O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining
nomi
|
Yuqumli kasalliklar
|
Ajratilgan
soat
|
60
|
Mavzular soni
|
13
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilarini muammoga aylanib borayotgan ko‘plab yuqumli kasalliklarni oldini olish, kasallik qo‘zg‘atuvchilarni turini aniqlay olish, infeksiya tarqalishini oldini olish choralarini ko‘ra bilish, har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lgan holda, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, yuqumli kasalliklarni oldini olishda kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi ishlarni amalga oshirish, sog‘lom turmush tarzini va infeksion nazorat qoidalarini targ‘ibot qilish.yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borishdan iboratdir.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
Natijalari
|
- yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari va aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olish chora-tadbirlarini bilib oladilar
- ichak, nafas a’zolari, qon va tashqi qoplamlar kasalliklarini etiologiyasi va epidemiologiyasini, asosiy klinik belgilari va asoratlarini, laborator tekshirish usullarini, yuqumli kasalliklarni oldini olish, o‘choqlarda o‘tkaziladigan profilaktik va karantin chora-tadbirlarni , bemorlarni qabul qilish va tibbiy xujjatlarni to‘ldirish, emlash kalendar sxemasi, maxsus profilaktika ishlarini o‘rganish va kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan chora – tadbirlarni amalga oshirish ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar
|
Bilim
|
- yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari va aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olish chora-tadbirlarini;
- infeksion jarayon haqida tushuncha, yuqumli kasalliklar tasnifi va belgilari
- ichak, nafas a’zolari, qon va tashqi qoplamlar kasalliklarini etiologiyasi va epidemiologiyasini, asosiy klinik belgilari va asoratlarini, laborator tekshirish usullari
- yuqumli kasalliklarni oldini olish, o‘choqlarda o‘tkaziladigan profilaktik va karantin chora-tadbirlar,
- bemorlarni qabul qilish va tibbiy xujjatlarni to‘ldirish;
- bemorlardan laboratoriya tekshiruvi uchun material olish;
- emlash kalendar sxemasi, maxsus profilaktika ishlarini o‘rganish;
- emlash uchun ishlatilgan preparatlarning yaroqligini tekshirish, qo‘llash, rejali emlashni tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini o‘rganish;
- joriy va profilaktik dezinfeksiya o‘tkazish.
- bemorning teri, ko‘zi, tomoq – shilliq pardasini ko‘zdan kechirish;
- gipertermiyada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
- bemor xonasini zararsizlantirish;
- quloq oldi so‘lak bezi, limfa tugunlarini paypaslab ko‘rish,
- bemordan epidemiologik va klinik anamnez yig‘ish;
- isitmalayotgan bemordan qon olish, qalin qon tomchisi va surtmasini tayyorlash;
- hayvon tishlagan odamlarning jarohat yaralarini birlamchi jarrohlik tozalovidan o‘tkazish;
- DSNEMga shoshilinch xabarnoma berish;
- kuydirgida bemordan tekshirish materialini olish va laboratoriyaga yuborish;
- vaksina va gammaglobulin yuborish;
- kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan chora – tadbirlarni amalga oshirish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |