O‘quv dastur


O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi


Download 0.89 Mb.
bet70/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi

  • Anatomiya, fiziologiya va patologiya

  • Terapiyada hamshiralik ishi

  • Xirurgiya va reanimasiyada hamshiralik ishi

  • Hamshiralik ishi

  • Jamoada hamshiralik ishi

  • Geriatriyada hamshiralik ishi

  • Valeologiya

  • Fizioterapiya va massaj

O‘qitishni tashkiliy shakli

N-nazariy ta’lim;
A-amaliy ta’lim;

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob,munozara,test, muammoli masalalar yechish, amaliy topshiriqni bajarish, ko‘nikma va muolajalar bajarilish algoritmini namoyish etish

2.O‘quv dasturi mazmuni



Mavzular nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy shakli

Mustaqil
ta’lim

1


Diyetologiya haqida tushuncha. Hazm organlarining anatomik-fiziologik xususiyatlari

Diyetologiya xaqida tushuncha.Fanning rivojlanish trarixi. Diyetologiyaning maqsad va vazifalari. Xazm organlarining anatomik-fiziologik xususiyatlari



2

2N

1

2


Ovqat va uning tarkibi



Oziq moddalar: Oqsillar. Yog‘lar.Uglevodlar. Vitaminlar. Mineral moddalar (Ca. K. Fe. P. Na). Ovqat mahsulotlari (non, go‘sht, sut, baliq, tuxum, yog‘lar, sabzavotlar, mevalar) va boshqalarning inson organizmiga ahamiyati.

2

2N

1

3

Ovqatning kaloriyaliligi va ovqatlanishning fiziologik normalari

Ovqatning kaloriyaliligi va ovqatlanishning fiziologik normalari Turli yoshdagi va toifadagi odamlarning ovqatga bo‘lgan ehtiyoji issiqlik birliklari (kaloriyalar). Katta kaloriyalar. Inson organizmining oziq moddalar va energiyaga bir kunlik o‘rtacha
ehtiyojining me’yori. Turli oziq moddalarning iste’mol qilishga tavsiya etilgan sutkalik ehtiyojining fiziologik me’yori. Maxsulotlarning biologik qimmati.

2

2N

1

4


Oziq-ovqat ma’sulotlari va taomlarning inson organizmida o‘zlashtirilishi

Oziq-ovqat ma’sulotlari va taomlarning inson organizmida o‘zlashtirilishi. Ovqatning singuvchanligi. Taom yaxshi singiydigan bo‘lishida uning mazasi va ko‘rinishi, ya’ni organoleptik xossalarining ahamiyati.

2

2N

1

5


Oziq-ovqat ma’sulotlarining energetik qiymati yoki issiqlik beruvchanligi

Oziq-ovqat ma’sulotlarining energetik qiymati yoki issiqlik beruvchanligi. Issiqlik hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan oziq moddalar:Oqsillar, yog‘lar va uglevodlar.

2

2N

1

6


Oziq-ovqat ma’sulotlari va tayyor taomlarning shifobaxsh xossalari

Oziq-ovqat ma’sulotlari va tayyor taomlarning shifobaxsh xossalari.Ayrim o‘zbek taomlarining to‘yimliligi va quvvati.
Oziq-ovqat mahsulotlarining shifobaxsh xossalaridan sharq tabobati asoschisi Abu Bakr Roziy ayrim kasalliklarda tavsiya etiladigan ma’lum turdagi masalliqlar va tayyor taomlar.

2

2N

1

7

Zamonaviy parxez ovqatlarning ro‘yxati



Zamonaviy parxez ovqatlarning ro‘yxati.
Professor M.I.Pevzner tomonidan ishlab chiqilgan parxez sistemasi asosida zamonaviy diyetologiyada ma’lum turdagi parxez ovqatlar (Parxez stollari). Zamonaviy parxeznomaning kimyoviy tarkibi, quvvati va tanovul qilish soni

2

4A

2

8


Bahoriy taomlar

Bahor taomnomasini tuzish. Non maxsulotlari va uning axamiyati. Tarkibi, tayyorlash texnologiyasi. Osh-ko‘klar, dukkakli moxsulotlar, zirk va na’matak qaynatmasi. Ularning inson organizmiga shifobaxsh ta’siri. Sumalak tayyorlash texnologiyasi. Xalim tayyorlash texnologiyasi. Sumalak va halimni tanovul qilish

2

4A

2

9


Parxez ovqatlanishning asosiy tamoyillari



Parxez ovqatlanishning asosiy tamoyillari:
1) fiziologik tamoyili;
2) gigiyenik-toksikologik tamoyili;
3) biokimyoviy adaptasiya tamoyili;
4) fizikaviy tamoyili;
5) kimyoviy tamoyili;
6 ) mexanik tamoyili;
7) ekologik tamoyili.

2

2N

1

10


Parxeznomalarning taomiy qiymati



Parxeznomalarning taomiy qiymati. Parxeznomalarning qiymatiy koeffisentlari: Yuqori, optimal, past darajali taomiy qiymat koeffisentlari.

2

2N

1

11


Shifobaxsh ochiqish

Shifobaxsh ochiqish. Uning maqsadi. Qo‘llanish soxasi, davomiyligi. Shifobaxsh ochiqishni amalga oshirish sharoitlari va tartibi. Shifobaxsh ochiqishning ayrim asoratlari, ularni oldini olish va davolash.

2

2N

1

12


Yengillatish parxeznomalari

Turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan yengillatish parxeznomalari. Ularni tanlashda va samaradorligida e’tiborga olish zarur bo‘lgan omillar.

2

2N

1

13

Xomilador, ko‘zi yorishgan va emizikli ayollarning ovqatlanish jixatlari



Xomilador ayollar uchun jarayonning 1 va 2-yarmida tavsiya etiladigan kundalik oziq-ovqatli mahsulotlar va ularning miqdorlari. Ko‘zi yorigan ayolga tavsiya etiladigan kundalik oziq-ovqatli mahsulotlar va ularning miqdorlari. Emizikli ayollarga tavsiya etiladigan kundalik oziq-ovqatli mahsulotlar va ularning miqdorlari.

4

2N

1

14

Ona suti va uning xususiyatlari. Gipo va agalaktiyada parxez ovqatlanish

Ona suti va uning xususiyatlari. Ona sutining turli davrlari: og‘iz suti, o‘tish davri, doimiy sut davrlari va ularning tarkibi, xossalari, ahamiyati. Gipo va agalaktiya xaqida tushuncha. Gipo va agalaktiyada parxez ovqatlanish.ona sutini ko‘paytirish bo‘yicha Ibn Sino tavsiyasi.

4

2N

1

15

Ahvoli og‘ir bemorlarni, keksa va qariyalarni ovqatlantirish

Ahvoli og‘ir bemorlarni, keksa va qariyalarni ovqatlantirish. Ovqatlantirish uchun zarur anjomlar, sharoitni xozirlash. Bemor faolligi darajasi(yarim faol, og‘ir) ga qarab ularni ovqatlantirish jarayonini (qoshiqdan yoki ichgichdan) tanlash. Og‘ir bemor va keksalarning ishtaxasiga e’tibor qaratish. Sun’iy (enteral va parenteral) ovqatlantirish.

4

4A

2

16


O‘zbekiston iqlimi sharoitida bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqatlanishi

Bolalik davrlari xususiyatlari. Bolalikning turli davrlarida ularni ovqatlantirish. Turli oziq moddalariga bo‘lgan extiyoj. Ona suti bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqatlanishi uchun to‘laqonli maxsulot.

4

4A

2








Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling