalga oshirilishi. Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma
tuzish tartibi. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma. Topib olingan bolaning tug‘ilganligini qayd etish tartibi. O‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish tartibi. Bola tug‘ilgandan keyin vafot etgan hollarda tug‘ilishi va o‘limini qayd etish. Egizak farzandlar tug‘ilganda tug‘ilganlikni rasmiylashtirish tartibi. Ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalarning
tug‘ilganligini qayd etish tartibi. Bolaning otasi bilan nikohda bo‘lmagan ona vafot etgan taqdirda, shuningdek, onaning yashash joyi noma’lum bo‘lganda va otalikni belgilash haqida ariza berilmaganda bolaning tug‘ilishini qayd etish tartibi. Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaxslarga bolalarining tug‘ilganligi haqidagi takroriy guvohnoma berilmasligi.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish tartibi. O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatdan tashqarida tug‘ilgan bolalarini tug‘ilganligini rasmiylashtirish
tartibi.
O‘limni qayd etuvchi davlat organlari va ularning vakolatlari. O‘limni qayd etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar. O‘limni qayd etish xususiyatlarin va ahamiyati. O‘limni qayd etish tartibi. O‘lim Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishni qayd etish
haqidagi guvohnomalarni qayta tiklashning amalga oshirilishi. O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayta tiklash. Jazoni ijro etish muassasalarida o‘lgan shaxslar o‘limini qayd etish. Shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etish.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishni amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishni qayd etish
xususiyatlari va ahamiyati. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishni qayd etish tartibi. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar. O‘zaro qonuniy nikohda turgan er yoki xotindan birining familiyasi o‘zgartirilishi ikkinchisining ham familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmasligi. Ota-onalar yoki ulardan birining familiyasini o‘zgartirganligi ularning voyaga yetgan bolalarining familiyasi o‘zgarishiga sabab bo‘lmasligi. Ota-onalardan har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilishi 16 yoshga to‘lmagan bolalar familiyasining ham o‘zgartirilishiga sabab bo‘lishi. Otaning ismini o‘zgartirishi voyaga yetmagan bolalarning ota ismi o‘zgarishiga olib kelishi. O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolarining arizalari konsul tomonidan ko‘rib chiqilishi. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati. Familiya, ism, ota ismini
o‘zgarganligining huquqiy oqibatlari.

2



N



1












8

Nikohni qayd etish. Nikohdan ajralishni qayd etish.

Nikoh tushunchasi. Nikoh yoshi. Nikohni qayd etish xususiyatlari va ahamiyati. Nikohni qayd etish tartibi va qoidalari. Nikohni qayd etish idoralari. Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma. Nikohni qayd etishga monelik qiladigan holatlar.
Nikohdan ajralish tushunchasi. Nikohdan ajralishni qayd etish xususiyatlari va
ahamiyati. Nikohdan ajralishni qayd etish tartibi. Sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etish. Nikohdan ajratishning huquqiy oqibatlari.

2

A

1










9

Fuqarolik huquqi tushunchasi, tizimi, manbalari va tamoyillari.
Fuqarolik huquqining subyektlari.



Fuqarolik huquqi tushunchasi va uning bozor iqtisodiyoti munosabatlarini
shakllantirish jarayonidagi mohiyati. Fuqarolik huquqining jamiyatdagi o‘rni. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning fuqarolik huquqiy uslubi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Fuqarolik
huquqining boshqa huquq soxalari bo‘lgan ma’muriy, moliya, oila, mehnat, fuqarolik, yer huquqlaridan farqlanishi. Fuqarolik huquqi tushunchasi, tizimi va tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi-fuqarolik huquqining manbai sifatida. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining umumiy tavsifnomasi va uning tizimi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqiga oid amaldagi qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan chiqarilgan fuqarolik huquqiga oid qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik huquqiga oid farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karorlari. Sud va xo‘jalik sudlari amaliyotining ahamiyati.
Fuqarolar (jismoniy shaxs) tushunchasi. Fuqarolarning huquq layoqati tushunchasi. Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan kat’iy nazar huquq layoqatining tengligi.
Fuqarolik huquq layoqatining mazmuni. Huquq layoqatining subyektiv huquqdan farqi.
Fuqarolik huquq layoqatining boshlanishi, tamom bo‘lishi va cheklanishi. Fuqaroning muomala layoqati tushunchasi. Emansipasiya tushunchasi va mazmuni. Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari.
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati va muomala layoqati.
Yuridik shaxslarning vujudga kelishi. Yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari.
Yuridik shaxslarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish. Davlat fuqarolik huquqiy munosabatlar subyekti sifatida. Davlatning huquq va muomala layoqati.

2

N

1










10

Fuqarolik – huquqiy munosabatlar va obyektlari



Fuqarolik-huquqiy munosabatlar tushunchasi. Mulkiy xarakterdagi va mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy-huquqiy munosabatlar. Mutlaq va nisbiy-huquqiy munosabatlar. Mulkiy-
huquqiy va majburiyat-huquqiy munosabatlar. Korporativ-huquqiy munosabatlar. Imtiyozli(afzallik) huquqiy munosabatlar. Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt, xudud bo‘yicha amal qilishi va shaxslarga nisbatan tadbiq etilishi.Fuqarolik-huquqiy munosabatlar mazmuni.
Fuqarolik huquqi obyektlarining tushunchasi va turlari. Fuqarolik huquqi
obyektlarining muomalada bo‘lishi. Moddiy ne’matlar tushunchasi va mazmuni.Intellektual
faoliyat natijalari. Xizmat va tijorat siri. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va nomoddiy ne’matlar - fuqarolik huquqi obyektlarining turi sifatida. Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish.

2

A

1










11

Fuqarolik huquqida bitimlar.
Vakillik va ishonchnoma



Bitim tushunchasi va turlari. Bitimning boshqa yuridik faktlardan farqi. Bitimlarning ahamiyati va qo‘llash sohasi. Bitim shakli. Bitimlarning og‘zaki shakli. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari. Bitimlarning notarial tasdiqlanishi. Bitimlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish. Bitimning notarial shakli va uni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik oqibatlari. Sukut saqlash va konklyudent harakatlar bilan ifodalanishi. Bitimlarning haqiqiy sanalish shartlari. Bitimlarning haqiqiy emaslik tushunchasi, turlari va huquqiy oqibatlari.
Vakillik tushunchasi, ahamiyati va vujudga kelish asoslari. Muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilish. Vakillik turlari. Vakolatli bo‘lmagan va vakolat doirasidan chiqqan shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarning oqibati. Vakolatsiz vakillik.Tijorat vaqilligi.
Ishonchnoma. Ishonchnoma shakli. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar. Yuridik shaxsning ishonchnomasi. Ishonchnoma muddati.

2

A













12

Majburiyat to‘g‘risida umumiy qoidalar.
Muddatlar. Da’vo muddati.

Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Majburiyat tushunchasi va majburiyat huquqi tushunchasi va taraflari. Majburiyatlarning mazmuni.
Majburiyatdarning turlari. Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari. Majburiyatlarning bekor bo‘lishi asoslari. Majburiyatning bajarilishi bilan bekor bo‘lishi. Voz kechish haqi.
Hisobga o‘tkazish bilan majburiyatning bekor bo‘lishi. Qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolganida majburiyatning bekor bo‘lishi. Majburiyat yangilanishi bilan uning bekor bo‘lishi.
Bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli majburiyatning bekor bo‘lishi. Majburiyatning davlat
organi hujjati asosida bekor bo‘lishi. Fuqaro vafot etishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi. Yuridik shaxs tugatilishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi.
Muddat tushunchasi. Fuqarolik huquqida muddatlarning ahamiyati. Fuqarolik huquqiga oid yuridik faktlar tizimida muddatlarning turlari. Majburiyatlarni bajarish va fuqarolik
huquqlarini amalga oshirish muddatlari. Kafolat muddatlari, e’tiroz bildirish muddatlari.
Fuqarolik huquqiy burchlarni ijro etish muddatlari. Burchlarni ijro etishning davlat
buyurtmalariga va shartnomalarida belgilanadigan muddatlari.Fuqarolik huquqlarini himoya qilish muddatlari. Da’vo muddati. Da’vo muddatining tushunchasi va ahamiyati. Da’vo muddatining turlari. Umumiy da’vo muddatlari. Da’vo muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi
bitimning haqiqiy sanalmasligi. Da’vo muddatini qo‘llash. Da’vo muddatining o‘ta boshlashi.
Majburiyatdagi shaxslar almashinganda da’vo muddati. Da’vo muddati o‘tashining to‘xtatilishi.
Da’vo muddati o‘tashning uzilishi.

2

N

1










13

Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar.
Shartnoma to‘g‘risida umumiy qoidalar. Shartnoma tuzish, o‘zgartirish va bekor
qilish.

Mulk tushunchasi. Mulkning iqtisodiy ma’nodagi tushunchasi. Mulk islohatini amalga oshirishning zaruriyati. Mulkiy munosabatlarni tartibga solish normalari. “Mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunda mulk huquqi tushunchasi. Obyektiv va subyektiv ma’nodagi mulk huquqi
tushunchasi. Mulk huquqining mazmuni. Mulk egasining huquqlari. Mulk dahlsizligi. Mulk shakllari. Mulk huquqi subyektlari.
Mulk huquqining obyektlari. Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor bo‘lishi. Mulk huquqini bekor bo‘lish asoslari. Ommaviy mulk huquqining mazmuni.
Umumiy mulk huquqi tushunchasi va ahamiyati. Umumiy mulk huquqining vujudga kelish asoslari.
Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
Birgalikdagi mulk bo‘dgan mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish. Mol-mulkni himoya qilishning ahamiyati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma tushunchasi va ahamiyati. Shartnoma
tomonlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy vosita sifatida.Shartnoma tuzish erkinligi. Shartnoma munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari. Shartnomaning
turlari. Bir tomonlama, ikki va ko‘p tomonlama, haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar. Qo‘shilish shartnomasi. Dastlabki shartnoma. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma. Xo‘jalik shartnomalari.
Shartnoma mazmuni. Shartnoma mazmuni tushunchasi. Shartnomaning asosiy shartlari (bandlari).
Shartnomaning namunaviy shartlari. Shartnomaning boshqa bandlari.
Shartnomani sharhlash. Shartnomani o‘zgartirish tartibi. Shartnomani bekor qilish asoslari.

2

A

1










14

Majburiyatlarning turlari. Oldi-sotdi shartnomasi.



Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda majburiyat tushunchasi. Majburiyatlarning
taraflari. Shartnomaviy va shartnomadan tashqari majburiyatlar. Oddiy va o‘zaro
majburiyatlar. Muqobil va fakultativ majburiyatlar. Asosiy va qo‘shimcha majburiyatlar.
Regress majburiyatlar. Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari. Ulushli majburiyat va birdamlik majburiyatlari. Majburiyatlarning bajarilishi. Oldi-sotdi shartnomasi. Oldi- sotdi shartnomasi taraflari. Oldi-sotdi shartnomasi predmeti. Oldi-sotdi shartnomasining mazmuni va ijro etilishi. Sotuvchining tovarni belgilangan muddatda topshirish majburiyati. Oldi – sotdi shartnomasining bekor qilinishi.

2

N
A

1










15

Kontraktasiya shartnomasi.
Ayirboshlash shartnomasi.

Kontraktasiya shartnomasi tushunchasi. Kontraktasiya shartnomasi subyektlari. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymatini avvaldan
to‘lash(fyuchers) shartnomasi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlovchining majburiyati.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchining majburiyati. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymatini avvaldan to‘lash (fyuchers) shartnomasi ishtirokchilarining javobgarligi. Kontraktasiya shartnomasining afzalligi. Kontraktasiya shartnomasining bekor
qilinishi.
Ayirboshlash shartnomasi tushunchasi. Ayirboshlash shartnomasi mazmuni.
Ayirboshlash shartnomasining huquqiy belgilari va predmeti. Ayirboshlash shartnomasi shartnomalar tizimida tutgan o‘rni. Ayirboshlash shartnomasining bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati. Ayirboshlash shartnomasida qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va burchlari.
Ayirboshlash shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari. Shartnomaning shakli, muddati. Shartnoma bo‘yicha taraflarning javobgarligi. Ayirboshlash shartnomasini bekor etilishi.

2

N

1










16

Hadya shartnomasi. Renta shartnomasi.

Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida Hadya shartnomasi ahamiyati. Hadya shartnomasining shakli. Hadya shartnomasida qatnashuvchi taraflar. Taraflarning hyquq va burchlari. Hadya shartnomasining o‘ziga xos jihatlari. FKning 29,82,104,250,502,510,511-moddalari mazmuni. Xayr-ehson shartnomasi tushunchasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xayr-ehson shartnomasining ahamiyati. Xayr-ehson shartnomasining predmeti, uning hadyadan farqi. Xayr-ehson qilingan mol-mulkdan foydalanish shartlari. Hadyani bekor qilish asoslari. Hadya va’da qilinganda vorislik.
Bozor munosabatlari sharoitida Renta shartnomasi tushunchasi, mazmuni va huquqiy belgilari. Renta shartnomasining vujudga kelishi. Renta shartnomasining shartlari. Renta turlari. Renta shakli. Renta to‘lash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxslarga berish. Renta shartnomasida taraflarning javobgarligi.Doimiy renta. Doimiy rentani sotib olish huquqi. Umrbod renta. Renta oluvchining huquqlari. Renta shartnomasining bekor qilinishi.

2

A

1










17

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga
berish shartnomasi.
Mulk ijarasi shartnomasi

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi tushunchasi, mohiyati. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi mazmuni va huquqiy belgilari. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasini bekor qilish asoslari.
Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari. Ijara shartnomasining mazmuni va bajarilishi. Mulk ijarasi shartnomasi tushunchasi. Mulk ijarasi shartnomasi tushunchasi mazmuni va huquqiy belgilari. Mulk ijarasi shartnomasi obyektlari. Shartnoma shakli va muddatlari. Mulk ijarasi shartnomasida ijara haqi va uni to‘lash tartibi. Mulkni ijaraga topshirish tartibi. Mulk ijarasi shartnomasida taraflar, ularning huquq va majburiyatlari.
Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mulkdan foydalanish huquqiy mazmuni va amalga oshirilishi. Ikkilamchi ijara shartnomasi. Ijaraga berilgan mol-mulkni yaxshilash va uning oqibatlari. Mulk ijarasi shartnomasini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi. Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha mol-mulkdagi yashirin kamchiliklarning bartaraf etilishi. Ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish. Ijara shartnomasining bekor bo‘lishi.

2

N

1










18

Lizing shartnomasi.
Pudrat shartnomasi.

Bozor munosabatlari sharoitida Lizing shartnomasi tushunchasi. Lizing shartnomasi mohiyati va huquqiy belgilari. Lizing shartnomasi subyektlari va obyektlari. Lizing shartnomasini tuzish tartibi va shartlari. Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchining huquq
va majburiyatlari. Lizing shartnomasida javobgarlik. Lizing shartnomasining bekor qilinishi.
Bozor munosabatlari sharoitida pudrat shartnomasi tushunchasi. Pudrat shartnomasi mazmuni va huquqiy belgilari. Pudrat shartnomasini tuzish tartibi. Pudrat shartnomasida taraflar. Pudrat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari. Pudrat ishlari lozim darajada bo‘lmaganligi uchun pudratchining javobgarligi. Pudrat shartnomasida subpudratchi va uning majburiyatlari. Pudrat ishining sifati va kafolat muddati. Maishiy pudrat shartnomasida taraflar, ularning huquq va majburiyatlari. Maishiy pudrat shartnomasining shakli va muddati. Qurilish pudrati shartnomasi tushunchasi. Qurilish pudrati shartnomasi mazmuni va huquqiy belgilari. Qurilish pudrati shartnomasida loyiha va smeta hujjatlari. Pudrat shartnomasining bekor bo‘lishi.

2

A

1










19

Kredit shartnomasi.

Kredit shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari. Kredit shartnomasini ta’minlash usullari. Kredit shartnomasini tuzish. Kredit shartnomasi subyektlari. Kredit turlari.
Tijorat krediti. Tijorat kreditining usullari. Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyati. Kreditdan bosh tortish. Qarz oluvchining kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishi. Kreditlashni to‘xtatish.

2

N

1










20



Bank omonati va bank hisobvarag‘i shartnomasi.
Vositachilik shartnomasi. Sug‘urta shartnomasi.
Intellektual mulk huquqi.
Mualliflik va turdosh huquqlar

Bank omonati shartnomasi tushunchasi.Bank omonati shartnomasi huquqiy belgilari va shakllari.
Omonatning turlari. Ommaviy shartnoma. Omonat saqlash shartnomasining subyektlari. Bank omonati shartnomasi tuzilishi.Talab qilinguncha saqlanadigan omonat. Muddatli omonat. Bank omonati foizlari. Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini ta’minlash.
Keltirilgan zararni qoplash. Muayyan uchinchi shaxs foydasiga omonat qo‘yish. Omonat daftarchasi. Omonat sertifikati. Bank hisobvarag‘i shartnomasi tushunchasi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi shakli va huquqiy belgilari. Bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish. Bank hisob varag‘ini kreditlash. Bank xizmatlarining narxi. Bank hisobvarag‘i pul mablag‘larini o‘chirish. Bank hisobvarag‘i va bank omonati, hisob varag‘i bo‘yicha operasiyalar. Mijoz haqidagi ma’lumotlarning sir tutilishi. Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitob qilish. Bank hisob varag‘i shartnomasining bekor qilinishi.
Vositachilik shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari. Vositachilik shartnomasi taraflari. Vositachilik shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari. Vositachilik shartnomasining shakllari, turlari. Vositachi komitentning ko‘rsatmalaridan chetga chiqishi. Vositachilik shartnomasi xususiyatlari. Delkredere. Qo‘shimcha vositachilik shartnomasi. Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati. Vositachilik shartnomasi bekor qilinishi. Vorislik huquqi. Vorislik huquqi tushunchasi. Meros qoldiruvchining shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar. Meros ochilgan vaqt. Meros olish huquqidan maxrum shaxslar. Vasiyatnoma bo‘yicha vorislik. Vorislik va vasiyatnoma shakli. Merosdan majburiy ulush olish huquqi. Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar. Vasiyatnomani bekor qilish. Vasiyatnomani o‘zgartirish. Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish asoslari. Noloyiq merosxo‘rlarni merosdan chetlashtirish. Qonun bo‘yicha vorislik. Qonun bo‘yicha vorilik navbatlari.

2

A

1



































Sug‘urta shartnomasi tushunchasi va uning ahamiyati. Mulkiy sug‘urta shartnomasi va uning predmeti. Sug‘urta shartnomasi mazmuni va shartlari. Sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi. Sug‘urta amalga oshirilish shakliga ko‘ra turlari. Bosh
sug‘urta polisi. Qo‘shimcha, qo‘shaloq va ikki tomonlama sug‘urta. Shartnomaga boshqa shartlar kiritish. Sug‘urta puli va tovonni to‘lashdan ozod qilish asoslari.
Intellektual mulk tushunchasi va obyektlari. Intellektual faoliyat xususiyati. Ijodiy faoliyat. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. Intellektual milk obyektlarining turlari. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza yorlig‘i. Oshkor etilmagan materiallarni huquqiy muhofaza qilish. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar. Mulkiy huquq mazmuni. Mulkiy huquqlarning hajmi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar. Mutlaq huquqlarni cheklash.Intellektual mulk obyektlaridan foydalanish. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan tasarruf etish huquqi. Mualliflik huquqi bilan qo‘riqlanadigan obyektlar va ularning turlari. Asar muallifi, hammuallif va hosila asar mualliflari. Turdosh huquq obyektlari va subyektlari. Mualliflik va turdosh huquqni himoya qilish belgilari. Mualliflik huquqining amal qilish muddati. Xizmat asariga bo‘lgan huquq. Mualliflik nomiga, asar dahlsizligiga va asarni e’lon qilishga bo‘lgan huquq. Mualliflik shartnomasi tushunchasi, shakli va huquqiy belgilari.
Mualliflik shartnomasining shartlari.
Turdosh huquq ijrochilari huquqlari. Mualliflik huquqi vorislari huquqlari.


























Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling