O’quv dasturi (Ushbu o’quv dastur O’zr oo’mtvning 263-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan) Kirish


Download 62 Kb.
bet1/8
Sana22.01.2023
Hajmi62 Kb.
#1109792
  1   2   3   4   5   6   7   8

Husnixat va uni o’qitish uslubiyati kursining namunaviy
O’QUV DASTURI

(Ushbu o’quv dastur O’zR OO’MTVning 263-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan)



Kirish
“Husnixat va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha tuzilgan mazkur dastur 5141600 – “Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasidagi “Umumkasbiy fanlar bloki”ning muhim kursi bo’lib, yozuv ta’limoti, uning shakllanish tarixi; husnixat metodikasi fanining ilmiy asoslari; ta’limning fanga yo’naltirilgan texnologiyalari; ta’limning o’quvchiga yo’naltirilgan texnologiyalari; maktab ta’limida o’quvchilar faolligini jadallashtirish asosidagi fan texnologiyasi; pedagogik jarayonni tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va yozuvga o’rgatish texnolgiyasini o’zida aks ettiradi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi boshlang’ich ta’lim talabalarini ta’lim jarayoniga uch yo’nalishda tayyorlash:

  1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.

  2. Husnixat talablari asosida yozishga o’rgatish.

3.Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarini husnixatga o’rgatishning metod va usullari bilan, ta'limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida, o’z dastxati ustida ishlash usullari haqida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini husnixatga o’rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari va usullari,
tamoyillari, harflarni guruhlash metodlari va usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi,uni tashkil qilish shakllari, grafik
xatolarni aniqlash va bartaraf etish usullari, o’quvchilar yozuvini baholashga o’rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning asosiy qonuniyatlarini tushuntirish ko’rgazma va texnik vositalardan foydalanib, o’quvchilarning bilish faoliyatini va. mustaqilligini ta'minlashga o’rgatish.
Talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar:
Talabalar husnixatga o’rgatish metodikasi fanining ilmiy asoslarini tamoyillarini, o’zaro bog’liq fanlarni, ta'lim jarayonida qo’llanadigan metodlarn dars tiplari va tarkibini, o’qitishning asosiy usullarini, boshlang’ich sinflarda husnixatga o’rgatish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo’lgan muammolarini, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi kerak.
Husnixat darslarida ta'lim va tarbiya biriligi tamoyiliga amal qilish o’quvchilarda yozuvga qiziqish uyg’ota olish, aqliy sifatlarini rivojlantirish darslarni mustaqil rejalashtirish konikmalariga ega bo’lishlari kerak.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning husnixatdan bilim, ko’nikma va malaka darajasini o’rganish va baholash. o’quvchilarning grafik, imloviy va bosh xatolarini tahlil qilish, guruhlash va kelib chiqish sabablarini aniqlash ham xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakalariga ega, bo’lishlari kerak.
Talaba husnixat talablariga rioya qilgan holda yoza olishi lozim.
Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi.
Fan o’quv rejasidagi o’zaro bog’liq barcha ishlar ruxshunoslik psixologiya, pedagogika, logika, psixolingvistika, didaktika, lingvistika va bolalar adabiyoti bilan jips bog’lanishi kerak.
O’quvchilarni husnixatga o’rgatishda lingvistikaning ilmiy-nazariy tushunchalariga asoslanadi.
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni ilmiy tekshirish ishlarini, ya'ni eksperementga, to’garak ishlariga, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarni organish va ommalashtirishga, referatlar, taqvim rejalar, ish qog’ozlari, dars ishlanmalari yozishga jalb qilish bilan materialni muammolar bo’yicha o’rganish tavsiya etiladi.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling