O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


III.  Mustaqil ta’lim va mustaqil ish


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana27.02.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1233974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2.09 kimyoviy texnologiya

III. 
Mustaqil ta’lim va mustaqil ish 
 
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 
1. 
Kimyo texnologiyasining asosiy printsiplari, xom-ashyo va energiya. 
2. 
Flotatsiya. 
3. 
Aylanma suvlarning tozaligi 
4. 
Oltingugurt va sulfat kislotaning xossalari, ishlatilishi va oliniishi. Oltingugurt 
IV oksidini olish. 
5. 
Ammiak ishlab chiqarish. Nitrat kislota ishlab chiqarishning nazariy asoslari. 
6. 
Ammiak sintezi 
7. 
Nitrat kislota olish. 
8. 
Azotli o‘g’itlar. Kaliyli o‘g’itlar.
9. 
Ammiakli selitra olish. 
10. 
Silikat buyumlari va materiallarining tavsifi. Ularning xalq xo‘jaligidagi 
ahamiyati. Keramik buyumlar. Chinni va fayans. 
11. 
Shishalar, ularning tarkibi, tuzilishi, turlari va ishlab chiqarilishi. 
12. 
Yengil suyuqlanuvchi shisha olish. 
13. 
Xlor va natriy ishqorining elektrokimyoviy ishlab chiqarish. 
14. 
Metallarning umumiy olish usullari. 
15. 
Metallar korroziyasini o‘rganish. 
16. 
Neft gazlarini qayta ishlash 
17. 
Qattiq yoqilg’ilarni qayta ishlash. Toshko‘mirni kokslash. Gazsimon yoqilg’i 
18. 
Sun’iy yuqori molekulyar birikmalar. Kimyoviy tolalar va plyonkalar. 
19. 
Plastmassalar va kimyoviy tolalarni turini aniqlash. 
Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining (ularning to‘la ta’minlanganligi taqdirda) boblari va 
mavzularini o‘rganish. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. 
o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va 
mavzulari ustida ishlash 
 
O‘quv amaliyoti ishlari mazmuni 
O‘quv amaliyoti 2 xafta davomida o‘tkaziladi. O‘quv amaliyoti bitta yoki ikkita 
kimyoviy metallurgiya, yoqilg’ini qayta ishlovchi korxonalar yoki sanoatning boshqa 
tarmoqlarida talabalar guruxlarini bir korxonadan ikkinchisiga almashtirib turish bilan 
o‘tkaziladi. Har bir korxonaning bitta sexida alohida guruxlar 2-3 kun bo‘lishgandan 
so‘ng boshqa sexga o‘tkazilishi kerak. Bu umumiy yo‘sinda 4-6 ishlab chiqarish bilan 
talabalarni tanishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari amaliyot o‘tkazilayotgan 
korxonaning ichida ham va undan boshqa korxonalarga xam sayohatlar o‘tkazish tavsiya 
qilinadi. 
Talabalar sexlarda xom -ashyo va uning tayyorlanishi, tayyor mahsulotlar, ularning 
taxlil usullari, muxim apparatlarning tuzilishi va ularda boradigan reaktsiyalar bilan 
tanishadilar, jarayonni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasiga baho beradilar. 


Har xil ishlab chiqarishlar bilan bevosita tanishishdan tashqari amaliyot boshqa 
maqsadlarni ham ko‘zlaydi: a) ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslarini o‘rganish; 
b) akademik litsey, kasb–xunar kolleji talabalari va umumta’lim maktab o‘quvchilari 
bilan ishlab chiqarishga sayohatlarni o‘tkazish usulini talabalarga o‘rgatish. O‘quv 
amaliyotida talabalarga stendlar tayyorlash, mazkur korxonalar bo‘yicha kollektsiyalar 
tanlash, shuningdek, amaliyot oxirida yakunlovchi anjumanga o‘quv amaliyoti mavzulari 
bo‘yicha ma’ruza tayyorlash vazifalari topshiriladi. 
Amaliyot davomida har bir talaba sexlarda o‘zi chizgan chizmalar asosida mustaqil 
ravishda ishlangan texnologik jarayonlarining soddalashtirilgan ishlab chiqarish 
chizmalari qisqa tasvirini o‘z ichiga oluvchi hisobot tuzishlari shart. Xisobot sex raxbari 
tomonidan tekshiriladi va 5 ballik mezonda baxolanadi. Topshirilgan xisobot va boshqa 
ko‘rsatilgan materiallar (kundalik tayyorlamalar, sayoxat rejasi, ma’ruza, stend va 
xakozo) asosida sayoxat o‘tkazish sifati, ma’ruza, amaliyot davridagi tartib-intizomni 
xisobga olgan xolda amaliyot raxbari (kafedra o‘qituvchisi) tomonidan baxolanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling