O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-torshiriq.
- Til va terminologiya.
- 10-MAVZU: KITOB MUTOLAASI REJA
2-topshiriq. Turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqida ma’lumot tayyorlang.
3-topshiriq. Chet ellik talabalar hayoti aks ettirilgan badiiy asar yoki film haqidagi taassurotlarni yozing. 4-topshiriq. Turli ta’lim muassasalari haqida polilog tuzing va uni instsenirovka qiling. 5-torshiriq. O‘qing va yozilishiga e’tibor bering. A’lo (otlichnыy), ta’na (uprek), san’at (iskusctvo), singil (mladshaya sestra), ashula (pesnya), sirk, dotsent, translatsiya, sisterna, konsert, sotsiologiya, aksiya, ssenariy, aviatsiya, mototsikl, iyul, salyut, shlyapa, oktabr, noyabr. 6-torshiriq. Qavsda berilgan so‘zlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling. 1. (Пусть каждый) o‘z ishini bajarsin. 2. (Каждый из нас) o‘z ishlarimizning farzandlarimiz .3. (Никто) va (ничто) unutilmaydi. 4. Hozir (каждый из нас) har joydamiz. 5. Ular bilan (всякий) qiyinchilikni yenga olamiz. Til va terminologiya. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. “Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz: 1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir; 2) termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir; 3) termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin. Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir. Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar. 10-MAVZU: KITOB MUTOLAASI REJA: O‘qilgan kitoblar to‘g‘risida dialog tuzish va uni instsenirovka qilish. Erkin va turg‘un birikmalar. Frazeologik birliklarning turlari. Kitob – (ar. – yozilgan, muqovalangan asar) 1. Ma’lum matnli varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, hajmi 48 sahifadan kam bo’lmagan bosma (qadim qo’lyozma ham) asar 2. Umuman ma’lum shaxs, voqea-hodisaga va boshqaga oid tugal, odatda nashr etishga mo’ljallangan asar. Kitob insonni ulug’laydigan, unda ma’naviyat va ma’rifat asoslarini shakllantiradigan, komil qilib tarbiyalaydigan kuch, u dunyoni tanish manbai. Bosmaxonalar vujudga kelgunga qadar qadimiy Turon zaminida kitoblar kotiblar tomonidan ko’chirilgan. O’rta asrlarda kitob bosish texnikasi hali ixtiro etilmagan vaqtlarda har qanday asar qo’lda ko’chirilib, kitob qilingan. Bu hunar egalari tarixda hattot yoki kitobatchi nomi bilan mashhur bo’lgan. Ma’lumki, Buxoro, Xiva, Farg’ona, Samarqand va Toshkent hattotlik maktablari qadimda mashhur bo’lgan. Turkistonda nashr ishlari O’.O. chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so’ngina boshlangan. Bu davrgacha o’lkada bosmaxona ham, litografiya ham bo’lmagan. Rossiyada arab, fors va turkiy tillardagi kitoblarni bosish XVIII asrning 20-yillaridan boshlandi. Musulmon (arab) yozuvidagi birinchi rus bosmaxonasi 1723 yilda Astraxanda paydo bo’ladi, so’ngra Peterburg, Moskva, Qozon, Kavkaz mintaqalarida ishga tushiriladi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab o’zbek tilida kitoblar nashr qilina boshlaydi, SHohimardon Ibrohimovning 1872 yilda nashr etgan “Kalendarь” kitobi birinchi o’zbek tilidagi kitob sanaladi. 1872 yilda Turkiston general-gubernatorligi devonxonasida bosmaxona ochiladi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling