O’quv fanining maqsad va vazifalari


XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini


Download 54.69 Kb.
bet14/16
Sana12.02.2023
Hajmi54.69 Kb.
#1191542
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Документ Microsoft Word (6) (2)

XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini 
klassifikatsiyalashning rivojlanishi 
XVIII asrning so‗nggi yillari va XIX asrning boshlarida frantsuz burjua 
revolyutsiyasi g‗oyalari ta‘sirida Frantsiyada yangi printsiplarga asoslangan 
kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyalari tuzishga intilish yuzaga keldi. 
Usha davrdagi har xil loyihalarda ilohiyotni oldingi o‗rinnlardan biriga 
qo‗yishdan keskin voz kechish g‗oyasi namoyon bo‗ladi. Ba‘zi mualliflar 
uchun shunday tartib o‗rnatishga urindilarki, bu tartib insoniyat tarixidagi 
bilim olish izchilligiga, olam va tabiat haqidagi bilimlardan inson hamda 

1
Garchi titul varag`ida 1742 yil deb ko‗rsatilgan bo‗lsa-da, taxminan 1742—1744 yillarda bosilgan. Bu 


katalogning keyinchalik rus tilida nashr etilgan bir қismi (nashr etilgan yili ko‗rsatilmagan) «Камерный 
каталог» degan nom bilan mashhur.
2
I. B a k m e y s t e r, ―Опыт о Библиотеке и Кабинете редкостей и истории натуральной Санкт-
Питербургской императорской Академии наук‖; bu asar Fanlar akademiyasining ichki kutubxonachisi 
Iogann Bakmester tomonidan frantsuz tilida nashr etilgan, rus tiliga esa Vasiliy Kostigov tarjima qilgan. Spb., 
1799.

53 
jamiyat haqidagi bilimlar tomon boradigan izchillikda o‗rganishga mos 


bo‗lishi lozim edi; boshqa mualliflar fanlarning har xil ehtiyojlar: moddiy va 
ma‘aviy ehtiyojlar ta‘sirida vujudga kelish izchilligini to‗g‗riroq izchillik deb 
hisoblar edilar. Yosha davrdagi ko‗pdan-ko‗p klassifikatsiya loyihalari uchun 
asos qilib olingan g‗oyalarning progressiv xarakterida bo‗lganligiga qaramay, 
ularda asosiy e‘tibor fanlarni klassifikatsiya qilishga qaratilgan hamda 
kutubxona klassifikatsiyasi tuzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan masalalar yetarlicha 
hisobga olinmagan edi. Fransiyada reaktsiya boshlanganligi va reaktsiya bilan 
birga cherkov ta‘sirining kuchayishi munosabati bilan bu sxemalar amalda 
qo‗llanilmadi.
G‗arbiy Yevropa kutubxonalarida «Fransuz sistemasi» ning eng keyiigi va 
ideologik jihatdan juda reaktsion variantlaridan biri — J. Sh. Bryune

(1810 
yil) klassifikatsiyasi keng yoyildi. 

Bryune 
fransuz 
revolyutsiyasidan 
keyin 
boshlagan 
reaktsiya 
yangiliklarini aks ettirib kutubxona klassifikatsiyasining ilmiy bilim rivojiga 
bog‗liqligini qat‘iy suratda rad etadi va kutubxona klassifikatsiyasiga 
kitoblarni joylashtirish uchun qulay bo‗lgan amaliy sxema deb qaraydi. U 
revolyutsiya davridagi sistemalarning mualliflarini «ilohiy kitoblarni» 
mensimaslikda ayblab, ilohiyot detallashtirilgan sinfni yana birinchi o‗ringa 
qo‗yadi. Bryune sistemasida ijtimoiy fan bo‗limlari tartibsiz joylashtirilgan 
bo‗lib, ularning o‗zaro aloqasini anglab olish mumkin emas. Yurisprudentsiya 
bo‗limi ijtimoiy fanlar kompleksidan chiqarib tashlanib, ilohiyot bo‗limiga 
yaqinlashtirilgan edi. Bryune

sistemasi Yevropada XIX asrning birinchi 


choragida hukmronlik qilgan reaktsion g‗oyaga hamohang edi. Bu 
sistemaning ta‘siri juda katta bo‗ldi va keyingi davrlardagi ko‗p 
sistemalarning strukturasida jumladan Parijdagi Milliy kutubxona va 
Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasi hozirga qadar qo‗llanayotgan 
sxemalarda aks etdi.

Nemis universitet kutubxonalari XIX asrning birinchi yarmida «fakul‘tet 


sistemasi»ning har xil variantlaridan ularni yanada detallashtirilgan holda 
54 
foydalanganlar. 50-yillarda A. Shleyermaxerning puxta ishlab chiqilgan 
bibliografik klassifikatsiyasi munosib ravishda shuhrat qozondi; unda 
«fakul‘tet sistema»larining asosiy bo‗limlari sxemaning oxiridan joy olgan 
bo‗lib, ulardan oldin esa umumiy bo‗lim, adabiyot va san‘at, tarix, matematika 
va tabiatshunoslik bo‗limlari joylashtirilgan edi; bundan tashqari, o`nta 
iqtisodiy va texnika fanlarining katta bo‗limi ham kiritilgan edi. 
XIX asrning birinchi yarmida rus kutubxona va bibliografik 
klassifikatsiyalari juda taraqqiy etdi. Naturalist olim Pavel Grigorevich 
Demidov o‗z kutubxonasining katalogi
3
uchun ishlab chiqqan sxema eng 
dastlabki klassifikatsiyalardan biri bo‗lib, bu sxema Rossiya va Yevropadagi 
g‗oyat nodir nashrlarni o‗z ichiga olgan edi. Bu sxemaning tabiiyot fanlari va 
texnologiya bo‗limi kutubxonaning asosiy mundarijasiga muvofiq tarzda 
hammadan ko‗ra ko‗proq detallashtirilgan edi. Fanlarni bir-biridan umumiy 
tarzda chegaralashda Pavel Grigorevich Demidovning XVIII asr oxiri va XIX 
asrning boshlaridagi progressiv frantsuz klassifikatsiyalarining birmuncha 
ta‘sirida bo‗lganligi ko‗zga tashlanadi.
Pavel Grigorevich Demidov o‗zi qabul qilgan fanlar tartibini «bilish 
qobiliyatiga qarab» degan an‘anaviy bo‗lim bilan asoslangan bo‗lishiga 
qaramay, u fanlarni Frensis Bekon klassifikatsiyasidagi an‘anaviy ajratishdan 
chetga chiqqan.

Download 54.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling