O’quv fanining maqsad va vazifalari
Download 54.69 Kb.
|
Документ Microsoft Word (6) (2)
Conrad Gesner
(1516-1565) Shveytsariyalik ensiklopedist olim va bibliograf Konrad Gesner birinchilardan insoniyat tomonidan hayvonlar va o‗simliklar haqidagi ma‘lumotlarni tizimlashtirgan olimlardan biri edi. Shveytsariyalik olim va bibliograf Konrad Gesner (XVI asr) klassifikatsiyasi juda mashhur bo‗lgan; Gesner bu klassifikatsiyani o‗zi tuzgan «umumiy kutubxona» degan katta bibliografiya uchun ishlab chiqqan edi. Bu asar tomlaridan birida har xil tillardagi kitoblar 250 dan ortiq bo‗linmadan iborat bo‗lgan klassifikatsiya asosida sistemali tartibda joylashtirilgan edi. K.Gesner klassifikatsiyasida maktabda o‗qitiladigan «etti erkin san‘at» sistemasiga kiradigan fanlar bo‗limlari hamda «fakul‘tet» fanlari—falsafa, meditsina, yurisprudentsiya va ilohiyot bo‗limlari o‗ziga xos bir tarzda birga qo‗shilgan edi. K.Gesner klassifikatsiyasi sxemasi, shubhasiz, o‗z davrida juda katta voqea bo‗lgan edi. Usha zamondagi bir qancha kutubxona va bibliografiya klassifikatsiyalaridan hamda birmuncha keyingi talay kutubxona va bibliografik klassifikatsiyalardan bu sxemani quyidagi xususiyatlar: bo‗limlarning batafsil ishlab chiqilganligi; o‗sha davrdagi yangi ilmiy masalalarni yorituvchi kitoblar uchun maxsus bo‗linmalar ajratilganligi; rubrikalari keng mazmunli kitoblarni bilimning xuddi o‗sha tarmog‗iga doir juz‘iy masalalarga bag‗ishlangan tor mazmunli kitoblardan ajratishga imkon beradigan sxemaning amalda foydalanishga qulayligi, bir-biriga o‗xshash tematikalarni bog‗lab turuvchi juda ko‗p 48 yo‗naltirgichlarning borligi ajratib turadi. Klassifikatsiyaning progressiv xarakteri yana shu narsada ifodalanardiki, unda «inson turmushi uchun foydali mexanik san‘at» degan alohida bo‗lim birinchi bor ajratib ko‗rsatilgan edi. Bu bo‗lim arxitektura va binokorlikka doir adabiyotni, kasbkorlik va hunarmandchilik haqidagi, taom tayyorlash haqidagi va texnika kompleksini tashkil etuvchi boshqa masalalarga doir adabiyotni o‗z ichiga olar edi. Uzoq vaqt, yirik xususiy kutubxonada ishlagan nemis idealist faylasufi Gotfried Leybnitsning (1646-1716 yillar) kutubxona klassifikatsiyasi juda mashhurdir. Garchi uning sxemasiga «fakul‘tet sistemalari» uchun tipik bo‗limlar — teologiya (ilohiyot), yurisprudentsiya, meditsina va falsafa kiritilgan bo‗lsa-da, ular ancha detallashtirilgan. Bulardan tashqari, Leybnits sxemaga ikki bo‗limni: beshinchi — tarix va oltinchi—aralash materiallar va umumiy kitoblar bo‗limlarini kiritgan. Download 54.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling