O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining
nomi
|
Terapiya asoslari
|
Ajratilgan
soat
|
90
|
Mavzular soni
|
11
|
Dasturning maqsadi
|
Tuzilgan yangi dastur tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisiga:
- ichki kasalliklarning asosiy xususiyatlarini o‘rgatishni,
- kasalxonaga qadar barcha shoshilinch va tez yordam choralarini ko‘rsatishni,
- turli laborator va instrumental tekshiruvlarga kerakli ashyolarni va bemorlarni tayyorlashni,
- kasalliklarning oldini olish choralarini, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, tashxis va davolash bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy muolajalarni bajarishni o‘rgatishni,
-ichki kasalliklarning asosiy sabablari, turlari, belgilari, kechishi, asoratlari, diagnostikasi, davolash usullari, bemor parvarishi, bemorlarning umumiy holatini baholay olishni va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda shifokorgacha tez va shoshilinch yordam ko‘rsatish choralarini o‘rgatish;.
- bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
natijalari
|
- ichki kasalliklarning asosiy sabablari, turlari, belgilari, kechishi, asoratlari, diagnostikasi, davolash usullari, bemor parvarishi, bemorlarning umumiy holatini baholay olishni va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda shifokorgacha tez va shoshilinch yordam ko‘rsatish choralari, turli laborator va instrumental tekshiruvlarga kerakli ashyolarni va bemorlarni tayyorlash, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
|
Bilim
|
tekshirish va davolash usullarini;
salomatlik va sog‘lom turmush tarzini;
standartlar, tibbiy hujjat turlarini bilishi;
bemorlarni umumiy tekshirish usullarini o‘ziga xos xususiyatlari, klinik va bioximik tekshiruvlar ahamiyati;
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda bemorlarni shoshilinch yordam ko‘rsatish;
baxtsiz hodisalarda tez yordam ko‘rsatish va ularni oldini olish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |