V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: Pedagogika nazariyasi va tarixi haqida bilimga ega bo‘lishi, pedagogik madaniyat, pedagogika nazariyasi va tarixining xronologiyalari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi; Pedagogika nazariyasi va tarixining tadqiqot metodlari, tamoyillari, ta’lim shakllari, ta’limni tashkil etish texnologiyasini qamrab olgan asosiy qonun va tushunchalar. Dars mashg‘ulotiga qo‘yilayotgan pedagogik va pedagogika nazariyasi va tarixi fani talablariga oid xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Ta’lim jarayonlarida pedagogika nazariyasi va tarixiga xos usullarni qo‘llash, ilmiy-nazariy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|
4
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
• ma’ruzalar;
• interfaol keys-stadilar;
• seminarlar(mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlar qilish;
• individual loyihalar;
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
|
5
|
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
|
|
6
|
VIII. Talabalar bilimini baholash mezoni:
1. Baholash
1) Birinchi oraliq nazorat – 30 ballni, o‘z ichiga:
− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;
− kollokvium - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin.
– yozma topshiriqlar - kazus echish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini tayyorlash.
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 40 ballni (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20 ball mustaqil ta’lim), o‘z ichiga:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan tuzilgan savollar;
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va yechish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.
|
|
7
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |