O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet56/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

INSON TABIATGA MUHTOJ
«Inson – tabiat farzandi», - deydi dono xalqimiz. Inson tabiat bag‘rida vujudga keladi va kamol topadi. Kishilar qalbida go‘zallikni his etish, uni ardoqlash, borliqqa mehr qo‘yish tuyg‘usini uyg‘otish eng muhim vazifalardan biridir.
Havo, suv, oziq-ovqat, sanoat uchun xomashyo kabi o‘ziga zarur bo‘lgan hamma narsani inson tabiatdan oladi. Odamlar o‘zlarini o‘rab turgan tabiiy muhit bilan doimiy aloqada bo‘lib, uni to‘xtovsiz o‘zgartirib borishadi.
Biroq inson tabiatga ikki tomonlama: ijobiy va salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bir tomondan, inson tabiatni boyitadi. Ikkinchidan, aholining keskin ko‘payishi, shaharlarning kengayishi, yangi industrial markazlarning vujudga kelishi, ayniqsa, mashinasozlik va og‘ir sanoatning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish natijasida biosfera, havo va suv ifloslanib, tabiiy muvozanat buzilib bormoqda.
Atmosferani toza saqlash, flora va faunani qirilib ketishdan asrab qolish, suv havzalarining sofligini ta’minlash va hokazolar barcha davlatlar ishtirokida hal etilishi kerak bo‘lgan dolzarb xalqaro vazifalardir.
Diyorimizdagi ekologik muammolardan ko‘pchilikning xabari bor: Orol dengizi qurib borishi bilan bog‘liq tabiat muvozanatining buzilishi, chuchuk suv miqdorining kamayib borishi, sanoat hududlari va shaharlardagi havoning zaharlanishi...
Tabiat inson uchun xizmat qilar ekan, undan oqilona va odilona foydalanish kerak.
Xalqimizda an’anaviy tabiat va mehnat bayramlari keng nishonlanadi. Masalan, Navro‘z, gullar bayrami, lola sayli, qushlar bayrami, qovun sayli, obodonlashtirish tadbirlari kabilar yosh avlodda atrof-muhitni asrab-avaylab, tabiiy go‘zallikning qadriga yetish tuyg‘ularini shakllantiradi. Ekologik tarbiyani amalga oshirishda madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarur.
Yerga, suvga, hayvonot va o‘simliklar dunyosiga bo‘lgan munosabatimizni yaxshilash orqaligina ona tabiatimizni asrab qolish mumkin. Inson tabiat farzandi ekan, farzandning onaga mehribonlik qilishi umuminsoniy burchdir.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling