O’quv fanining maqsad va vazifalari
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
Download 54.69 Kb.
|
Документ Microsoft Word (6) (2)
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Tarixshunoslik» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalalar doirasida bakalavr: - Manbashunoslik va tarixshunoslik kursining maqsad va vazifalari, O’zbekistonda manbashunoslik va tarixshunoslik, tarixnavislikning shakllanishi va taraqqiyoti, Manbashunoslikning asosiy bo’limlari, tarixiy manbashunoslik va uning asosiy yo’nalishlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning nazariyasini bilishi kerak; - Talaba tarixiy ma’lumotlarni xolis, tarixiylik asosida tahlil qilishi, tarixiy manba va tadqiqotlarni xolis, mustaqil tadqiq qilishi, O’rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixi manbalari, O’rta Osiyoning o’rta asrlar va XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy manbalari, tadqiqotlari, mintaqaning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi hamda sovet hokimiyati yillari tarixini yorituvchi manbalar, tadqiqitlar haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; - talaba mustaqil O’zbekistonda Manbashunoslik va tarixshunoslikning muammolari va taraqqiyot vazifalari, hozirgi sharoitda O’zbekiston Respublikasi tarixiy Manbashunoslik va tarixshunoslikning xususiyatli jihatlarini ilmiy jihatdan o’rganishi, tarix bilimlarini rivojlanishi va o’zgarishlarini aniqlovchi omillar, tarix bilimi, tarix fanidagi izchillik, tarix fanida mavjud bo’lgan oqimlar va maktablar, tarix fani tarixidagi ijtimoiy va siyosiy tarkibiy qismlar, tarix fanining vujudga kelishiga oid malakalariga ega bo’lishi kerak. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Manbashunoslik va tarixshunoslik fani umumkasbiy fan hisoblanib, 5-6 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan O’zbekiston tarixi, arxivshunoslik, arab, fors tillari, Eski o’zbek yozuvi, xronologiya va metrologiya fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Download 54.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling