O‘quv dasturining
nomi
|
Jamoada tibbiy-ijtimoiy ish
|
Ajratilgan
soat
|
40
|
Mavzular soni
|
9
|
Dasturning maqsadi
|
- o‘quvchilarning fanga oid bilimlarini tizimli yo‘lida umumlashtirish orqali sog‘lom turmush tarzi, salomatlik, kasallikni oldini olish va profilaktikasi to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini takomillashtirish;
-nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etgan holda bevosita bemorlar bilan o‘zaro muloqat qilish, ularni obyektiv va subyektiv tekshiruvlari orqali yoki bemor kasallik tarixidan ko‘chirmalar, masalalar tahlil qilish orqali tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida aniq hulosalar chiqarish;
-mustahkamlash orqali hamshiralarning turli tibbiy-ijtimoiy holatlarda bilim va amaliy tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
natijalari
|
Jamoada tibbiy-ijtimoiy ishlarda hamshira parvarish qilish usullarini;
-sog‘lom turmush tarzini shakllantirish usullarini;
- Tibbiy –ijtimoiy ishlarda hamshiralik jarayonini yoritib berishni;
-bemor muammolarini aniqlashni;
-uyga tashrif vaqtida onalarni o‘qitishni;
-jamoadagi hamshiralik ishining huquqiy va etikaviy masalalarini bilishi kerak;
|
Bilim
|
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va uslubiy tavsiyalarini;
-aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash va kasalliklarni oldini olish asoslarini;
-Jamoada tibbiy ijtimoiy ishlarda hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshirish QVP, OP patronaj hamshira ishini tashkil etishni.
-salomatlik ko‘rsatkichlarini;
-jamoada tibbiy madaniyatni shakllantirishni.
-jamoada uyushmagan qatlamni dispanser ko‘rigidan o‘tkazish.
-sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini;
-sog‘liqni ta’minlash va kasalliklar oldini olishni besh bosqichi.
-sog‘lom oila tushunchasini, oila tiplarini;
-oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni;
-oilaning rivojlanish bosqichlari va vazifalarini;
-oila salomatligini mustahkamlash borasidagi jamoada tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisi mutaxassislarining maqsad va vazifalarini.
-ona va bola salomatligini himoya qilishga qaratilgan Davlat dasturlari va amalga oshiriladigan ishlarini;
-onalikning turli davrlarida salomatligini saqlashga qaratilgan vazifalarni o‘qitishni;
-reproduktiv salomatlik haqida tushunchani;
-ona sutining mohiyati haqida tushuncha;
-tug‘ish yoshidagi ayollar bilan kontrasepsiya vositalari haqida suhbat o‘tkazishni;
-havf guruhidagi ona va bola sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha faoliyatni;
-tug‘ma patologiyalarni oldini olishga qaratilgan o‘qitish ishlarini;
-profilaktik emlashni axamiyatini.
-katta yoshdagilar va qariyalarda o‘ziga hos xususiyatlarini;
-katta yoshdagilar va qariyalar sog‘lig‘ini saqlashning maqsad va vazifalarini;
-katta yoshdagilar va qariyalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishni.
|
|