O‘quv dastur


O’QUV DASTURI UMUMIY TALABLARI


Download 0.89 Mb.
bet79/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

1. O’QUV DASTURI UMUMIY TALABLARI

Dastur nomi

Biznesni tashkil etish va yuritish

Ajratilgan soat

40

O’qituvchining mashg’ulotida qatnashib o’zlashtirilishi lozim bo’lgan mavzular soni

16

Dasturning maqsadi

O’quvchilarda biznes faoliyatining amaliy asoslarini o’rgatish orqali tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish.

O’zlashtirish (o’qitish) natijalari

1.Shug’ullanish mumkin bo’lgan muayyan tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va ustun jihatlarini aniqlash;
2.O’z shaxsiy biznesini tashkil etish uchun zarur bo’lgan biznes muhitni tahlil qilish;
3.Biznesni boshlashning huquqiy va moliyaviy jihatlarini baholash;
4.Turli tadbirkorlik strategiyalari samaradorligini baholash hamda maqbul variantini tanlash;
5.O’z shaxsiy biznes-rejalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
6.Shaxsiy biznesni tashkil etish, uni davlat ro’yxatidan o’tkazish hamda litsenziya olish.

Bilimlar



  • tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari;

  • biznes-reja, uning vazifasi va asosiy bo’limlari;

  • tadbirkorlik sub’yektlarida marketing faoliyatini tashkil etish asoslari;

  • bankdan kredit olish va rasmiylashtirish tartibi;

  • tadbirkorlik sub’yektlarini soliqqa tortish tartibi.

Ko’nikmalar



  • tadbirkorlik faoliyatining ta’sis hujjatlarini rasmiylashtirish;

  • shaxsiy biznesni tashkil etish va uni davlat ro’yxatidan o’tkazish, litsenziya olish;

  • biznes-reja ishlab chiqish, shaxsiy biznes faoliyatini yuritish va uni boshqarish;

  • 1C: Buxgalteriya dasturida ishlay olish va hisobotlarni tayyorlash;

  • o’z biznes faoliyatini yuritish uchun marketing tadqiqotlarini o’tkazish va tahlil qilish;

  • kreditlar, shu jumladan, mikrokreditlarni rasmiylashtira olish va kredit risklarini kamaytirish;

  • soliq va statistik hisobotlarni tayyorlash va topshirish.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling