O‘quv dastur


O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash


Download 0.89 Mb.
bet93/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob,munozara,test, vaziyatli masalalar yechish, amaliy topshiriqni bajarish, ko‘nikma va muolajalar bajarilish algoritmini namoyish etish



2.O‘quv dasturi mazmuni



Mavzular nomi

Mavzuning qiskacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy shakli

Mustakil
ta’lim

1

Terapiya fanining rivojlanish tarixi. Terapiyada hamshiralik ishi va uning xususiyatlari.

Terapiya fanining rivojlanish tarixi.
Ichki kasalliklar fanining rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan jahon va sharq olimlardan Gippokrat, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr ar Roziyning xizmatlari. O‘zbek olimlari Z.I.Umidova, A.A.Asqarov, U.K.Vohidova va boshqalarning O‘zbekiston tibbiyotiga qo‘shgan hissalari. Kasallik, simptom, sindrom, etiologiya, patogenez, kasallik klinikasi, tashxis va uning turlari, residiv, remissiya, immunitet, allergiya, profilaktika haqida tushuncha. Shoshilinch yordam ko‘rsatish. Davolash usullari; dorilar bilan, parhyez bilan va fizioterapevtik davolash xaqida tushuncha berish.
Terapiyada hamshiralik parvarishining zaruriyligi va xususiyatlari. Katta yoshdagi bemorlarni o‘qitish va muammolarni yechish jarayoni. Stress nazariyasi. Krizis nazariyasi. Parvarishlash va o‘z-o‘zini parvarishlash. Katta yoshdagilarning rivojlanish bosqichlar: o‘spirinlik, yetuklik va o‘rta yoshning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xususiyatlari. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi haqida tushuncha. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisinigng vazifasi.

12

N



2

2

Bemorlarni subyektiv va obyektiv tekshirish usullari .Laboratoriya va tibbiy asbob -uskunalar bilan tekshirish.

Bemorlarni tekshirish usullari xaqida ma’lumot. Bemorlarni subyektiv va obyektiv tekshirish usullarining ahamiyati, o‘tkazish tartibi. Ko‘zdan kechirish va uning ahamiyati.Palpasiya mazmuni, turlari va uning ahamiyati.Auskultasiya mazmuni, turlari va uning ahamiyati. Nafas va yurak shovqinlarining me’yoriy va patologiyadagi turlari. Tibbiy asbob-uskunalar bilan tekshirish usullarini (rentgenologik, endoskopik, UTD, EKG, FKG, ExoKG, DoplerKG, pikfluometriya, kompyuter tomografiya) va ularni terapevtik kasalliklarga tashxis qo‘yishdagi ahamiyati. Tibbiy asbob-uskunalar bilan tekshirish ko‘rsatma va mone’liklar. Asbob-uskunalar bilan tekshirishga bemorlarni tayyorlashda amaliyot hamshirasining vazifasi. Kontrast moddalar xaqida ma’lumot. Klinik va biokimyo laboratoriyasining tuzilishi va tahlil imkoniyatlari. Texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriya tekshirish usullariga bemorlarni tayyorlash. Qon, siydik, balg‘amni tekshirishning diagnostik ahamiyati. Qon, siydik, balg‘am, me’da shirasi, najasning me’yoriy va patologiyadagi tahlilini ajratishni o‘rgatish.
Ambulator karta va kasallik tarixining pasport qismini to‘ldirish. Bemorning shikoyatini so‘rab-surishtirish, bemorning shikoyati hamda tashqi ko‘rinishi asosida holatini baholash, bemorni palpasiya, perkussiya va auskultasiya qilish orqali me’yoriy va patologiyadagi o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bulish.
Rentgenologik ,endoskopik ,ultratovush diagnostikasiga, EKG tekshiruviga bemor va apparatni tayyorlash, barmoqdan qon olish, umumiy siydik tahlili, Zimniskiy, Nechiporenko sinamalariga siydik yig‘ish, najasni umumiy, bakteriologik, yashirin qonni aniqlash uchun yig‘ish, balg‘amni umumiy, bakteriologik, sil tayoqchalarini aniqlash uchun yig‘ish, me’da va 12-barmoq ichak shirasini olish uchun kerakli ashyolarni va bemorni tayyorlash, venadan qon olish texnikasini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

6

N
A

4

3

Nafas olish a’zolari kasalliklarida hamshiralik ishi

Nafas olish a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot. O‘tkir va surunkali bronxit kasalliklarining mohiyati, etiologiyasi, klinikasi, kechishi, davosi, parvarishi, profilaktikasi. Bronxial astma kasalligi mohiyati, etiologiyasi, turlari, kasallik kelib chiqishida allergenlarning ahamiyati. Bronxial astma xurujining klinikasi, astmatik holat haqida tushuncha. Xuruj oralig‘ida kasallikning kechishi, diagnostikasi. Bronxial astma xurujida bemorlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish, xuruj oralig‘ida bemorlarni davolash, kuzatish va parvarish qilish. Kasallik profilaktikasi va unda allergologik markazlarning ahamiyati. O‘tkir krupoz va o‘choqli pnevmoniya kasalligining, patogenezi, etiologiyasi, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, asoratlari. Kasallik davosi, bemorlarni kuzatish va parvarish qilish. Kollapsda shoshilinch yordam ko‘rsatish. Kasallik profilaktikasi. O‘pkaning yiringli kasalliklari: o‘pka absessi, bronxoektatik kasalliklarining etiologiyasi, klinikasi, kechishi, diagnostikasi,
asoratlari. Kasallikni davolash usullari, xirurgik davoga ko‘rsatmalar, bemorlarni kuzatish va parvarish qilish. Quruqva ekssudativ plevritlar mohiyati, sabablari, klinikasi, kechishi, diagnostikasi. Kasallik davosi, plevral punksiya va uning ahamiyati. Bemorlarni kuzatish va parvarishlash. O‘pka sili, etiologiyasi, kasallik manbai va yuqish yo‘llari. O‘pka silining turlari. Kasallik klinik belgilari, diagnostikasi, kechishi, asoratlari. Kasallik kompleks davosi, DOTS dasturining ahamiyati, xirurgik davoga ko‘rsatmalar. Bemorlarni kuzatish va parvarish qilish. Kasallik profilaktikasi va unda sil dispanserlarining ahamiyati. O‘pka emfizemasi, pnevmoskleroz mohiyati, sabablari, klinikasi, diagnostikasi, kechishi, davosi, parvarishi, profilaktikasi. O‘pka raki mohiyati, olib keluvchi omillar, klinik belgilari, diagnostikasi, kechishi, asoratlari, davolash usullari, bemorlar parvarishida deontologiyaga amal qilish. Onkodispanserlar haqida ma’lumot.
Bemorning umumiy holatini baholash, bemorni ko‘zdan kechirish, o‘pkani palpasiya,perkussiya, auskultasiya qilish, NOT, pulsni sanash, tana haroratini o‘lchash, harorat varag‘iga belgilash, laborator tekshiruv uchun balg‘am yig‘ish, sutkalik balg‘amni o‘lchash, sil tayoqchalariga balg‘am yig‘ish va tufdonni dezinfeksiya qilish, plevra punksiyasi uchun kerakli ashyolar va bemorni tayyorlash va unda ishtirok etish, kislorod manbaidan kislorod yostig‘ini to‘ldirish, bemorga namlangan kislorod berish, cho‘ntak ingalyatorlaridan to‘g‘ri foydalanish, oddiy fizioterapevtik muolajalarni bajarish(xantal qo‘yish, isituvchi kompress, ingalyasiya o‘tkazish)ni o‘rganish. Antibiotiklarni eritish, dozasini hisoblash va m/o inyeksiya qilish, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar (qon tuflash, o‘pkadan qon ketish, bo‘g‘ilish xuruji)da shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.



8

N
A

4

4

Yurak qon-tomir a’zolari kasalliklarida hamshiralik ishi

Yurak qon-tomir a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot. Revmatizm kasalligi mohiyati, etiologiyasi, turlari, klinikasi, revmatik artrit, endokardit, miokardit, perikardit, revmokardit haqida ma’lumot. Kasallik kechishi, diagnostikasi, asorati, davosi, bemorlar parvarishi, spesifik profilaktikasi. Yurak poroklari, etiologiyasi, turlari. Klapan yetishmovchiligi, stenoz, kompensasiya va dekompensasiya haqida tushuncha. Kasallik klinikasi, kechishi, asoratlari, diagnostikasi, davolash usullari, parvarishi, profilaktikasi. Ateroskleroz mohiyati, etiologiyasi, klinik turlari, klinikasi, kechishi, asoratlari, davosi, parhyezning ahamiyati, profilaktikasi.
Gipertoniya kasalligi mohiyati, etiologiyasi, turlari, klinikasi, kechishi, asoratlari, kasallik davosi, parhyezning ahamiyati, bemorlarni kuzatish va parvarishlash. Gipertonik kriz klinikasi va krizda shoshilinch yordam ko‘rsatish. Kasallik profilaktikasi. YuIK(yurak ishemik kasalliklari) mohiyati, etiologiyasi, turlari. Stenokardiya kasalligi mohiyati, sabablari, turlari, klinikasi, kechishi, stenokardiya xuruji klinikasi, davosi, parvarishi. Stenokardiya xurujida shoshilinch yordam ko‘rsatish. Kasallik profilaktikasi. Miokard infarkti mohiyati, etiologiyasi, turlari, klinikasi, kechishi. Miokard infarktining atipik turlari, ularning klinikasi. Miokard infarkti diagnostikasi. Kasallikning o‘tkir davrida yuzaga keladigan asoratlar. Kardiogen shok klinikasi. O‘tkir miokard infarktida shoshilinch yordam ko‘rsatish. Kasallikni davolash va parvarish qilish xususiyatlari, profilaktikasi. O‘tkir qon tomirlar yetishmovchiligi: (hushdan ketish, kollaps, shok) mohiyati, sabablari, klinik belgilari, shoshilinch yordam choralari, bemorlarni kuzatish va parvarish qilish. O‘tkir yurak yetishmovchiligi (chap qorinchaga aloqador, o‘ng qorinchaga aloqador) mohiyati, patogenezi, sabablari. Yurak astmasi, o‘pka shishi klinikasi, kechishi, shoshilinch yordam choralari. Surunkali yurak yetishmovchiligi sabablari, klinik belgilari, kechishi, davosi, bemorlarni kuzatish va parvarish qilish.
Bemorning umumiy holatini baholash, yurakni perkussiya, auskultasiya qilish, qon bosimi, tana haroratini o‘lchash, pulsni sanash amaliyotlarini bajarish. Oddiy fizioterapevtik muolajalarni bajarish: xantal qo‘yish, muzli xaltacha, grelka tayyorlash, oyoq vannalarini tayyorlash. Nitromalhamini va Nitromint, Izoket aerozollarini qo‘llash, oksigenoterapiya o‘tkazish, girudoterapiya o‘tkazishni o‘rganish. EKGga tushirish, bioximik tekshiruv uchun venadan qon olishni, venadan qon chiqarishni o‘rganish. Og‘ir yotgan bemorlarni parvarish qilishni (ovqatlantirish, yotoq yaralarni oldini olish, oqliklarni almashtirish), bisillinni eritish va yuborishni, inyeksiyaning barcha turlarini bajarishni, bemorlarni transportirovka qilishni, shoshilinch holatlar: gipertonik kriz, stenokardiya xuruji, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok, hushdan ketish, kollaps, yurak astmasi, o‘pka shishida shoshilinch yordam ko‘rsatishni bilish.

10

N
A

6

5

Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida hamshiralik ishi

Ovqat hazm qilish a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot. O‘tkir va surunkali gastritlar. O‘tkir gastritning mohiyati, turlari (oddiy, korroziv, flegmonali), sabablari, klinikasi, kechishi,
diagnostikasi, davosi, profilaktikasi. Surunkali gastritlar mohiyati, sabablari, turlari, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, davosi, parhyezning ahamiyati, profilaktikasi. Me’da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi, etiologiyasi, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, asoratlari, davolash usullari, parhyezning ahamiyati, xirurgik davolashga ko‘rsatmalar, profilaktikasi. Me’dadan qon ketish klinikasi va shoshilinch yordam ko‘rsatish. Me’da raki mohiyati, xavfli omillar, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, asoratlari, davolash usullari, xirurgik davoga ko‘rsatmalar. Bemorlarni kuzatish va parvarishlash va ularda deontologiyaga amal qilish. Enterit, kolit, gastroenterokolit kasalliklarining mohiyati, etiologiyasi, turlari, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, davosi, profilaktikasi. Bemorlarni kuzatish va parvarish qilishda hamshiraning o‘rni. Surunkali gepatit mohiyati, sabablari, turlari, kasallik asosiy belgilari. Sariqlik haqida tushuncha, turlari. Kasallik kechishi, diagnostikasi, asoratlari, davosi, parhyezning ahamiyati, profilaktikasi. Jigar sirrozi mohiyati, etiologiyasi, turlari, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, asoratlari (qon ketishlar, jigar komasi) va ularniing klinikasi, davolash usullari, parhyezning ahamiyati, profilaktikasi. Jigar komasida shoshilinch yordam ko‘rsatish. O‘tkir va surunkali xolesistitlar mohiyati, turlari, sabablari, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, davosi, parhyezning ahamiyati, profilaktikasi. O‘t tosh kasalligi mohiyati, etiologiyasi, o‘t sanchig‘i klinikasi, kechishi, asoratlari, davosi, parhyezning ahamiyati, oldini olish. O‘t sanchig‘ida shoshilinch yordam ko‘rsatish. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida bemorlarda subyektiv va obyektiv tekshirishlarni olib borish, me’dani yuvish, huqna qo‘yish, gaz chiqaruvchi naycha qo‘yish, me’dani, yo‘g‘on ichakni rentgenologik va endoskopik tekshiruvlarga tayyorlash, najasni umumiy, bakteriologik va yashirin qonni aniqlashga yig‘ishni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Grelka va muzli xaltachani tayyorlash, me’dani fraksion zondlash, duodenal zondlash, zondsiz tyubaj o‘tkazish, bemor qusganda shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Parhyez bilan davolash usullarini, dori moddalarni parenteral yuborishni, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar(me’da, ichakdan qon ketish, jigar komasi, o‘t sanchig‘i)da shoshilinch yordam ko‘rsatishni o‘rganadilar.

6

N
A

6

6

Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklarida hamshiralik ishi

Buyrak va siydik chiqarish a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot.
O‘tkir va surunkali glomerulonefrit mohiyati, etiologiyasi, turlari, klinikasi, kechishi, asoratlari, davosi, parhyezning ahamiyati, oldini olish. O‘tkir va surunkali piyelonefrit kasalliklarining mohiyati, etiologiyasi, klinikasi, kechishi, davosi, oldini olish choralari. Buyrak–tosh kasalligi mohiyati, etiologiyasi, klinikasi, buyrak sanchig‘i, kechishi, davolash usullari, buyrak sanchig‘ida shoshilinch yordam ko‘rsatish, xuruj oralig‘ida bemorlarni davolash. Kasallikning oldini olish. O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligining sabablari, klinik belgilari, kechishi, asoratlari, uremiya oldi holati va uremik koma klinikasi, kechishi, davolash usullari, sun’iy buyrak, gemodializ haqida tushuncha.
Buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida bemorlarda subyektiv va obyektiv tekshirish, diagnostikaga bemorlarni tayyorlash (UTD, rentgenologik tekshiruv va siydik tahlillari), umumiy siydik tahlili uchun, Zimniskiy, Nechiporenko sinamalari uchun siydik yig‘ishni, sutkalik diurezni aniqlashni o‘rganish. Qovuqni kateterlash uchun kerakli ashyolarni tayyorlash va universal mulyajda qovuqqa kateter qo‘yish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

6

N
A

4

7

Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarida hamshiralik ishi

Qon va qon yaratish a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot. Anemiya kasalligi mohiyati, tarqalganligi, etiologiyasi, asosiy guruhlari. Postgemorragik anemiya sabablari, klinik belgilari, turlari, qondagi o‘zgarishlar, davosi, profilaktikasi. Temir tanqisligi anemiyasi sabablari, klinikasi, qondagi o‘zgarishlar, davosi, oldini olish. Vitamin V12 tanqisligi (pernisioz) anemiyasi, sabablari, klinikasi, qondagi o‘zgarishlar, davosi, oldini olish. Gemolitik anemiya sabablari, klinikasi, qondagi o‘zgarishlar, davosi, oldini olish. Leykoz kasalligi mohiyati, klinik turlari. O‘tkir leykozning klinik belgilari, kechishi, asoratlari, qondagi o‘zgarishlar, asoratlari, davolash usullari, bemorlar parvarishi, deontologiyaga amal qilish. Surunkali leykoz (limfoleykoz, miyeloleykoz) mohiyati, klinik belgilari kechishi, asoratlari (gemorragik sindrom), qondagi o‘zgarishlar, kompleks davosi, davolashning yangi usullari, parvarishi. Bemorlarni kuzatishda deontologiyaga amal qilish. Gemorragik diatezlar haqida tushuncha, kasallik turlari (gemofiliya, trombositopenik purpura, gemorragik vaskulit), klinikasi, kechishi, qondagi o‘zgarishlar, davolash usullari.
Bemorlarni subyektiv va obyektiv tekshiruvlardan o‘tkazish, barmoqdan qon olishni, qon surtmasini tayyorlash, gemoglobin miqdorini aniqlash, EChTni aniqlash, qonning ivuvchanligi va oquvchanligini, qon guruhini aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. qon quyish uchun sistemani tayyorlash va qon quyishda ishtirok etish. Qon va qon o‘rnini bosuvchi dori moddalarini organizmga yuborish amaliyotini bajara olish.

6

N
A

4

8.

Gipo va avitaminozlar

Vitaminlar haqida tushuncha. Ularning organizm hayot faoliyatida tutgan o‘rni. Suvda va yog‘da eriydigan vitaminlar haqida tushuncha. Giper-, gipo-, avitaminoz haqida ma’lumot.Gipo-,avitaminoz kasalliklarining klinikasi, davolash, profilaktikasi. Birlamchi va ikkilamchi avitaminozlar haqida tushuncha. A, V, S, D avitaminozlari.

12

N

4

9

Ichki sekresiya bezlari va modda almashinuvi kasalliklarida hamshiralik ishi



Ichki sekresiya bezlarining anatomo–fiziologik xususiyatlari. Gormonlar va ularning organizmga ta’siri. Ichki sekresiya bezlari kasalliklarining tarqalganligi va ijtimoiy ahamiyati. Qalqonsimon bez kasalliklari. Diffuz toksik buqoq (Bazedov kasalligi) kasalligi mohiyati, etiologiyasi, klinikasi, qalqonsimon bez kattalashuvining darajalari, kechishi, asoratlari, diagnostikasi, davolash usullari, oldini olish. Tireotoksik kriz klinikasi va unda shoshilinch yordam ko‘rsatish. Gipoterioz (miksedema) kasalligi mohiyati, sabablari, klinik belgilari, diagnostikasi, kechishi, asorati, davosi va oldini olish choralari. Endemik buqoq kasalligi mohiyati, tarqalganligi, sabablari, klinikasi, kechishi, davosi, profilaktikasi. Me’da osti bezining gormonlari va ularning organizmga ta’siri. Qandli diabet kasalligi mohiyati, sabablari, klinik turlari (I tip va II tip), klinik belgilari, kechishi, asoratlari, davolash usullari, parhyezning ahamiyati, bemorlar parvarishi, oldini olishda patronaj hamshirasining roli. Qandli diabet asoratlari (giperglikemik va gipoglikemik komalar) klinikasi va ularda shoshilinch yordam ko‘rsatish.
Bemorlarni kuzatish va parvarish qilish, siydikdagi qand va aseton miqdorini aniqlash, glyukometr yordamida qondagi qandni aniqlashni bilish va bemorga o‘rgatishni bijara olish. Insulinning dozasini hisoblash, shprisga tortish va bemorga inyeksiya qilish amaliyotini bajara olish, bemorlarga o‘z-o‘ziga insulin yuborishni o‘rgatish. Qandli diabet asoratlari (giperglikemik va gipoglikemik komalar) da shoshilinch yordam ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

6

N
A

4

10

Cuyak – mushak va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida hamshiralik ishi

Suyak–mushak va biriktiruvchi to‘qima a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Bo‘g‘im kasalliklariga tashxis qo‘yishda rengenologik tekshiruvning ahamiyati. Revmatoid artrit kasalligining mohiyati, etiologiyasi, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari, bemorlarni kuzatish, parvarish qilish, oldini olish choralari. Bemorlarda obyektiv va subyektiv tekshiruvni o‘tkazish ,davolash–diagnostika usullariga bemorlarni va kerakli ashyolarni tayyorlash, isituvchi kompress qo‘yishni, davo vannalarini tayyorlash o‘rganish. Ortopedik jihozlarni qo‘llashda bemorga yordam berishni, funksional krovatdan foydalanishni o‘rganish. Bemor terisini parvarish qilish, yotoq yaralarning oldini olish; bemorning ichki kiyimlari va oqliklarini almashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

6

N
A

4

11

Allergik holatlar va kasb-kor kasalliklarida hamshiralik ishi

Allergiya, allergen, antitelo, allergik reaksiyalar haqida ma’lumot. Anafilaktik shok, Kvinke shishi, o‘tkir eshakemi sabablari, klinikasi, kechishi, tez yordam ko‘rsatish, bemorlarni kuzatish va parvarish qilish. Parxez bilan davolashning ahamiyati.Dori – darmonlar bilan davolash va giposensibilizasion terapiya. Allergologik markazlarning ahamiyati.
Kasb-kor kasalliklari haqida tushuncha. Pnevmokoniozlar mohiyati, etiologiyasi, kasb omilining tutgan o‘rni, turlari, klinikasi, kechishi, asoratlari, davosi, parvarishi, profilaktikasi.

12

N



4








Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling