O’quv fanining maqsad va vazifalari
Download 54.69 Kb.
|
Документ Microsoft Word (6) (2)
Gotfried Leybnits
( 1646-1716 ) Nemis filosof va mantiqshunosi, matematik, fizik, kashfiyotchi, tarixchi va tilshunos olimi [1][2][4] Gotfried Leybnitsning kutubxona klassifikatsiyasi juda mashhurdir. Gannover ommaviy kutubxonasidagi G. Leybnits portreti
matematika va filologiyani ham o‗z ichiga olgan falsafa bo‗limi ancha mufassal ishlangan edi. Falsafani o‗sha vaqtdagi juda ko‗p ilmiy klassifikatsiyalar uchun xarakterli bo‗lgan bunday talqin qilish XVIII asr oxirigacha davom etgan. 49 G‗arbiy Yevropadagi har xil universitet kutubxonalarida foydalanilgan «fakul‘tet sistemalari» bilan bir vaqtda «fransuz sistemasi» deb atalgan sistema ham keng yoyildi; ikki asr davomida (XIX asr boshlariga qadar) Fransiyaning nashriyotlari va kitob do‗konlari bibliografiyalarida hamda bosma kataloglarida ana shu sistema qo‗llanilgan. Bu bibliografiya va kataloglar mashhur fransuz bibliograflari va kutubxonachilari tomonidan tuzilar edi. «Fransuz sistemasi»ning variantlari goho juda detallashtirib yuborilar, ayrimlari 500 tagacha bo‗linmani, shu jumladan nashrlarning xarakteri va tur, belgilariga qarab tashkil etilgan juda ko‗p bo‗linmalarni o‗z ichiga oladi. «Fransuz sistemasi», «fakul‘tet sistemalari»ga ko‗p jihatdan o‗xshashdir. «Fransuz sistemasida» ilohiyot, yuridik fanlar va falsafa (meditsina odatda falsafa bo‗limiga kiritilar edi) bo‗limlari asosiy o‗rinda turar edi. Biroq bu sistemaning bir qancha variantlarida ayrim fanlar falsafa qismidan ajratilgan: tarix, ijtimoiy fanlar, badiiy adabiyot mustaqil bo‗limlari va boshqa ayrim mustaqil bo‗limlar vujudga kelgan. Keyinchalik «frantsuz sistemasi» birmuncha o‗zgartirilgan holda Yevropadagi bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida qo‗llanila boshladi. Tuzilishi o‗z davridagi ilmiy bilimlar darajasiga javob bergan K. Gesner va G. Leybnits sistemalaridan farqli o‗laroq «fransuz sistemasi» kitob klassifikatsiyasining amaliy vazifalari bilan ko‗p darajada bog‗langan hamda klassifikatsiyaning ko‗p variantlarida katolitsizmning reaktsion qarashlarini aks ettirgan edi. Ingliz faylasufi Frensis Bekonning (1561-1626 yillar) XVII asr boshlarida tuzgal fanlar klassifikatsiyasi XVII va XIX asrlardagi kutubxona klassifikatsiyasi sxemalarining, shu jumladan, «fransuz sistemasi» eng keyingi variantlarining tuzilishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. 50 U fanni taraqqiy ettirish uchun katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, oradan bir yarim asr o‗tgandan so‗ng bu klassifikatsiya birmuncha o‗zgartirilgan va to‗ldirilgan holda D. Didro bilan J. L. Dalamber tomonidan nashr etilgan ko‗p tomli frantsuz entsiklopediyasiga asos qilib olingan hamda feodalizmga, absolyutizmga va reaktsion cherkov ideologiyasiga qarshi kurashda revolyutsion burjuaziyaning g‗oyaviy quroli bo‗lib xizmat qilgan edi. Download 54.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling