O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o'rni


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1385359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Metallshunoslik ISHCHI Dastur(UZ) 2022







 
 
 
 
 
 



I. 
O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o'rni 
Ushbu dastur metall materiallarining ichki tuzilishi, strukturasi, xossasi, 
ishlatilishi va markalanishini hamda bu kattaliklarni o`zaro aloqasini, ularni turli 
ta`sirlar natijasida o`zgarish qonuniyatlari bilan bog`liq bo`lgan bilimlarni qamrab 
olgan. 
«Metallshunoslik» fani mashinasozlik sohasi uchun oliy ma'lumotli 
bakalavrlarni tayyorlashda umumkasbiy fanlardan biri hisoblanadi. 
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: metallar va ularga ishlov 
berishning texnologik usullarini, texnik iqtisodiy tavsifi, hamda qo`llanish sohalarini 
o`rganish; shu usullarda ko`p ishlatiladigan asbob, moslama va jihozlarning 
printsipal sxemalarini o`rganish; detallarni yasalish usullarini inobatga olib, ishlov 
berish uchun qulay bo`lgan xom ashyo tuzilishini loyixalashning asosiy yo’llarini 
o`rganish.
Ushbu fanning asosiy maqsadi, texnologik mashinalar va jihozlarni 
loyihalash, ularni detal va mexanizmlarni tayyorlash texnologik jarayonlarini tashkil 
etish, mashina va mexanizmlarni tayyorlash uchun zarur fizik-mexanik xususiyatli 
materiallar olish va tanlash, ularni mexanik xossalarini o`zgartirish, zarur shakl va 
aniq o`lchamli har xil detal, xom ashyolarni ishlab chiqarish, texnologik 
jarayonlarning tuzilishini o`rganish. Turli payvand ishlarini bajarish texnikasini 
egallash kabi malakalarni talabalarga o`rgatadi. 
«Metallshunoslik» fani texnologik fanlar uchun asos bo`lib, materiallarni 
ishlab chiqarish va ularni ishlash usullarini o`rgatadi. Shuning uchun ham kelgusida 
malakali injener-mexanik bo`lib yetishadigan har bir texnika fanlari bakalabri bu 
fanni chuqur bilmog`i zarur. 
«Metallshunoslik» fani talabalardan «Fizika», «Kimyo», «Oliy matematika» 
kabi fanlardan zarur bilimlarni yaxshi egallagan bo`lishlarini talab etadi va 
yuqoridagi fanlarga asoslanadi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling