№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishning tashkili
|
Mustaqil ish
|
1
|
O‘zbekiston Respublikasida Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatish muassasalari ishini tashkil qilinishi. Tug‘ruq majmualarida septik kasalliklarini oldini olish.
|
Akusherlik va ginekologiya fani haqida tushuncha. O‘zbekistonda akusherlik fanining asoschilari. Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatish muassasalari ishini tashkil qilish. Aseptika va antiseptika haqida tushuncha. Shifoxona ichi infeksiyasini oldini olish bo‘yicha SSVning amaldagi buyruqlari mohiyati.
|
10
|
N
|
4
|
2
|
Ayollar jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi. Hayz sikli.
|
Ayolning tashqi va ichki jinsiy a’zolari haqida ma’lumot berish. Qinning tozalik darajalari, sut bezlari, jinsiy gormonlar haqida tushuncha. Mo‘tadil hayz davri va uning boshqarilishi.
|
10
|
NA
|
4
|
3
|
Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi.
|
Urug‘lanish va payvandlanish. Ayol organizmida homiladorlik tufayli ro‘y beradigan fiziologik o‘zgarishlar. Homiladorlikning gumonli, ehtimolga yaqin va ishonchli belgilarini aniqlash. Tashqi va ichki akusherlik tekshiruvini o‘tkazish.homiladorlik muddatini aniqlash.
|
10
|
NA
|
2
|
4
|
Homiladorlik bilan bog‘liq kasalliklarda shoshilinch yordam ko‘rsatish.
|
Homiladorlar qusishi, so‘lak oqishi kam uchraydigan shakllari (dermatozlar, tetaniya, xoreya, osteomalyasiya, jigarning o‘tkir sariq distrofiyasi va boshqalar). Homiladorlar bilan bog‘liq kasalliklar profilaktikasida Qishloq vrachlik punktlari(QVP) oilaviy poliklinikalarda hamshiraning vazifalari
|
10
|
NA
|
4
|
5
|
Tug‘ruq, tug‘ruqning kechishi, klinikasi va uni boshqarish
|
Tug‘ruq, tug‘ruq xabarchilari va davrlari. Tug‘ruqning I davrini klinik kechishi va uni boshqarish. Tug‘ruqning II davri haqida tushuncha. Normal tug‘ruq biomexanizmi. Tug‘ruqning III davrining kechishi, uni faol olib borishning ahamiyati.
|
10
|
NA
|
6
|
6
|
Chilla davri fiziologiyasi va patologiyasi.
|
Chilla davri haqida tushuncha. Jinsiy a’zolar involyusiyasi. Loxiya va uning kundan kun o‘zgarishi. Ilk va kechki chilla davrlari haqida tushuncha. Tuqqan ayolni kuzatish va uni parvarishlash. Chilla bo‘limidagi ishlar, tibbiy xodimlarning vazifalari. Mastit bilan kasallangan ayollarni parvarishlash. Septik kasalliklarni oldini olish, kasallangan ayollarni parvarish qilish.
|
6
|
NA
|
4
|
7
|
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar fiziologiyasi va patologiyasi.
|
Chaqaloqlik davri to‘g‘risida tushuncha. Tug‘ruqdan so‘ng dastlabki ikki soat ichida ko‘krak bilan boqish va uning ahamiyati. YuNISEF tomonidan berilgan tavsiyalar. Chaqaloqlarni emlash va uning ahamiyati. “Xavfsiz immunizasiya” YuNISEF. Chaqaloqlik davri kasalliklari to‘g‘risida tushuncha. Tug‘ruq vaqtida uchraydigan shikastlar. Chaqaloqlarni gemolitik kasalliklari haqida tushuncha, vaqtida aniqlash va oldini olish.
|
6
|
NA
|
6
|
8
|
Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari
|
Ginekologiya fani haqida tushuncha. Ginekologik bemorlarni asosiy tekshirish usullari. Qo‘shimcha tekshirish usullari: kolposkopiya, biopsiya, rentgenologik tekshiruv, bachadonni zondlash, orqa gumbaz orqali qorin bo‘shlig‘ini punksiya qilish, UTT. Endoskopik tekshiruv usullari. Qiz bolalar ginekologik yordamining tashkil qilinishi.
|
6
|
NA
|
4
|
9
|
Ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari
|
Ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari haqida umumiy ma’lumotlar. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari, ularning jinsiy a’zolarga kirish(yuqish) yo‘llari, hayotda uchrashi, sabablari, klinik belgilari (og‘riqlar, ajralma ajralishi, qon ketishi, bepushtlik va boshqalar), kasallik kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar. Ekzogen va endogen infeksiyalar haqida tushuncha. Spesifik va nospesifik yallig‘lanish kasalliklari.
|
16
|
NA
|
6
|
10
|
Ayol jinsiy a’zolarining o‘sma kasalliklari
|
Xavfli va xavfsiz o‘smalar haqida tushuncha. O‘sma oldi kasalliklari haqida tushuncha. Bachadon bo‘yni raki haqida tushuncha va uni oldini olish, PAP-test ko‘krak bezi saratoni haqida tushuncha va uni oldini olish. Ko‘krak bezini mustaqil tekshirish usullari.
|
6
|
NA
|
5
|
|
|
|