“Tasdiqlayman”
Buxoro davlat universitetining
Pedagogogika instituti Pedagogika va
ijtimoiy fanlar fakulteti dekani
_______________________S.S. Hamroyev “_____”____________________2022-yil
O’QUV DASTURI (SILLABUS)
Pedagogika kafedrasi
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
Umumiy ma’lumotlar
|
Fan/modul kodi
Uped1108
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
2\3
|
ECTS – Kreditlar
4\4
|
|
Fan/modul turi
majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
2\3
|
|
Professor-o‘qituvchi
|
D.I.Tosheva
|
dildoratosheva82@gmail.com
|
|
Tasdiqlangan
|
Institut Kengashining 20__ yil “__” ________dagi
___-son qarori
|
|
1.
|
Fan nomi
|
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
|
Umumiy pedagogika
|
54
|
66
|
120
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari, o‘quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ta’lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Pedagogik mahorat, pedagogik texnika va madaniyatni nazariyasi hamda amaliyoti bo‘yicha bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlash. Hozirgi zamon o‘qituvchisi hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lib, u har tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassis, Vatani va xalqiga sodiq, pedagogik mahorat va layoqatga ega bo‘lgan, jamiyatdagi hamda kasb vazifalarini yaxshi bilgan shaxs etib tarbiyalash. Talabalarni o‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarishdagi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanishga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |